Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Fitr sadaqasining farz ekanligi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

168-bob. Fitr sadaqasining farz ekanligi 
Abu-l-Oliya, Ato va Ibn Sirin fitr sadaqasini farz, deb hisoblaydirlar.
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har 
bir musulmonga, u xoh qul, xoh ozod shaxs bo‘lsin, xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, xoh 
yosh va xoh keksa bo‘lsin, xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ fitri ro‘za bermoqni farz 
qilib, uni odamlar hayit namoziga chiqmasidan burun ado etmoqni amr qildilar». 
169-bob. Qul va (undan) boshqa musulmon kishilarning fitri ro‘za bermog‘i 
vojib 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har 
bir musulmonga, u xoh qul, xoh ozod shaxs bo‘lsin, xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, xoh 
yosh va xoh kesa bo‘lsin, xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ fitr zakoti bermoqni farz 
qildilar». 
170-bob. Arpadan bir so’ fitr zakoti beriladir 
Abu Sa’id raziyallohu anhu: «Bir so’ arpani ovqat o‘rnida fitri ro‘zaga berar erdik»,- 
deydilar. 
171-bob. Taomlardan bir so’ fitri ro‘za beriladir 
Ayoz ibn Abdulloh ibn Sa’d ibn Abu Sarh Omiriyga Abu Sa’id Xudriy raziyalloxu anhu: 
«Biz fitr zakotiga bir so’ taom yoki bir so’ arpa yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ qurut yoki 
bir so’ mayiz chiqarar erdik»,- degan erkanlar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
304
172-bob. Xurmodan bir so’ fitri ro‘za beriladir 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
fitr zakotiga bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa bermoqni amr qildilar. Odamlar ersa, buning 
evaziga ikki mud bug‘doy bermoqni odat qildilar». 
173-bob. Mayizdan bir so’ fitr zakoti beriladir 
Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning davrlarida fitr 
sadaqasiga bir so’ taom yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa yoki bir so’ mayiz berar 
erdik. Muoviya davriga kelib, Shom mamlakatida bug‘doy mo‘l hosil bera boshladi. 
Shunda ; Muoviya: «Bug‘doyning bir muddi boshqa mevalarning ikki muddiga tengdir
deb o‘ylayman,- dedi». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling