Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) ta'lim yoʻnalishi 6-1 uzb-20-guruh talabasi Rahmatova Sevaraning "Tasavvuf va badiiy ijod" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 16.85 Kb.
|
Sevara Rahmatova-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yassaviy hikmatlari haqida. Taqvo
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) ta'lim yoʻnalishi 6-1 UZB-20-guruh talabasi Rahmatova Sevaraning "Tasavvuf va badiiy ijod" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: Ahmad Yassaviy hikmatlarida taqvo talqini. Yassaviy hikmatlari haqida. Taqvo Alloh taolo o‘z kalomida marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar, avvalgi o‘tgan ummatlarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyad taqvodor bo‘lsangiz”. Ulamolar taqvoni barcha yaxshiliklarni jamlovchi go‘zal fazilat dedilar. Hamma yaxshiliklar, barcha insoniy go‘zal fazilatlar ana shu taqvoning ortidan keladi. Taqvoning mohiyatini qisqacha tushuntiradigan bo‘lsak, u Alloh taolodan qo‘rqishdir. Bundan tashqari Allohning buyruqlarini qilish, U qaytargan ishlardan qaytish ham taqvodir. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a) aytadilarki: “Taqvo bu Alloh taologa itoat qilish, unga isyon qilmaslik. Uni doim eslab yurishlik, uni yoddan chiqarmaslik hamda bergan ne'matlariga shukr qilishlik va noshukrchilik qilmaslikdir”. Ramazon ro‘zasini tutib, banda ana shunday go‘zal fazilat sohibiga aylanadi. Taqvoli inson Alloh taoloning valiysi, do‘sti bo‘ladi. Alloh taolo Qur'oni karimda: “Ogoh bo‘ling, Allohning valiylariga xavf-xatar yo‘q, ularga mahzun, g‘amgin bo‘lish yo‘q”, deb marhamat qiladi. Allohga taqvo qilgan bandalariga oxiratda g‘am-g‘ussa yo‘q, mahzunlik yo‘q. Taqvo ana shunday fazilat. Taqvodorlik (arab, taqvo — saqlanish, xudodan qoʻrqish) — barcha dinlarda oʻta dindorlikni ifodalovchi tushuncha. Qurʼon va hadislarda Allohdan qoʻrqish, doʻzaxdan saqlanish, parhezkorlik va boshqa mazmunlarda keladi. Dinga juda berilgan, xudojoʻy, oʻzini harom va shubhalardan saklab yuruvchi odam taqvodor deb atalgan. Taqvo - Alloh taolo harom qilgan ishlarni tark qilish, farz qilinganlarini bajarishdir, shundagina bu bandaga Alloh taolo bergan rizq foydali bo‘ladi. Umar ibn Abdulaziz Allohga taqvo qilish hamma yaxshilikni o‘z ichiga oluvchi ko‘p ma’noli kalimadir, uning ma’nosi - Alloh taologa itoat qilish, gunoh ishlardan qochish, Yaratganning zikrini doimo qilish, bergan ne’matlariga shukr aytishdir. Abu Lays Samarqandiy Taqvo - Yaratgandan qo‘rqish, tanzil (Qur’oni karim)ga amal, ozga qanoat qilish va oxiratga tayyorgarlik ko‘rishdir. Ali ibn Abu Tolib Istig‘forimiz ko‘p istig‘forlarga muhtojdir. Robi’a ul-Adaviyya Taqvo - Allohning rahmatidan umidvor bo‘lib, uning nuri ila Unga itoat qilmoqlik va Allohning azobidan qo‘rqib, uning nuri ila qaytargan ishlarini tark qilmoqlikdir. Tolq ibn Habib Olam bir daryodir, uning qirg‘og‘i - oxiratdir. Ul daryoning kemasi -taqvodir. Odamzodning hammasi musofirdir. Abu Ishoq Zuhurhuriy Taqvo va parhezkorlik halol yemakdan bo‘lur, parhezkorlik - haromu makruh narsalardan o‘zni saqlamoqdir. Abu Hafs Haddod Eh, bizlar bu dunyoda faqir va bechorahol bo‘lishdan qo‘rqamiz. Ammo oxiratda faqir, nochor va rasvoyi jahon bo‘lishdan qo‘rqaymiz. Holbuki, biz - bandalarning yaxshi amallarga faqiru kambag‘al bo‘lishimiz bu dunyodagi kambag‘alligimiz va nochorligimizdan qo‘rqinchliroq va uyatliroqdir. Yahyo bin Maoz Ey farzand, Alloh uchun xolis taqvo qil, toatni tark etma. Birovdan qo‘rqma va birovdan umid qilma, hojating ravo bo‘lsa uni Allohdan, deb bil, hojatlaringni faqat O’zidan tila! Abdulqodir Jiloniy Kimki Allohdan qo‘rqsa (taqvo qilsa), Alloh uni saqlaydi. Kim Allohdan umid qilsa, Alloh uni noumid qilmaydi. Kimki Alloh yo‘lida ehson qilsa, Alloh uning o‘rnini to‘ldiradi. Shuning uchun taqvoni qalbing tayanchi, diydang jilosi qil! Zero, niyatsizning amali, ezgusizning ajri bo‘lmas! Umar ibn Xattob Taqvo - mahzi jalol, tasavvuf butkul adabdir. Abu Hafs Haddod Download 16.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling