Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING YIG’LAGANLIKLARI VA ZORILARI HAQIDA BAYON QILINADI
Download 129.39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING YIG’LAGANLIKLARI VA ZORILARI HAQIDA BAYON QILINADIInsonning yig‘lashi bir necha sababdan bo‘ladi. Goho bir kishiga rahmi kelib yig‘lar, goho qo‘rqib yig‘lar, goho sog‘inib yig‘lar, goho xursandlikdan yig‘lar, goho og‘riqdan yig‘lar, goho xafalikdan yig‘lar, goho mazlumlikdan yig‘lar, goho tavba qilib yig‘lar, goho munofiqlikdan yolg‘on yig‘lar. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning yig‘ilari aksari biror o‘lgan musulmon holiga achinib, rahmlari kelib, shafqatdan bo‘lar edi, yoki Alloh Taolodan qo‘rqib va Uning muhabbatidan yig‘lar edilar. Abdulloh ibn Shixxir roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim. Janob namozga mashg‘ul ekanlar. Ichlaridan yig‘laganliklaridan go‘yo mis qozon qaynab turgan kabi ovoz kelar edi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Bir kun menga Rasululloh sollallohu alayxi vasallam “Qur’on o‘qib eshittir” dedilar. Men dedim: “Yo Rasulalloh, men o‘zlariga o‘qib eshittiraymi, holbuki, Qur’oni karim o‘zlariga nozil bo‘lgandir”. Janob dedilar: “Men Qur’onni boshqadan eshitishni do‘st tutaman”. Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: “Keyin men surai NISOni boshladim. O’qib borib, bu oyat sharifaga yetdim: (Tarjimasi) Qachonki, biz har ummat ustiga bir guvohni xozir qilsak va sizni ular ustiga guvoh qilib keltirsak, kofirlarning hollari qanday bo‘ladi?” Shu oyatga yetganda ko‘rdimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki muborak ko‘zlaridan yosh oqib turardi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamoni muboraklarida bir marta kun tutildi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam turib, masjidga bordilar va namoz boshladilar. Shu qadar uzun qiyom qildilarki, ruku’ qilmas ekanlar deb gumon qilindi. Keyin ruku’ga bordilar. Shu qadar uzun ruku’ qildilarki, bosh ko‘tarmas ekanlar, deb gumon qilindi. Keyin ruku’dan qomaga turdilar. Unda ham shu qadar uzun turdilarki, sajdaga bormas ekanlar, deb gumon qilindi. Keyin sajdaga bordilar. Shu qadar uzun sajda qildilarki, sajdadan bosh ko‘tarmas ekanlar deb gumon qilindi. Keyin jalsaga turdilar. Unda ham shu qadar uzun turdilar. Keyin yana shundok uzun sajda qildilar. So‘ng ikkinchi raka’atni ham shunday uzun o‘qidilar. Ikkinchi raka’atning ikkinchi sajdasida ox tortib, dam olar edilar, va yig‘lar edilar, va Allohga nolalar qilib, dargoxiga arz qilar edilar: “Parvardigor, sen menga va’da qilgan edingki, sening hayotingda men ummatlaringga azob yubormasman”, va va’da qilgan eding-ki, mudom ummatlaring istig‘forga mashg‘ul tursalar, ularga azob yubormasman”. Endi biz hammamiz istig‘forga berildik”. Keyin Janob sollallohu alayhi vasallam namozdan forig‘ bo‘ldilar, kun ochilib, ravshan bo‘lib ketdi. Keyin Janob va’z qildilar. Xudoga hamdu sano aytgandan keyin dedilar: «Oftob bilan oy Alloh Taoloning oyatlaridandir. Bir kishining o‘lishi yoki tirilishi uchun tutilmaydi, qachon bu ikkisi tutilsa, sizlar Xudoga mutavajjix bo‘linglar va namoz va istig‘forga mashg‘ul bo‘linglar». Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir qizlari (qizlarining qizlari) xasta bo‘lib, o‘lishga yaqin borganda quchoqlariga oldilar, yana oldilariga qo‘ydilar. Keyin u bola vafot qildi. Bu holni ko‘rib, cho‘rilari Ummu Ayman roziyallohu anho ovoz bilan yig‘lab yubordilar. Janob dedilar: Sen Rasululloh xuzurinda ham ovoz bilan yig‘laysanmi? Ummu Ayman dedilar: O’zlarining yig‘lab turganlarini kurmay turibmanmi? Janob dedilar: Mening yig‘lashim mamnu’ yig‘i emas, bu Alloh Taolo mo‘min bandasining kungliga paydo qilgan raxmatdir. Keyin dedilar: Mo‘min banda har qanday holda yaxshilikda bo‘ladi. Hatto uning o‘z jonini badanidan chiqarilur holda ham Xoliqiga shukr va sano aytadi. I z o h. Ulamolar deydilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xech bir qizlari yoshligida vafot qilmagan. Bu qizlari Zaynab roziyallohu anhoning qizlaridir. Lekin bu zot ham o‘sha bemorlikda o‘lib ketmay, shifo topib ketgandilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin dunyoda uzoq yashadilar. Hatto Ali roziyallohu anhu u zotni o‘z nikohlariga oldilar, va shaxid bo‘lgan zamonlarida ham nikohlarida bor edilar. Endi yuqoridagi “vafot qildi va Ummu Ayman yig‘ladilar” degan so‘z ma’nosi, vafot qilishiga yaqin bordilar. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining emishgan birodarlari Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu vafot qilganlarida yuzlaridan o‘pdilar. O’sha holda ikki ko‘zlaridan yoshlari oqib yig‘lab turardilar. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning qizlari Ummu Gulsum roziyallohu anhoning janozalariga xozir bo‘ldik, va qabristonga ham bordik. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam o‘zlari qizlarining qabrlari ustida o‘tirgan edilar. Ko‘rdimki, u zotning ikki ko‘zlaridan yoshlari oqib turibdi, dedilar: “Oralaringizda bu kecha xotiniga yaqinlashmagan kishi bormi?” Abu Talxa roziyallohu anho dedilar: “Men, yo Rasulalloh”. “Sen bu qabrga tushgin”. Keyin u zot qabrga tushdilar. I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlari Ruqiya roziyallohu anho vafotlaridan keyin ikkinchi qizlari Ummu Gulsum roziyallohu anhoni Usmon roziyallohu anhoga nikoh qilib bergan edilar. Bu zot vafotlarida erlari Usmon qabrga qo‘ymoq uchun yaqin keldilar. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kecha jimo’ qilmagan kishi dafn qilsin deganlarida o‘zlarini tortdilar. Chunki o‘sha kecha xotinlari o‘lib tursalar ham, bir cho‘ri bilan shar’i suxbat qilib edilar. Bu hol sollallohu alayhi vasallamga ma’lum bo‘lib edi. Shuning uchun Usmon roziyallohu anhuga yengil bir ‘itob maqomida shunday dedilar. Download 129.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling