Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) ta'lim yoʻnalishi 6-1 uzb-20-guruh talabasi Rahmatova Sevaraning "Tasavvuf va badiiy ijod" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Sharoit- a. – shartlar; tartibqoidalar 1 Ob'ektiv holdagi muayyan vaziyat. Tariqat-


Download 16.85 Kb.
bet5/6
Sana08.05.2023
Hajmi16.85 Kb.
#1446383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sevara Rahmatova-WPS Office

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Taqvo
Sharoit- a. – shartlar; tartibqoidalar 1 Ob'ektiv holdagi muayyan vaziyat.
Tariqat- [a. – yo'l; usul vosita; maslak, sufiylik yo'li] esk. - kt. Tutilgan yo'l; maslak; sufiylik yo'li.
Parhez- [f. • – nafsini tiyish, saqlanish, sabr; mo'tadillik] 1 sft. Sog'lom kishilar hamda bemorlarga mo'ljallangan ovqat ratsioni va ovqatlanish rejimi.
Taqvo- din. - 1 Mustahkam diniy e'tiqod; xudojo'ylik, dindorlik. 2 Harom-xarishdan hazar qilish, o'zini saqlash, tiyish.
Halol- [a. – ruxsat etilgan, yo'l qo'yilgan; qonuniy, asosli; to'g'ri, vijdonli odam] 1 - din. Shariat hukmiga muvofiq yesa, ichsa, foydalansa bo'ladigan; harom emas.
Nasriy bayoni: Shariatning turli vaziyatlaridan tark qilmagan holda har bir Ollohning quliman degan banda tariqatning ham ishlarini ado etsin. Tariqat yoʻlida dunyo ishlaridan parhez qilib taqvoda boʻladiganlar oʻz harakatlarini koʻrib, bilib faqat halol ishlarni bajarsinlar.
Jannat beriladi. Albatta, taqvodorlarga yutuq bordir: bol-rogʻlar, uzumzorlar bordir. Va yangi boʻyi yetgan bir xil yoshdagi qizlar(hurlar) bordir. Va toʻldirilgan qadahlar bordir. U yerda bekorchi gaplarni ham, yolgʻon gaplarni ham eshitmaslar. Robbingdan mukofot, sovgʻa hisobidan dur".
"Oʻsha oxirat diyorini Biz yer yuzida takabburlik va buzgʻunchilikni istamaydigan uchun qilurmiz. Oqibat taqvodorligidir". Oxirat diyori yer yuzida takabburlik va buzgʻunchilik qilmaganlar, ularni yer yuzida boʻlishini xohlamaydiganga berilar ekan. Taqvodor boʻlgan kishining oqibati yaxshi boʻlar ekan.
Odamlarni qoʻymaydigan bir mavzu bor, yaʼni, ortida qolayotgan farzandlarining kelajagi haqida. Buning ham daʼvosi taqvo qilib yashash ekan. Rasululloh (s.a.v.): "Farzandlarining kelajagini oʻylagan ota boʻlsa taqvo qilsin!", – dedilar. Xizr va Muso alayhissalom oʻrtasidagi safarlarini eslasak, Alloh taolo bunday deydi: "Bas, yurib ketdilar. To bir shahar aholisiga kelganlarida, uning ahlidan taom soʻradilar. Ular ikkovlarimi ziyofat qilishlaridan bosh tortdilar. Ikkovlari u yerda yiqilib ketay deb turgan bir devorni koʻrishdi. Bas, uni turgʻizib qoʻydi. I(Muso) : "Agar xohlasang, buning uchun haq olar eding", dedi. Ya'ni, ularga taom berib mehmon qilishni xohlamayman qavmning yiqilishga yaqin boʻlgan bir devorini tikka qilib qoʻyishadi. Sabri uetmagan Muso(alayhissalom) bu tiklagan Ayhan devorninghaqqini talab qilaylik dedi. Xizrning tili bilan Alloh taolo Qurʼoni Karimda bunday marhamat qildi: "Devorga kelsak, u shahardagi ikki yetim bolaniki boʻlib, uning ostida ularning xazinasi bor edi. Ularning otalari solih odam edi. Bas, Rabbing ikkovlarining voyaga yetishini va xazinalarini chiqarib chiqarib olishini iroda qildi. Bu Allohning rahmati ila boʻldi..." Ota-onasi yaxshi, taqvodor odam boʻlganlari uchun Alloh taolo buyurdi, devorni tikka qilib qoʻyishdi. Bu dunyodan oʻtib ketishini bilib turgan ota-ona farzandlarining kelajagini gʻam qiladigan boʻlsa, faqat taqvo qilsa, ulardan keyin nima boʻlishini tashvish qilmasa ham boʻlar ekan.

Shariatni so’zladi, tariqatni izladi,
Haqiqatni ko’zladi, yo Mustafo Muhammad.
Sabr ayladi qanoat, taqvo aylab qilovat.
Kecha-kunduz ibodat, yo Mustafo Muhammad.
Lugʻat:

Download 16.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling