Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) ta'lim yoʻnalishi 6-1 uzb-20-guruh talabasi Rahmatova Sevaraning "Tasavvuf va badiiy ijod" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Shariat- a. – shartlar; tartibqoidalar 1 Ob'ektiv holdagi muayyan vaziyat. Tariqat-


Download 16.85 Kb.
bet6/6
Sana08.05.2023
Hajmi16.85 Kb.
#1446383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sevara Rahmatova-WPS Office

Shariat- a. – shartlar; tartibqoidalar 1 Ob'ektiv holdagi muayyan vaziyat.
Tariqat- [a. – yo'l; usul vosita; maslak, sufiylik yo'li] esk. - kt. Tutilgan yo'l; maslak; sufiylik yo'li.
Haqiqat- [a. – chinlik, rostlik, to'g'rilik; chin, to'g'ri gap; tub ma'no] Chindan ham bo'lgan, voqyelikka mos holat, narsa.
Mustafo Muhammad- Sarvari koinot, Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallam.
Sabr- Chidam, qanoat, bardosh.
Qanoat- [a. – mamnunlik, boriga shukur qilish; qanoatlilik, kamsuqumlik] Ozga yoki borga ko'nish, bori bilan kifoyalanish, nafsi tiyiqlik bilan ko'pga, ortiqchalikka intilmaslik hissi.
Taqvo- din. - 1 Mustahkam diniy e'tiqod; xudojo'ylik, dindorlik. 2 Harom-xarishdan hazar qilish, o'zini saqlash, tiyish.
Qilovat-
Ibodat- [a. – qulluq qilish; sig'inish, topinish] din. - Qulluq qilish, sig'inish, topinish va uning amali; namoz. Butun ko'hna tarix davomida diniy tarbiya deyilganda, asosan ibodat tushunilgan.
Nasriy bayoni: Umr yoʻlida shariatni targʻib qildi, oʻzining tariqatini izladi, doim haqiqatni niyat qilib keladi, u Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va sallam)dir. Hamisha sabrda boʻldi qanoat qildi, barcha amallarini taqvo bilan bajardi, kecha-kunduz tinmay ibodat qilgan bu Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va sallam)dur.
Alloh taolo taqvodor banda bilan birga boʻladi.
"Albatta, Alloh taolo taqvo qilganlar va goʻzal ishlar qilganlar bilandir".
Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi va) va Abu Bakr (roziyallohu anhor) Madinaga hijrat qilayotganlarida Kanali sur gʻoriga bekinishganlarida mushriklar ularni qidirib shu gʻor yonigacha kelishdi. Lekin gʻorning ogʻziga qaragani erinishdi. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhor) yigʻladi. Rosululloh (s.a.v.): "Nimaga yigʻlayapsiz", deganlarida, Abu Bakr:"Agar oyoqlarini ostiga qarashganlarida bizni koʻrardilar-a!?" dedi. Rosululloh (s.a.v.): "Ey Abu Bakr! Uchinchi sherigi Alloh bilan ikki kishi haqida nima deysiz!" dedilar. Yaʼni, uchinchi sherigimiz Alloh boʻlsa, agar ular qarashganda ham koʻrishmasdi. Chunki oʻrtada taqvo bor edi.
Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Ikki odam Alloh yoʻlida sherik boʻlib bir ish qilsa, bir-biriga xiyonat qilmasa, Allohdan taqvo qilishsa, uchinchi sherigi Alloh boʻladi. Agar biri ikkinchisiga xiyonat qilishni boshlasa, uchinchi sherigi bilan Alloh chiqib ketadi",–dedilar.
Taqvo bu Allohga itoatda bo‘lib, osiy bo‘lmaslik, doim uning zikrida bo‘lib, unutmaslik va Unga shukr qilib, noshukrlik qilmaslikdir. Amallarini har bir vaqtda maxfiy va ochiqchasiga bajarish, chaqirig‘iga “labbay” deb javob berish bilan taqvo qilinadi. Zero, Alloh taolo bunday deydi: “Ey imon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan o‘ting”.
Insonlar faqat taqvo bilan bir-birlaridan ortiqdirlar. Inson Parvardigori nazdida shaxsi yoki mol-davlati, husn-chiroy, nasl-nasab, shakl-shamoyil yoki terilarining rangi bilan emas, faqat taqvosi va toat-ibodati bilangina hurmatli bo‘ladi. “Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlilaringiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh Bilguvchi va Ogohdir”.
Bandaning qay darajada taqvodorligi ham yolg‘iz Allohga ayon. Allohning kuzatuvchanligini his qilish zohiriy amallar ta’sirida emas, qalbdagi Allohdan qo‘rquv hissi bilan hosil bo‘ladi. Alloh taolo insonning qalbiga nazar soladi, ya’ni bandasiga qalbidagi yaxshilik yoki yomonlikka yarasha jazo-mukofot beradi. Qancha-qancha badavlat, boobro‘, kelishgan odamlar borki, qalblari huvillab yotibdi. Hech narsasi yo‘q, xokisor insonlar borki, qalblari taqvoga to‘la. Shuning uchun ham birovni kamsitish ulkan gunoh sanaladi.

Xulosa qiladigan boʻlsak, yaxshi umr kechirishni, rizqimiz serob, koʻnglimiz xotirjam va oxiratimiz obod boʻlishini soʻrasak, Allohdan taqvo qilib yashashimiz zarur ekan. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qiladilar: “...Odamlarni jannatga eng ko‘p kiritadigan narsa nima? Bu - Allohdan taqvo qilish va husni xulqlikdir”.
Ahmad Yassaviyning hikmatlari nafaqat oʻsha davr balki hozirgi kunimizda ham shaxs uchun didaktik taʼlimot beruvchi dastur ul-amal boʻlib xizmat qiladi. Bu esa ijodkorning zakiyligidan dalolat beradi. Hikmatlardagi mazmun barcha davrlar uchun mos mavzular doirasida yoritilgan. Toʻrtliklar dunyo charxlarida tovlanib hozircha qadar oʻz qiymatini yoʻqotmadi.
Download 16.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling