Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
Download 129.39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
Tarjimasi: (Ey xudo, agar Sen bularning hammalarini azoblasang, o‘z bandalaringdir, va agar Sen bularni mag‘firat qilsang, hammaga g‘olib va ulug‘, xikmatli zotdirsan. Ya’ni, xech kim Sening iroda va hukmingga daxl berolmas. Har narsa qilsang yarashur, chunki sen Molikdirsan, ular bandalaringdir).
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Bir kecha men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan namoz o‘qidim. Janob qiyomda shu qadar uzoq turdilarki, men chidab tura olmay, bir yomon ishni qilmoqchi bo‘ldim (lekin qilmadim). Bir kishi savol qildi: nima qilmoqchi edilar? Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: o‘zim o‘tirib olib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o‘zlarini tanxo qo‘ymoqchi bo‘lib edim. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (oxirgi vaqtlarida) nafl namozlarini o‘tirib o‘qir edilar. O’tirgan hollarida Qur’oni sharifni odatlariga mutobiq uzun o‘qib borar edilar. Qachonki bir raka’atning xissasidan o‘ttiz yo qirq oyat miqdori qolsa, uni turib o‘qir edilar. Keyin ruku’ va sajda qilar, keyin ikkinchi raka’at yana shunday qilar edilar. I z o h. Jumhur ulamolar islom va to‘rt mazxab imomlarining nazdida o‘tirib namoz o‘qiguvchiga ruku’ga yaqin yetganda turib ruku’ va sujud qilmoq joizdir va turib namoz o‘qiguvchiga charchab qolsa, o‘tirib namoz o‘qimoq ham nafl namozida joiz. Abdulloh ibn Shaqiq roziyallohu anhu dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning nafl namozlarining kayfiyatlaridan savol qildim. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechaning uzun hissasida nafl namozlarini turib o‘qir edilar va ba’zi kechaning uzun xissasida o‘tirib o‘qir edilar. Lekin odati sharifalari shu ediki, qachon turib Qur’on o‘qisalar, ruku’ va sajdalarini ham turib qilar edilar, va qachon o‘tirib Qur’on o‘qisalar, ruku’ va sajdalarini o‘tirib qilar edilar. I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tirib namoz o‘kisalar ham, turib o‘qilgan namoz savobini mukammal olgaylar. Chunki Janobning asl maqsadlari ummatga shu tariqa o‘qimoqning joizligini ta’lim berishdir. Xafsa roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nafl namozlarini o‘tirib ham o‘qir edilar, va unda bir surani o‘qisalar, shunday tartil bilan o‘qir edilarki, u sura o‘zidan uzun suradan ham uzun bo‘lib ketardi. I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozlari ham, qiroatlari ham boshqa bir olam bo‘lar edi. Ohista-ohista va tajvid va tartil bilan, ma’nolarida tadabbur va takammullar qilib o‘qir edi. Shunday o‘qilgan suratdagina Kur’oni karim haqqi ado etilgan bo‘ladi va uni o‘quvchi foyda va bahra oladi. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan muqaddam aksar nafl namozlarini o‘tirib o‘qiydigan bo‘ldilar. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan peshindan avval ikki raka’at va peshindan keyin ikki raka’at masjidda va mag‘ribdan keyin ikki raka’at va xuftondan keyin kkki raka’at uylarida o‘qidim. I z o h. Bu hadisda namozning sunnatlari bayon qilingan. Sunnati muakkada hanafiylar qoshida ham shunday, lekin peshinning sunnati ularda to‘rt raka’atdir. Nabiyi karim sollallohu alayhi vasallamdan ko‘p hadislar vorid bo‘lganki, ularda har kim bir kechada va kunduzda o‘n ikki raka’at namozga mudovamat qilsa, Alloh taolo uning uchun jannatda bir uy bino qilur, deyilgan. Bu o‘n ikki raka’atning tafsili Oisha va Ummu Xabiba roziyallohu anhumo rivoyatlarida yuqoridagi Ibn Umar rivoyatlaridagidek kelgan. Magar, ular rivoyatlarida peshin namozining avvalgi sunnati to‘rt raka’at deb ko‘rsatilgan. Yana bir xadisda kelganki, peshindan avval to‘rt raka’atni bir salom bilan o‘qilsa, uning uchun osmonning darvozalari ochilur. (Ya’ni tez qabul qilinur). Imom Buxoriy va imom Muslim raximaxumallohning bir rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshindan avvalgi to‘rt raka’atni hargiz tark qilmas edilar, deyilgan. Imom Axmad, Abu Davud va boshqalar Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshin namozi uchun masjidga chiqar vaqtlarida uyda to‘rt raka’atni o‘kib, keyin chiqar edilar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Janob sollallohu alayhi vasallam ko‘pincha sunnatlarni uyda o‘qib, keyin masjidga chiqar edilar, va g‘oliban masjidda ikki raka’at Download 129.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling