Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. O’lik ichki kafan birlan qanday o‘raladir?


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

14-bob. O’lik ichki kafan birlan qanday o‘raladir? 
Hasan Basriy: «Kafanning 1/5 bo‘lagi birlan ayol mayyitning ikki soni va dumbalari 
o‘ralgaydir, keyin bular (yangi) ko‘ylak ostida qolg‘aydir» ,— deydilar. 
Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at 
qilgan bir ansoriya ayol o‘g‘lini ko‘rgani Basraga kelib, uni topolmagach, Ummu 
Atiyyaning huzurlariga kirdi. Shunda Ummu Atiyya bizga quyidagi hadisni aytib berdilar: 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
250
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlarining jasadini yuvayotganimizda oldimizga 
kirib bizga: «Uch marta yokim besh marta, agar zarur bo‘lsa, undan ham ortiq yuvingiz
suvga sidr qo‘shingiz. Eng oxirida kofur ham qo‘shingiz! Yuvib bo‘lgach, menga xabar 
qilingiz!»-dedilar. Yuvib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik, ul 
kishi bizga izorlarini uzatib: «Avval shunga o‘rangiz!» - dedilar». (Ibn Sirin hadisning 
davomini aytmadi). Ayyub raziyallohu anhu: «Rasulullohning qaysi qizlari to‘g‘risida 
so‘zlaganini bilolmay qoldim»,- deydilar. Ul kishi: «Ish’or» (ichki kafan o‘rash) deganda, 
tashqi kafan (butun badanni yalpisiga o‘raydigan kafan) o‘ramakni tushungayman»,- 
deydilar. Shuningdek, Ibn Sirin ham ayol jasadining avval beldan pastini ermas, balki 
birato‘la butun badanini kafanlamoqni buyurar erdilar. 
15-bob. Ayol mayyitning sochini uch o‘rim qilinadir 
Ummu Atiyya: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘lgan qizlarining sochini uch 
o‘rim qildik»,- deydilar. Sufyon: «Peshona ustidagi sochni bir o‘rim, ikki chakkadagi 
sochni ikki o‘rim qildilar»,- deydilar. 
16-bob Ayol mayyitning sochi orqasiga tashlab qo‘yiladi 
Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlaridan biri 
vafot etdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldimizga kelib: «Suvga sidr 
qo‘shib toq marta - uch, besh yokim yetti marta, zarur bo‘lsa, undan ham ko‘proq 
yuvingiz, eng oxirgi yuvishda kofurdan bir oz qo‘shingiz, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng 
menga aytingiz!»- dedilar. Yuvib bo‘lganimizni Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamga 
aytgan erdik, bizga izorlarini uzatdilar. Vafot etgan qizning sochini uch o‘rim qilib, 
orqasiga tashlab qo‘ydik». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling