Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayz ko‘rgan ayol barcha haj udumlarini ado qiladir, faqat tavof


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

81-bob. Hayz ko‘rgan ayol barcha haj udumlarini ado qiladir, faqat tavof 
etmaydir; Safo va Marva orasida tahoratsiz sa’y qilsa... 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men hayz ko‘rgan holimcha Makkaga kelib, na 
Ka’bani tavof aylay oldim va na Safo va Marvada sa’y qildim. Men buni Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamga aytib, shikoyat etdim. Ul kishi: «Toza bo‘lguningcha Ka’bani 
tavof aylamag‘il, hojilar ne qilsalar, sen ham shuni qilg‘il!» - dedilar».
Jobir ibn Abdullohraziyallohu anhudan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va ashoblari 
hajga ehrom bog‘ladilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Talhadan boshqaning 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
330
qurbonlikka atalgan jonlig‘i yo‘q erdi. Shu payt, Ali Yamandan jonliq yetaklab kelib qoldi-
da: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom bog‘lasalar, men ham o‘shanga 
ehrom bog‘lag‘aydirman»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalarga 
katta haj o‘rniga umra qilmoqni, sochlarini kalta qilmoqni hamda jonliq yetaklab 
kelganlardan tashqari hammaga ehromini yechmoqni amr qildilar. Shunda sahobalar: 
«Minoga borg‘aymizmi? Ba’zi birimizning zakarimizdan maniy tomib turibdir-ku?!»- 
deyishdi. Bu gap Janob Rasulullohning quloqlariga yetgach: «Men keyinga surgan 
ishimni oldin qilmoqchi bo‘lganimda, jonliq olib kelmagan bo‘lar erdim, jonlig‘im 
bo‘lmaganda erdi, men ham ehromimni yechgan bo‘lar erdim»,- dedilar. Oisha onamiz 
hayz ko‘rgan bo‘lsalar ham, barcha haj udumlarini ado etdilar, lekin faqat Ka’bani tavof 
aylamadilar, uni poklanganlaridan keyin tavof qildilar. Oishaonamiz: «YoRasululloh, 
sizlar haj birlan umra qildingizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- deganlarida
Janob Rasululloh: «Ukang Abdurrahmon birlan Tan’imga borib, umra qilib kelg‘il!»-
dedilar. Shunda, Oisha onamiz hajdan keyin umra qilib qaytdilar». 
Hafsa aytadirlar: «Biz joriyalarimizni uydan tashqariga chiqarmas erdik. Bir kuni bir ayol 
Baniy Xalaf qasriga kelib tushdi. U singlisining Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
sahobalaridan birining xotini ekanligini, uning eri Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga o‘n ikki marta g‘azot qilganligini, shu g‘azotlarda singlisi ham eri birlan birga 
ishtirok etib, yaradorlarni davolaganini aytdi. «Singlim,- dedi boyagi ayol,- Janob 
Rasulullohdan: «Agar birortamizning yoping‘ichimiz bo‘lmasa-yu, hayit namoziga 
chiqolmay qolsak, gunoh bo‘lmag‘aydirmi?»-deb so‘raganida, ul kishi: «Dugonasining 
yoping‘ichlaridan birini olib tursin, xayrli ishdan qolmasin, mo‘‘minlar birlan birga chiqib, 
duo aytsin!» - debdirlar, Boyagi xotin (Ummu Atiyya) kelganida: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam falon narsalar to‘g‘risida ne deganlar, eshitganmisiz, deb so‘rashdi 
ayollar, Shunda u: «Ha, otam haqqi-hurmati (u, Janob Rasulullohning nomlarini tilga 
olganda, ko‘pincha «otam haqqi hurmati» deb qo‘yardi), eshitganman. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam endigina bo‘yiga yetgan qizlarga ham namozga chiqmoqni 
buyurar erdilar»,- dedi. «Hayz ko‘rgan xotinlarga hammi?»-deb so‘radim. Shunda u: 
«Ha, hayz ko‘rgan xotin Arafotga chiqmag‘aydirmi? Yoki falon, yo piston 
qilmag‘aydirmi?»-deya haj udumlarini sanay ketdi». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling