Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Sadaqa hayit namozidan oldin beriladir


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet369/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

174-bob. Sadaqa hayit namozidan oldin beriladir 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam odamlarga namozga 
chiqmasdan avval zakot bermoqni amr qildilar»,- deydilar. 
Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasulullou, sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Fitr 
hayiti kuni bir so’ taomni sadaqa qilib chiqarar erdik, o‘shanda bizning taomimiz arpa, 
mayiz, qurut va xurmodan iborat bo‘lur erdi»,- deydilar. 
175-bob. Ozod kishilar va mamluklarning Fitr sadaqasi berishi lozimligi haqida 
Zuhriy raziyallohu anhu: «Mamluklar uchun, ular sotilganda ham, Fitr hayitida ham 
zakot to‘lang‘aydir»,- deydilar. 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhu va sallam erkak, ayol, ozod shaxs 
va mamlukka bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa miqdorida fitri ro‘za (yoki fitri ramazon) 
bermog‘ni farz qildilar. Odamlar ersa, buning o‘rniga yarim so’ bug‘doy beradigan 
bo‘ldilar» ,— deydilar». 
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar bir so’ xurmo berar erdilar. Madina 
ahli, xurmo kam bo‘lganda, o‘rniga arpa berdi. Ibn Umar (uyidagi) barcha katta-kichiklar 
nomidan, hattoki mening bolalarim nomidan ham fitri ro‘za berib yuborar erdilar. Fitri 
ro‘zani fitri ro‘za yig‘guvchi maxsus kishilarga berar erdilar. Fitri ro‘zani hayitdan bir kun 
yoki ikki kun ilgari berar erdilar». 
176-bob. Kattayu-kichik fitri ro‘za bermog‘i lozim! 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kattayu-kichikka 
hamda ozod shaxs va mamlukka bir so’ arpa yoki bir so’ xurmo fitri ro‘za bermoqni farz 
qildilar»,- deydilar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
305
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
 
 
 
1-bob. Haj kitobi. Hajning vojib ekanligi va uning fazilati haqida
Olloh taolo bu xususda: «Kimning qudrati yetg‘aydir, Olloh yo‘lida Baytullohga haj 
qilmog‘i farzdir. Kimki Ollohning hukmiga qarshi chiqg‘aydir, Olloh undoq bandalarga 
muhtoj ermasdir!» - deydi.
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Fazl raziyallohu anhu Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib olgan erdilar. Shu payt, 
Xas’am qavmiga mansub bir ayol keldi. Fazl birlan ayol hadeb bir-birlariga qarashaverdi. 
Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlning yuzini boshqa tomonga burib qo‘ydilar. Ayol: 
«Yo Rasululloh, Olloh taolo o‘z bandalariga hajni farz qilgan payt otamning tuya ustida 
o‘tira olmaydirgan keksalik vaqtlariga to‘g‘ri kelib qoldi, men otamning nomlaridan haj 
qilsam bo‘lurmu?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha»,- dedilar. Bu voqea Hajjat ul-
Vido’da bo‘lgandi».

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling