Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING QORTIQ BILAN QON OLDIRGANLIKLARI HAQINDA BAYON QILINADI
Download 129.39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING QORTIQ BILAN QON OLDIRGANLIKLARI HAQINDA BAYON QILINADIXijom kalimasi mixjama bilan qon olish deganidir. Mihjama - qon oladigan asbobning nomi. Qon oldirish badan muolajalaridan biri bo‘lib, xasta odam uchun muolaja qildirmoq tavakkul sifatiga xilof emas. Arbobu tavakkul imomlarining peshvolari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. U Janob sollallohu alayhi vasallam qilgan ishni xilofi tavakkul demoq ham jaholatdir. Banda bilmog‘i lozimki, tavakkul ma’nosi sabablarni ro‘yobga chiqarib, so‘ng Xudoga suyanmoqdir. Xumayd dedilarki, Anas roziyallohu anhudan “Qon olguvchining ujrasi haqida joizmi yo nojoizmi?” deb savol qilindi. Anas dedilar: “Rasululloh sollallohu alayxi vasallam xijomat qildirdilar. Abu Tayyiba ismli kishi qonlarini oldi. Keyin uning ujrasi uchun ikki so’ taom buyurdilar. Va uning hojasi bilan so‘zlashib xirojidan bir so’ kam qildirdilar. Va dedilarki, qilib yurgan ilojlaringizning yaxshilaridan biri qon oldirmoqdir”. I z o h. Abu Tayyiba Bani Xorisa jamoasining quli edilar. Xojalari degan ediki: Har kun bizga uch so’ xurmo topib keltirib bersang, ortgani o‘zingga. Bu odam qortiq qo‘yib, so‘rib qon olishni bilar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu odam qulidan kon oldirib, haqiga ikki so’ taom yo xurmo buyurib berdilar. Va xojalari bilan so‘zlashib, har kun beradigan uch so’ xurmoni ikki so’ga tushirdilar. Keyin xijomat muolajasi muolajalarning yaxshilardan biri ekanligini bayon qildilar. Bu hadisdan yana ma’lum bo‘ladiki, xijomat qilib olingan ujra xalol ekan. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hijom qortuq bilan qon oladigan odamni chaqirtirib buyurdilar: U qonlarini oldi. So‘radilarki: har kun xojalaringga beradigan narsalaring qancha? U odam dedi: uch so’. Keyin Janob uning hojalari bilan so‘zlashib, bir so’ini kamaytirdilar. Va haqini berib jo‘natdilar. Anas roziyallohu anhu dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak bo‘yinlarining ikki tarafidan va ikki yelkalarining o‘rtasidan qortuq bilan qon oldirar edilar. Va g‘oliban o‘n yettinchi, o‘n to‘qqizinchi, yigirma birinchi tarixlarda oldirar edilar. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sallohu alayhi vasallam Makkai mukarrama bilan Madinai munavvaraning o‘rtalarida Malal degan bir mavzeda exromda turib, qadamlarining orqasidan qortuq bilan qon oldirdilar. I z o h. Exrom holatida qon oldirmoq ba’zi imomlar qoshlarida makruxdir. Lekin xanafiylarda badan tuki to‘kilmay yo qirilmay olinsa, joizdir. Download 129.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling