Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43-bob. Kasal huzurida yig‘lamoq haqida
- 44-bob. Janob Rasulullohning dod solib yig‘lamoqni man’ qilganlari va uni qattiq qoralaganlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
259 42-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz sendan ajrab qolayotganimizdan xafamiz»,- deganlari Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Musibat yetganda) ko‘zdan yosh oqg‘aydir, ko‘ngil g‘am chekkaydir»,-deganlar». 43-bob. Kasal huzurida yig‘lamoq haqida Abdullohibn Umar rivoyat qiladirlar: «Sa’d ibn Uboda betob bo‘lib qoldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn Mas’ud birlan birga ko‘rgani kirganlarida, bola-chaqalari uning tevaragida turishgan erkan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vafot etdimi?» - dedilar. «Yo‘q, yo Rasululloh»,-deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yig‘ladilar. Ul kishining yig‘laganlarini ko‘rib, boshqalar ham yig‘ladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eshitmakdamisiz, Olloh taolo ko‘z yoshi va dil qaygusi uchun azob bermag‘aydir. Lekin, mana buning uchun azob berg‘aydir yoki rahm qilg‘aydir»,-deb tillariga ishora qildilar». Mayyit o‘z ahlining unga motam tutib (dod solib) yig‘lashi sababli (qabrda) azob chekkaydir. Hazrat Umar raziyallohu anhu dod solib yig‘laganlarni aso birlan urur erdilar, tosh otib, tufroq sochib haydar erdilar. 44-bob. Janob Rasulullohning dod solib yig‘lamoqni man’ qilganlari va uni qattiq qoralaganlari Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Zayd ibn Horisa, Ja’far va Abdulloh ibn Ruvohaning o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabar yetib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlaridan xafaliklari shundoqqina bilinib turar erdi. Men eshikning tirqishidan qarab turgandim. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, Ja’farning xotinlari yig‘lashayotir»,- deb aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni yig‘idan to‘xtatmakni buyurib, odam yubordilar. U kishi qaytib kelib: «Ular menga itoat qilishmayotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi marta xotinlarni yig‘idan to‘xtatmakni buyurdilar. Boyagi kishi ketdi, keyin yana qaytib kelib: «Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ular menga bo‘yinsunmayotirlar»,- dedi. Men bo‘lsam: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u.kishiga: «Yig‘layotgan xotinlarning og‘ziga tufroq sochg‘il!»-dedilar, deb o‘ylab, «Olloh burningni yerga ishqagur! Yo buyruqni bajarmading va yo Rasulullohni ovora qilmakdan to‘xtamading!» - dedim». Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Boshimizga musibat tushganda dod solib yig‘lamaslikka Rasululloh sallalohu alayhi va sallamga bay’at qildik (qasam ichdik). Lekin, quyidagi beshta ayoldan boshqasi o‘z ontiga vafo qilmadi: Ummu Sulaym, Umm ul-Alo, Muozning xotini - Binti Abu Sabra va yana ikki xotin» (yoki «Binti Abu Sabra, Muozning; xotini va boshqa xotinlar»,- dedilar). Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling