Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ehrom bog‘laydirgan odam qanday kiyimlarni kiymasligi lozim?


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

21-bob. Ehrom bog‘laydirgan odam qanday kiyimlarni kiymasligi lozim? 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, ehrom 
bog‘laydirgan odam qanday kiyimlar kiymog‘i kerak?»-deb so‘radi. Janob Rasululloh: 
«Ko‘ylak, salla, cholvor, burnus (bosh va yelkani yopib turadirgan xalat), mahsi 
kiymag‘aydir, mobodo mahsidan boshqa oyoq kiyim topmasa, qo‘njini to‘pig‘idan past 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
310
qilib kesib tashlag‘aydir, agar kiyimga za’faron va vars (sariq daraxtdan olinadirgan 
rang) tekkan bo‘lsa, kiymangiz!» - dedilar». 
22-bob. Hajda o‘zi ulov minib yoki birovning orqasiga mingashib yurmoq 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma raziyallohu anhu Nabiy sallallohu 
alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib Arafotdan Muzdalifagacha bordi, so‘ng 
Muzdalifadan Minogacha Fazl mingashib oldi. Usoma va Fazl: «Nabiy sallallohu alayhi va 
sallam Jamrat ul-Aqabagacha talbiya aytib bordilar» ,— deyishadi». 
23-bob. Ehromdagi kishi rido va izor kabi kiyimlarni kiyadirmi? 
Oisha raziyallohu anho ehromda bo‘la turib, za’far birlan bo‘yalgan kiyim kiydilar-da: 
«Chachvon va chimmat yopinmag‘il, vars (sariq daraxtdan olinadirgan rang) va za’faron 
birlan bo‘yalgan kiyim kiymag‘il!» - dedilar. Jobir raziyallohu anhu: «Za’far birlan 
bo‘yalgan kiyimdan xushbo‘y hid kelg‘aydir, demasman, Oisha onamiz ayollarning 
taqinchoqlar taqmog‘i, qora va qizil kiyim hamda xuff (engil oyoq kiyimi) kiymog‘ining 
zarari yo‘qdir, deb hisoblaganlar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Kiyimlarini almashtirib olsa 
ham bo‘lur»,- deganlar. 
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
sochlarini taratib, badanlariga xushbo‘y narsalar surkatib, izor va ridolarini kiyib 
Madinadan yo‘lga chiqdilar. Janob Rasululloh ham, u kishining sahobalari ham rangi 
badanga yuqib qoladirgan za’faronga bo‘yalgan rido va izorlarnigina kiymoqni man’ 
qildilar. Janob Rasululloh Zulhulayfada tong ottirdilar, so‘ng tuyalarini minib Baido’ 
tog‘iga chiqib, o‘zlari ham, sahobalari ham talbiya aytishdi. So‘ng, qurbonlik eqanligini 
bildirmoq uchun tuyalarining bo‘yniga narsa osib qo‘ydilar. Shunda, Zulqa’da oyiga besh 
kun qolgandi. Janob Rasululloh Zulhijja oyining to‘rtinchi kuni Makkaga keldilar, Ka’bani 
tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurdilar. lekin hanuz qurbonlik qilmaganliklari 
uchun ehromlarini yecholmas erdilar. Keyin, Janob Rasululloh Makkaning yuqori 
tomonidagi Hajun - haj vaqtida ustiga chiqib talbiya aytadirgan tog‘ yoniga bordilar
lekin ilgari tazof qilganlaricha Ka’baga yaqinlashmadilar, Arafotdan orqalariga qaytib, 
sahobalarga Ka’bani tavof qilmoqni, Safo va Marva orasida yugurmoqni, so‘ng sochlarini 
kalta qilib, ehromlarini yechmoqni buyurdilar. Yuqoridagi amallar o‘zi birlan qurbonlikka 
atalgan biror hayvon haydab kelmagan va ehrom bog‘lamay, o‘ziga xushbo‘y narsalar 
surtib, odatdagi kiyimini kiyib, xotini birlan birga hajga chiqqan kishiga taalluqlidir». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling