Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING MEROSLARI HAQIDA
Download 129,39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING MEROSLARI HAQIDABu bobda kelgan hadislarning hammasining mazmuni shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qolgan mol – sadaqadir. Vorislarga taqsim etilmas. Axli sunnat va jamoat ulamolari bu masalada hammalari ittifoq qilganlar. Tamomi nabiylar qoldirgan narsalari ham aksari ulamolar nazdida shundaydir. Buning sabablaridan biri shuki, nabiylar qabrlarida tirikdirlar. Tirikning moli taqsim qilinmaydi. Va xotini boshqaga nikoh etilmaydi va hokazo.
I z o h. Janobning yerlari Fidak zaminining yarmini va vodiy Quro zaminining uchdan biri va Bani Nadir zaminining uchdan biri va Xaybar Xumsidan iborat bo‘lgan xissalari edi. Bu yerlarning xosili umumiy edi. Ya’ni o‘zlariga, oilalariga va musulmon faqirlarga ulardin xissa taqsim etilar edi.
Bakr dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganmanki: Bizlar (ya’ni, payg‘ambarlar)ning vorislarimiz bo‘lmaydi. Mollarimiz ularga taqsim etilmaydi, lekin men vaqflarga nazorat qiluvchi bo‘lib turganligim uchun kimlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bosh bo‘lgan bo‘lsalar, men ham ularga bosh bo‘laman. Kimlarga Rasululloh sallolloxu alayhi vasallam nafaqa berib kelgan bo‘lsalar, men ham ularga nafaqa beraman.
I z o h. Umar Ibn Nadir zaminidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xissalarini Ali va Abbos ikkovlariga o‘zlari va oilalari uchun harj qilib, ziyodasini sadaqa qilishlari uchun bergan edilar. Shu yer ustida janjal bo‘lgan edi.
Download 129,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling