Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Kafanlab qo‘yilgan o‘lik yotgan uyga kirmoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

3-bob. Kafanlab qo‘yilgan o‘lik yotgan uyga kirmoq 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu Sunuh degan joydagi 
hovlilaridan ot minib keldilar. Otdan tushib masjidga kirdilar-da, odamlarga gapirmasdan 
to‘ppa-to‘g‘ri Oisha onamizning hujralariga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni 
ko‘rgani kirdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (vafot etgan erdilar) yamaniy ko‘k 
to‘nlariga o‘rab qo‘yilgan holda yotar edilar. Abu Bakr Siddiq Janob Rasulullohning 
muborak yuzlarini ochib, quchoqlab o‘pdilar. So‘ng, yig‘lab turib: «Ota-onam sizga fido 
bo‘lsin, yo Rasululloh! Olloh taolo sizga ikki o‘lim bermag‘aydir (Kimlardir: «Janob 
Rasululloh yana tirilg‘aydirlar»,- degani uchun shunday dedilar). Ammo, Olloh taolo 
peshonangizga yozgan o‘limni ado etdingiz»,- dedilar». 
Abu Salama mazkur rivoyatning davomini Ibn Abbos raziyallohu anhudan eshitgan 
erkanlar, ul kishi bundoq deydilar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu hujradan qaytib 
chiqqanlarida Umar raziyallohu anhu odamlar birlan so‘zlashib turgan erdilar. Abu Bakr 
Siddiqqa: «O’tiringiz!» - dedilar. Abu Bakr qattiq xafa bo‘lganlaridan o‘tirgilari kelmadi. 
Shunda ul kishi yana: «O’tiringiz!» - dedilar. Abu Bakr baribir o‘tirmadilar. So‘ng, Abu 
Bakr Siddiq Kalimai Shahodat aytdilar, odamlar ul kishiga o‘girilib qarashdi. Shunda Abu 
Bakr: «Ammo ba’d, kimki (shul kungacha) Muhammad sallallohu alayhi va sallamga 
ibodat qilib kelgan ersa, Muhammad sallallohu alayhi va sallam vafot etdilar. Kimki (shul 
kungacha) Olloh taologa ibodat qilib kelgan ersa, Olloh taolo hamisha tirikdir, ul hech 
qachon o‘lmag‘aydir! Olloh taolo Kalomi Sharifida: «Muhammad sallallohu alayhi va 
sallam hammangizga o‘xshagan insondir, sizlardan farqi shuldirkim, ul Ollohning 
bandalariga yuborgan elchisidir» degan»,- dedilar (Surai «Oli Imron» ning «ash-
Shokiriyn» degan joyigacha o‘qidilar). Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, odamlar 
Olloh taolo ushbu oyati kariymani nozil qilganini bilishmagandek, Abu Bakr Siddiq 
o‘qiganlarida o‘rganib oldilar. Ushbu oyatni Abu Bakrdan boshqa biror kishining 
o‘qiganini hech kim eshitmagan erdi». 
Xorija ibn Zayd ibn Sobit rivoyat qiladirlar: «Ansoriylardan Umm ul-Alo degan bir xotin 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nomlarini o‘rtaga qo‘yib, bay’at qilib (ont ichib) 
bunday dedi: «Muhojirlardan kim kimning uyida qolmog‘ini aniqlamoq uchun o‘zaro chek 
tashlashdik. Shunda Usmon ibn Maz’un bizning chekimizga tushdilar. Biz ul kishini 
uyimizga joylashtirdik. Keyin birdan betob bo‘lib qolib vafot etdilar. Mayyitni yuvib, o‘z 
kiyimiga kafanlashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mayyitni (Usmonni) ko‘rgani 
kirgan erdilar, «Olloh rahmat qilsin sizni, ey Usmon! Sizni Olloh taolo mukarram 
qilganining shohidi bo‘lib turibdirmen»,-dedim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Olloh taolo uni mukarram qilganini qayoqdan bildingiz?» - dedilar. «Otam fido 
bo‘lsin sizga, yo Radulalloh! Olloh taolo shul odamni mukarram qilmasa, kimni 
mukarram qilg‘aydir?!» - dedim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Afsuski, Usmon 
vafot etdi. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, men uning oxirati baxayr bo‘lmogini 
juda ham istag‘aydirman. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, o‘zim Ollohning rasuli 
bo‘laturib oxiratda nechuk muomala bo‘lmog‘ini bilmasman» ,— dedilar. Ollohga 
qasamyod etib ayturmenkim, o‘shandan keyin biror mayyitni oldindan jannati deb 
aytmoqqa jazm qilmadim». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling