Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ashuro kuni ro‘za tutmoq qaqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
67-bob. Ashuro kuni ro‘za tutmoq qaqida
Solim raziyallohu anhuning otalari: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, kimki Ashuro kuni ro‘za tutmakni istasa, tutsin! deb aytganlar»,- deydilar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Ramazon oyining ro‘zasi farz qilingunga qadar, Ashuro kuni ro‘za tutmakni buyurgan erdilar. Ramazonda ro‘za tutmak farz bo‘lganidan keyin ersa, Ashuro kuni istaganlar ro‘za tutdi, istamaganlar tutmadi». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Islomdan avyul, johiliya davrida quraysh ahli Ashuro kuni ro‘za tutar erdi. Janob Rasululloh Madinaga kelganlaridan keyin ham Ashuro kuni ro‘za tutdilar, boshqalarni ham tutmakka buyurdilar. Ramazon oyida ro‘za tutmak farz qilinib, Janob Rasululloh Ashuro kuni ro‘za tutmakni tark etganlaridan keyin, Ashuro kuni ro‘za tutmak ixtiyoriy bo‘lib qoldi». Humayd ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Muoviya ibn Abu Sufyon haj qilgan yillari Ashuro kuni minbarga chiqib: «Ey Madina ahli, ulamolaringiz eshitib qo‘ysinlar! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ashuro kuni ro‘za tutmak farz qilinmagan ersa ham, men ro‘zadirman, ammo sizlarga bu ixtiyoriydir», deb aytganlarini eshitganman»,- dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida, qarasalar, yahudiylar Ashuro kuni ro‘za tutishar erkanlar. Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu nechuk ro‘zadir?» - deb so‘radilar. Yahudiylar: «Bu yaxshi kundir, shu kuni Muso, Olloh taolo Baniy Isroilni dushmanlaridan xalos qilgani uchun ro‘za tutganlar»,-deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqdirmiz»,- deb shu kuni o‘zlari ham ro‘za tutdilar, boshqalarga ham ro‘za tutmakni amr qildilar». Abu Muso raziyallohu anhu: «Yahudiylar Ashuro kunini bayram, deb hisoblashar erdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar ham shul kuni ro‘za .tutingiz!» -deb aytdilar»,- deydilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Ashuro kunini Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 396 boshqa kunlardan ortiq bilib va Ramazon oyini boshqa oylardan ortiq bilib, ro‘za tutmakka qasd qilganlarini ko‘rmaganman»,- deydilar. Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Aslam qabilasidan bir kishiga: «Kimki bugun ovqat yegan bo‘lsa, kunning qolgan qismida ro‘za tutsin, kimki ovqat yemagan bo‘lsa, sahargacha ovqat yemasin, chunkim bul kun Ashuro kunidir!»-deb e’lon qilmakni buyurdilar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling