Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ehrom bog‘laydirgan odam qanday kiyimlarni kiymasligi lozim?
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-bob. Ehromdagi kishi rido va izor kabi kiyimlarni kiyadirmi
21-bob. Ehrom bog‘laydirgan odam qanday kiyimlarni kiymasligi lozim?
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, ehrom bog‘laydirgan odam qanday kiyimlar kiymog‘i kerak?»-deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ko‘ylak, salla, cholvor, burnus (bosh va yelkani yopib turadirgan xalat), mahsi kiymag‘aydir, mobodo mahsidan boshqa oyoq kiyim topmasa, qo‘njini to‘pig‘idan past Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 310 qilib kesib tashlag‘aydir, agar kiyimga za’faron va vars (sariq daraxtdan olinadirgan rang) tekkan bo‘lsa, kiymangiz!» - dedilar». 22-bob. Hajda o‘zi ulov minib yoki birovning orqasiga mingashib yurmoq Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib Arafotdan Muzdalifagacha bordi, so‘ng Muzdalifadan Minogacha Fazl mingashib oldi. Usoma va Fazl: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Jamrat ul-Aqabagacha talbiya aytib bordilar» ,— deyishadi». 23-bob. Ehromdagi kishi rido va izor kabi kiyimlarni kiyadirmi? Oisha raziyallohu anho ehromda bo‘la turib, za’far birlan bo‘yalgan kiyim kiydilar-da: «Chachvon va chimmat yopinmag‘il, vars (sariq daraxtdan olinadirgan rang) va za’faron birlan bo‘yalgan kiyim kiymag‘il!» - dedilar. Jobir raziyallohu anhu: «Za’far birlan bo‘yalgan kiyimdan xushbo‘y hid kelg‘aydir, demasman, Oisha onamiz ayollarning taqinchoqlar taqmog‘i, qora va qizil kiyim hamda xuff (engil oyoq kiyimi) kiymog‘ining zarari yo‘qdir, deb hisoblaganlar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Kiyimlarini almashtirib olsa ham bo‘lur»,- deganlar. Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sochlarini taratib, badanlariga xushbo‘y narsalar surkatib, izor va ridolarini kiyib Madinadan yo‘lga chiqdilar. Janob Rasululloh ham, u kishining sahobalari ham rangi badanga yuqib qoladirgan za’faronga bo‘yalgan rido va izorlarnigina kiymoqni man’ qildilar. Janob Rasululloh Zulhulayfada tong ottirdilar, so‘ng tuyalarini minib Baido’ tog‘iga chiqib, o‘zlari ham, sahobalari ham talbiya aytishdi. So‘ng, qurbonlik eqanligini bildirmoq uchun tuyalarining bo‘yniga narsa osib qo‘ydilar. Shunda, Zulqa’da oyiga besh kun qolgandi. Janob Rasululloh Zulhijja oyining to‘rtinchi kuni Makkaga keldilar, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurdilar. lekin hanuz qurbonlik qilmaganliklari uchun ehromlarini yecholmas erdilar. Keyin, Janob Rasululloh Makkaning yuqori tomonidagi Hajun - haj vaqtida ustiga chiqib talbiya aytadirgan tog‘ yoniga bordilar, lekin ilgari tazof qilganlaricha Ka’baga yaqinlashmadilar, Arafotdan orqalariga qaytib, sahobalarga Ka’bani tavof qilmoqni, Safo va Marva orasida yugurmoqni, so‘ng sochlarini kalta qilib, ehromlarini yechmoqni buyurdilar. Yuqoridagi amallar o‘zi birlan qurbonlikka atalgan biror hayvon haydab kelmagan va ehrom bog‘lamay, o‘ziga xushbo‘y narsalar surtib, odatdagi kiyimini kiyib, xotini birlan birga hajga chiqqan kishiga taalluqlidir». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling