Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Bir oyda uch marta hayz ko‘rsa... ayollarning hayz ko‘rish va


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

25-bob. Bir oyda uch marta hayz ko‘rsa... ayollarning hayz ko‘rish va 
homiladorlik muddatini tasdiqlovchi dalillar to‘g‘risida 
Hayz ko‘rish to‘g‘risida Alloh taolo: «Xotinlarning o‘z bachadonlaridagi Alloh yaratgan 
narsani yashirmoqlari gunohdir», deydi. Ali va Shurayh: «Agar ayolning bir oyda 3 
marta hayz ko‘rganiga ishonchli va taqvodor kishilar guvohlik bersalar, tasdiqlanadi», 
deb aytgan ekanlar. Ato raziyallohu anhu: «Ayolning (bir oyda 3 marta hayz ko‘radigan 
ayolning) haqiqiy hayz ko‘radigan kunlari uning dastlabki hayz ko‘rgan kunlari 
hisoblanadi», deb aytganlar (taloq iddasini saqlayotgan ayol boshqacharoq aytsa, qabul 
qilinmaydi). Ibrohim va Ato: «Hayz kamida bir kecha-yu bir kunduz, ko‘pi bilan 15 kun 
davom etadi», deganlar. Mu’tamirning otalari, hayzidan poklangandan keyin 5 kun 
o‘tgach, yana qon ko‘rgan xotin to‘g‘risida so‘raganlarida, Ibn Sirin: «Bu bobda xotinlar 
bizdan ko‘ra yaxshiroq biladilar», dedilar. 
Oisha onamizdan: «Fotima binti Abu Hubaysh: «Men istihoza ko‘raman, hech 
poklanmasman, namozni tark etaymi?» deb Rasulullohdan so‘radilar. «Yo‘q, tark 
etmaysan, bu tomir qonidir. Va lekin hayz ko‘radigan kunlaring namozni tark etgin, 
hayzdan poklangach, g‘usl qilgin, namozingni o‘qiyvergin», deb javob qildilar 
Rasululloh». 
26-bob. Hayz ko‘radigan kunlardan tashqari vaqtda keladigan sarg‘ish va xira 
rang suyuqlik 
Ummu Atiyya: «Xira rang va sarg‘ish suyuqlikni hayz hisoblamas edik», deganlar. 
27-bob. Istihoza keladigan tomir 
Oisha onamizdan: «Ummu Habiba 7 yil istihoza ko‘rdi. u Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamdan istihoza to‘g‘risida so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayxi va sallam unga 
(hayz tugagach) g‘usl qilmoqni buyurib: «Bu tomirdan keladigan qondir», dedilar. Ummu 
Habiba har bir namozga alohida g‘usl qilar edi». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
(Hayzdan keyin bir marta g‘usl qilmoq — farz, lekin qolganiga tahorat qilsa, kifoya qilar 
edi. Imom Shofi’iy ham istihoza ko‘rgan xotinning har bir namozga g‘usl qilmog‘i 
mustahabdir, deganlar). 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling