Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING IBODATLARI HAQIDA BAYON QILINADI


Download 129.39 Kb.
bet29/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING IBODATLARI HAQIDA BAYON QILINADI





  1. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nafl namozda shu qadar uzun qiyom qilar edilarki, muborak ikki qadamlari shishib ketar edi. Savol qilindi: Alloh taolo u zotning avvalu oxir tamom gunohlarini mag‘firat qilgan bo‘lsa-yu, bu qadar mashaqqatni o‘zlariga ixtiyor qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Men Parvardigorimning shukrlik bandalaridan bo‘lmaymi?




  1. Asvad ibn Yazid dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kechqurundagi namozlari haqida savol qildim. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xufton namozini o‘qiganlaridan keyin, kechaning avvalgi yarmida orom olar edilar. Undan keyin turib, tahajjud namoziga mashg‘ul bo‘lar, kechaning oxirida vitr namozini o‘qir, undan keyin joylariga kelib yotar

edilar. Agar ko‘ngillari xoxlasa, axliyalari bilan shar’i suhbat qilar ham edilar. Keyin bomdod azonini eshitsalar, irg‘ib turar edilar. Agar g‘usl lozim bo‘lgan bo‘lsa, g‘usl qilar, bo‘lmasa tahorat qilib, namozga chiqib ketar edilar.

I z o h. Fan va tibbda ham suhbat uchun nihoyatda munosib vaqt kechaning oxiridir, chunki bir uxlab turgandan keyin har ikki tarafning nashoti yangi bo‘ladi. Kechaning avvalida odam taom yeb, og‘irlashgan bo‘ladi, u holda suhbat ham zarar qiladi, agar ochlik holda suxbat qilinsa ham zarar qiladi. Bular tib maslahatiga bog‘liq masalalardir.




Shariatda o‘z jufti-haloli bilan suhbat har vaqtda joizdir, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kechaning avvalida va kunduzning turli vaqtlarida suhbat qilganliklari sobit bo‘lgan. Ba’zi rivoyatlarda deyilganki, ayni namoz vaqtida suhbat qilingan bo‘lsa, vujudga kelgan farzand ota-onasiga nofarmon bo‘larkan.



  1. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Men bolalik vaqtimda bir kecha holam Maymuna roziyallohu anho huzurlarida yotib qoldim. Men yostiqning eniga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ahliyalari yostiqning uzunida bosh qo‘yib yotdilar. Mening boshim va ularning yuzlari qiblaga bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxladilar, yarim kecha bo‘lganda, uyg‘ondilar. Ko‘zlaridan uyquni qochirmoq uchun qo‘llarini yuzlariga tortdilar va ishqadilar. Keyin surai Oli Imronning oxirgi oyatlari «INNAFIY XOLQIS-SAMOVOTI VAL-ARZ» oyatlarini tilovat qildilar. So‘ng turib, osig‘lik bir meshikchani olib, undagi suv bilan tahorat qildilar, nihoyatda chiroyli tahorat qildilar. Keyin namozga turdilar. Men ham tahorat qilib kelib chap taraflarida turib, iktido qildim. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ng qo‘llarini mening boshimga qo‘ydilar, va o‘ng qulog‘imni buradilar (Chunki muqtadi imomning o‘ng tarafida turishi lozim edi). Keyin ikki raka’at o‘qidilar, yana ikki raka’at o‘qidilar, ikki raka’atdan olti marta o‘qidilar.

Bu hadisning roviysi Ma’n dedilar: Ikki raka’atdan olti bor o‘qidilar. Guyo o‘n ikki raka’at bo‘libdi. Keyin vitrni o‘qidilar va yonboshladilar. Keyin muazzin namoz uchun chaqirib keldilar. Keyin u zot turib, ikki raka’at sunnatni muxtasar qiroat bilan o‘qib chiqib, jamoat bilan bomdod farzini ado qildilar.


I z o h. Ali Qoriy dedilarki, imom Abu Hanifa roziyallohu anhu tahajjud namozini o‘n ikki raka’at dedilar. Nabiyi karim sollallohu alayhi vasallamdan tahajjud haqida muxtalif - raka’atlar rivoyat qilingan. Muqarrar va muayyan bir miqdorga cheklanmagan, demak, undan ziyoda yo kami ham joiz bo‘ladi.





  1. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon uyqu g‘alaba qilib, yo uxlab qolib, tungi namozlarini, ya’ni tahajjudlarini o‘qiyolmay qolsalar, kunduz choshit vaqtida o‘n ikki raka’at o‘qir edilar.

I z o h. Bu tahajjudning qazosi u zotning xos o‘zlariga farz bo‘lganligidan, yoki ummatga fazilatini ta’lim berish uchun bo‘lgandir.





  1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Qachon sizlardan birlaringiz kechqurun tahajjud uchun tursa, avval ikki raka’at yengil namoz o‘qib olsin, keyin tahajjud o‘qisin.

I z o h. Buning sababi, birdan uzun namoz boshlasa, tabiat cho‘chib qolish mumkin,



Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling