Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Aqiq - tabarruk vodiydir!»


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

16-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Aqiq - tabarruk vodiydir!» 
deganlari haqida 
Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Aqiq 
vodiysida turib: «Bul kecha Olloh taolodan menga xabarchi keldi, ul menga: «Shu 
tabarruk vodiyda namoz o‘qig‘il, so‘ng hajda umra qildim, degil!» -deb aytdi»,- 
deganlarini eshitdim» («Hajda umra qildim», ya’ni «Kichik haj qilgandek bo‘ldim» deyish 
birlan, mazkur vodiyning tabarruk ekanlig‘iga ishora qiling‘aydir 
Solim otalari Abdulloh ibn Umardan eshitgan hadisni rivoyat qiladirlar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam Aqiq vodiysida joylashgan Zulhulayfada dam olib yotganlarida 
tush ko‘rdilar. Tushlarida «Siz tabarruk soy o‘zanida turibdirsiz»,- deb aytishgan emish». 
Muso ibn Uqba bunday deydilar: «Solim tuyalarimizni Abdulloh tuyasini cho‘ktirib 
yuradirgan joyga cho‘ktirdi. Bu yer Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (dam 
oladirgan) joylari bo‘lib, Aqiq vodiysidagi masjiddan pastroqda, hajga borib kelguvchilar 
qo‘nib o‘tadirgan manzil birlan yo‘l oralig‘idadir». 
17-bob. Badandagi xushbo‘y hid uch marta yuvib ketkazilg‘aydir 
Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ya’lo raziyallohu* anhu Umar raziyallohu anhuga: «Menga 
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vahiy nozil bo‘layotgan paytdagi holatlarini 
ko‘rsating!» - dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir nafar sahobalari birlan 
Ji’ronada o‘tirgan erdilar, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, umraga ehrom bdtlab, o‘ziga 
xushbo‘y narsalar sepib olgan kishi xususida ne dersiz? » - deb so‘rab qoldi. Nabiy 
sallallohu alayhi va sallam bir soat sukut qildilar, keyin vahiy keldi. Umar raziyallohu 
anhu Ya’loga ishora qilgan erdilar, u keldi. Ushanda Rasululloh sallallohu alayhi va 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
309
sallamning tepalariga soya qilmoq uchun kiyim osib qo‘yilgan erdi. Ya’lo ko‘ylak ortiga 
boshini tiqib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlari qizarib ketganligini, 
entikib zo‘rga nafas olayotganlarini ko‘rdi. Vahiy kelishi tugagach, Janob Rasululloh 
yengil tortdilar, so‘ng: «Umra to‘g‘risida so‘ragan boyagi kishi qani?»-dedilar. Uni 
chaqirib kelishgach: «Badaningdagi xushbo‘y hidni uch marta yuvib ketkazg‘il, 
kiyimingni o‘zgartirgil, so‘ng hajda ne qilmog‘ing lozim ersa, umrada ham shundoq 
qilg‘il!» - dedilar. Men Atodan: «Uch marta yuvmoqni amr qilganlarida hidni 
ketkazmoqni nazarda tutdilarmi?»-deb so‘radim. «Ha» ,— dedilar Ato raziyallohu anhu». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling