Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
 
 KECHASI TAHAJJUD O’QIMOQ VA OLLOH TAOLONING «O’ZINGGA 
QO’SHIMCHA VAZIFA (NAFL) TARIQASIDA KECHASI TAHAJJUD O’QIG’IL!» 
DEGAN KALOMI SHARIFI XUSUSIDA 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
kechasi tahajjudda quyidagi duoni o‘qir erdilar: «Ollohumma laka-l-hamdu, anta 
qayyimu-s-samavoti va-l-arzi va man fiyhinna, va la-ka-l-hamdu, laka mulku-s-
samavoti va-l-arzi va man fiyhin-na, va laka-l-hamdu, nuru-s-samavoti va-l-arzi, va la-
ka-l-hamdu, anta maliku-s-samavoti va-l-arzi, va la-ka-l-hamdu, anta-l-haqqu va 
va’duka-l-haqqu va liqouka haqqun va qavluka haqqun va-l-jannatu haqqun va-n-noru 
haqqun va-n-nabiyyuuna haqqun va Muhammadun sallallohu alayhi va sallam haqqun 
va-s-so’atu haqqun, Ollohumma laka aslamtu va bika omantu va alayka tavakkaltu va 
ilayka anabtu va bika xosamtu va ilayka hokamtu, fag‘firliy mo qaddamtu va mo axxartu 
va mo asrartuva mo a’lantu, anta-l-muqaddamo‘ va anta-l-muaxxaru, lo iloha illo anta 
av lo iloha g‘ayruka». Sufyon raziyallohu anhu: «Abd ul-Kariym Abu Umayya yuqoridagi 
duoga «Va lo havla va lo quvvata illo bi-l-loh» ni qo‘shimcha qilgan»,- deydilar. 
Duoning tarjimasi: «Ilohi, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen yeru osmonlarning va 
undagi borliqning yaratuvchisi va boshqarib turuvchisidirsen, jamiki maqtovlar senga 
xosdir! Sen yeru osmonlar va undagi barcha narsalarning egasidirsen, jamiki maqtovlar 
senga xosdir! Yeru osmonlar yorug‘ligi sendandir, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen 
haqdirsen va va’dang ham haqdir, oxiratda seni ko‘rmoq ham haqdir. So‘zing haqdir, 
jannat ham haq, do‘zax haqdir. Jamiki payg‘ambarlar ham haqdir, Muhammad sallallohu 
alayhi va sallam ham haq va qiyomat ham haqdir. Ilohi, senga bo‘yinsundim va senga 
iymon keltirdim hamda o‘zingga tavakkal qildim, dildan senga tavba qildim, seni deb 
(dushmanlaring birlan) kurashdim, ularga o‘zing jazo berg‘aysen, o‘tgan va kelgusi 
gunohlarimni, xufyona va oshkora xatolarimni o‘zing kechirg‘il, sen yakka-yu 
yagonadirsan, sendan boshqa iloh yo‘qdir!». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling