Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tuyasi ustida tahlil aytgan kishi xususida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31-bob. Hayz va nifos ko‘rgan ayol qanday tahlil aytadir
28-bob. Tuyasi ustida tahlil aytgan kishi xususida
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalari tik turgan vaqtda ustida tahlil aytdilar»,-deydilar. 29-bob. Qiblaga yuzlanib tahlil aytmoq Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Zulhulayfada bomdod o‘qiganlaridan keyin tuyalarini minishga hozirlab olib kelmoqni buyurar erdilar. Tuyani olib kelishgach, uni minar erdilarda, qiblaga yuzlanib Masjid al-Haromga kelguncha talbiya aytib kelar erdilar. Zu Tuvanga kelganlarida ersa, tonggacha yotib qolar erdilar. Bomdod o‘qisalar, g‘usl qilar erdilar va «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shunday qilar erdilar»,- deb aytardilar». Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga bormoqchi bo‘lsalar, o‘zlariga hidsiz moy surtardilar, so‘ng Hulayfa masjidiga kelib namoz o‘qirdilar. Namozdan so‘ng tuyalariga minib, ehrom bog‘lar erdilar, shunda tuya tik turgan bo‘lardi. Keyin: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ham shunday qilganlarini ko‘rganman»,- der erdilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 312 30-bob. Vodiyga tushganda talbiya aytmoq qaqida Mujohid raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Abbos raziyallohu anhu huzurlarida erdik. Odamlar Dajjolni eslashib, uning ikki ko‘zi orasiga «kofir» deb yozilgan, deyishdi. Ibn Abbos: «Men buni eshitmaganman, ammo men Muso alayhissalomning vodiyga talbiya aytib tushib kelayotganlarini ko‘rib turgandekman»,- dedilar. 31-bob. Hayz va nifos ko‘rgan ayol qanday tahlil aytadir? Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Hajjat ul-Vido’ga chiqib, umraga tahlil aytdik. Keyin, Janob Rasululloh: «Kimki o‘zi birlan qurbonlik olib kelgan bo‘lsa, haj birlan umraga tahlil aytsin va toki ikkala hajni ado etmaguncha ehromini yechmasin!» - dedilar. Men Makkaga hayz holimda kelib, Ka’bani tavof qilolmadim, Safo birlan Marva oralig‘ida yugurolmadim. Bu haqda Nabiy, sallallohu alayhi va sallamga aytuvdim, ul kishi: «Sochingni yozib, tarag‘il (ya’ni, g‘usl qilg‘il), so‘ng hajga ehrom bog‘lag‘il, umrani qo‘ya turg‘il!» - dedilar, Men aytganlarini qildim. Biz hajni tamomlab bo‘lganimizda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Abdurrahmon ibn Abu Bakr birlan birga Tan’imga yubordilar, men umra qilib qaytdim. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Bu, o‘sha bajara olmagan umrang o‘rniga o‘tg‘aydir»,- dedilar. O’shanda umraga niyat qilganlar Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurishdi, so‘ng ehromlarini yechishdi. Minodan qaytishgach, yana bir marta Ka’bani tavof qilishdi. Ammo, birvarakayiga haj va umraga niyat qilganlar faqat bir martaba Ka’bani tavof qildilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling