Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
udumlaridan biriga aylanganligi haqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
udumlaridan biriga aylanganligi haqida
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Oisha onamizga: Olloh taoloning «Safo va Marvada sa’y qilmoq Olloh taolo udumlaridan biridir, kim Ka’bani tavof aylasa yokim umra qilsa, ularning ikkalasini (Safo va Marvani) tavof etmog‘i gunoh bo‘lmag‘aydir» degan qavli haqida ne dersiz? Xudo haqqi, Safo va Marvani tavof aylamasa, hech kim gunohkor bo‘lmas erkan!» — dedim. Ey jiyanim,— dedilar Oisha onamiz,— nechuk be’mani so‘z aytding! Agar bu oyatning tafsiri sen aytganingcha bo‘ladirgan bo‘lsa, unda Safo va Marvani tavof aylamasa, gunohkor bo‘lmas erkan-da?! Ammo, bu oyat ansorlar haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, ular musulmon bo‘lmoqlaridan avval Mushallal degan joydagi o‘zlari ibodat qiladirgan butga — mustabid Manotga tahlil aytishar erdi. Shu boisdan ham Safo va Marvani tavof aylamakka hayiqishar erdi. Ular musulmon bo‘lganlaridan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani tavof qilmoqqa hayiqar erdik, shukrkim, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof aylamak Olloh udumlaridandir!» degan oyati kariymasini nozil qildy»,— deyishdi. Shundan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safo va Marvani tavof etmakni sunnat qildilar, buni qilmaslikka hech kimning haqqi yo‘qdir!» «Men ushbu hadisni Abu Bakr ibn Abdurrahmonga aytganimda,— deydilar Zuhriy raziyallohu anhu,— u bunday dedi: «Oisha zikr qilgan but — Manotga tahlil aytmaydirgan barcha odamlar Safo va Marvani tavof qilishardi. Olloh taolo Qur’onda Safo va Marvani tavof aylamakni zikr qilmay, Ka’bani tavof etmakni zikr qilganida, odamlar: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani tavof qilar erdik, Olloh taolo Ka’bani tavof aylamak haqida oyat nozil qildi, Safoni zikr qilmadi, agar biz Safo va Marvani tavof qilsak, gunohkor bo‘lg‘aymizmi?» - deyishdi. Shunda, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof aylamak Olloh udumlaridandir!»degan oyati kariymasini nozil qildi». «Bu oyat,- deb davom etdilar Abu Bakr,- ikki toifa odamlar xususidadir, biri - johiliya davrida Safo va Marvani tavof etmakka hayiqqan kishilar, ikkinchisi - ilgari Safo va Marvani tavof aylab yurib, keyin, islom davriga kelganda, Olloh taolo Ka’bani tavof etmakni zikr qilib, Safoni eslatmaganligidan ularni tavof aylamakka hayiqib qolgan kishilar ha.qida nozil bo‘lgan. Shundan so‘ng Olloh taolo Safo va Marvani ham tavof aylamak lozimligini eslatib, oyat nozil qilgan, deb eshitg‘ayman». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling