Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Janozada qatnashmoq to‘g‘risida berilgan buyruq
www.ziyouz.com kutubxonasi
245 ÉΟó¡Î0 «!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$# ÉΟŠÏm§9$# 1-bob. Janoza va kimning oxirgi aytgan so‘zi «Lo iloha illalloh» bo‘lsa, o‘shalar (ya’ni, o‘liklar) haqidagi boblar Vahb ibn Munabbahga: «Lo iloha illalloh» jannatning kaliti ermasmi?» -deyishdi. Vahb: «Ha shundoq, biroq tishsiz kalit kalit ermas. Kalitingning tishi bo‘lsagina senga jannatning eshigi ochilg‘aydir, bordi-yu, kaliting tishsiz ersa, jannatning eshigi senga ochilmag‘aydir»,- dedilar. Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Rabbim huzuridan mening oldimga bir kishi (Jabroil alayhissalom) kelib, xushxabar aytdi. Mening ummatimdan kimki Ollohga shirk keltirmay jon taslim qilg‘aydir, jannatga kirg‘ay erkan»,- dedilar. «Zino va o‘g‘irlik qilsa hammi?»-dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zino qilsa ham, o‘g‘irlik qilsa ham»,- dedilar». Abdulloh ibn Molud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ollohga shirk keltirib o‘lg‘aydir, do‘zaxga kirg‘aydir»,- dedilar. Men: «Kimki shirk keltirmay o‘lsa, jannatga kirg‘aydir»,- dedim». 2-bob. Janozada qatnashmoq to‘g‘risida berilgan buyruq Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 7 narsaga odat qilib, 7 narsadan hazar qilmakni buyurdilar. «Quyidagilarni odat qilingiz!» - dedilar: 1. Janozagaqatnashmakni; 2. Kasalni borib ko‘rmakni; 3. Chaqirilgan joyga bormakni; 4. Mazlumga yordam bermakni; 5. Qasam ichsa, qasamida turmakni; 6. Salomga alik olmakni; 7. Aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh» desa, unga «Yarhamuka-l-loh» demakni. Quyidagilardan hazar qilingiz!» - dedilar: 1 Kumush idish tutmoqdan; 2 Tilla uzuk taqmoqdan; 3. Ipakli kiyim kiymoqdan (erkaklar nazarda tutilgan); 4. Deboj (guldor ipakli kiyim) kiymoqdan; 5. Qasiy (dag‘al matodan tikilgan kiyim) kiymoqdan; 6. Istabraq (atlasga o‘xshagan mato) kiymoqdan; 7. (bu rivoyatda 7-nchisi tushirib qoldirilgan)». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmonning ikkinchi bir musulmonda 5 ta haqqi bordir»,- deganlar. Bular quyidagilar: 1 Salomiga alik olmoq; 2. Kasal bo‘lganda borib ko‘rmoq; Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 246 3. Vafot etsa, janozasiga qatnashmoq; 4. Da’vatiga javob bermoq; 5. Aksa urib «Alhamdu li-l-loh» desa, «Yarhamuka-l-loh» demoq». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling