Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
II b o b
1 «Man zalla fi nafsihi rafa’allohu qadrahu va man azza fi nafsihi azallahu fi a’yuni ibodihi»*. Asadbek bu hikmatdan bexabar edi. Bola chog‘ida, bunday hikmatlar qalbiga muhrlanishi lozim bo‘lgan pallada otasi urushda edi. Onasi tirikchilik tashvishidan ortmasdi. Mahalladagi qari-qartanglar ham bolalarga odob o‘rgatish yumushiga befarq bo‘lib qolgan edilar. Go‘yo ular urush tamom bo‘lganidan keyin ham hayot davom etajagini, jamiyat yaxshi xulq egalariga muhtoj bo‘lajagini unutgan edilar. Barcha o‘z qayg‘usi, o‘z tashvishi bilan band edi. Keyinchalik og‘ir zamonlar o‘tdi. Qorin to‘ydi. Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 15 Ammo ruh och qolaverdi. Odamlar esa bargsiz, mevasiz daraxtga aylandilar. Asadbekning ruhi ba’zan ochlikdan chirillar, vujudini tilka-tilka qilib tashlardi. U chorasiz, bu yoshda endi ruhini to‘ydira oladigan ozuqa topa olmas edi. Ruhi och odamning bu dunyoda umr kechirmog‘i og‘ir, juda og‘ir. Mol-mulk hisobsiz, ammo ruh och. U ba’zan holatiga o‘zi ham tushunmay o‘yga toladi: «Menga yana nima yetishmaydi?» deb o‘ziga- o‘zi savol beradi. Savol berishga beradi-yu, javob topa olmaydi. Bu ojiz banda bilmaydi- ki, boylikda hech qanday ulug‘vorlik yo‘qtur. Boylik — sokinday ko‘ringan dengiz uzra qurilgan bir qasrdir. Dengiz bir chayqalsa, tamom, qasrdan nom-nishon qolmas. Sirtdan qaragan kishiga balki u baxtli ko‘rinar. Asadbek faylasufona fikrlar bilan mashg‘ul bo‘lmoqni yoqtirmaydi. Mushohada qilmoqni Chuvrindiga chiqargan. Bir kuni u: «Kimning qalbi bo‘lmasa — u baxtsizdir», degan edi. Kesakpolvon: «Bunaqa gaplaring bilan miyamning astarini teskari qilib yuborasan», deb so‘zini bo‘lgan, Asadbekka esa mana shu hikmat yoqqan edi. Hatto bir necha kun bu hikmatning mag‘zini chaqmoqchi bo‘lib o‘ylanib ham yurdi. Keyin esa... yodidan chiqardi. Zaynab o‘zini osgach, xotirasining qay bir burchaklarida g‘aflat bosib yotgan bu hikmat uyg‘ondi. «Mening qalbim yo‘qmi, men baxtsizmanmi?» degan savol uni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Qizining o‘zini osib qo‘yganini eshitib qo‘rqdi. Nimadan qo‘rqdi — bilmaydi. Zaynab o‘g‘irlanib, so‘ng qaytib kelgan mahalda, «bundan ko‘ra o‘ldirib yuborganlari yaxshi edi», degan o‘yga ham borgan edi. Qizi ajal bilan yuzma-yuz bo‘lganida esa, qo‘rqdi. Kechagina nomus unga hukm o‘tkazgan edi. Shu nomus bandiligida Jamshidga o‘limni ravo ko‘rgan edi. Bugun nomus tuyg‘usi uni tark etdi. Bolasining o‘lishi mumkinligi uni qo‘rquvga soldi. Shu qo‘rquv tufayli qizi yotgan uyga kirishga yuragi betlamadi. Manzura fojianing sababini bilmas edi. U esa, aniq bilmasa-da, taxmin qilardi. Shu bois uyga kirib qizining ko‘ziga qarashga botinmas edi. Manzura bir-ikki hovliga chiqib, unga ma’nodor qarab qo‘ygach, kirishga majbur bo‘ldi. Zaynab ko‘zlarini shiftga qadab yotardi. Otasi kirganini bilsa ham, hatto kiprik qoqmadi. U o‘zini osganini biladi. Ammo hozir tirikmi yo o‘likmi ekanini bilolmaydi. Onasining yig‘lamsiragan ovozini eshitadi. Biroq gaplarini durust uqmaydi. Otasi kirdi, tomoq qirdi. Endi u ham «Qizim...» deb gap boshlaydi... ...Kumush o‘lar chog‘ida qaynotasi kirar edi. Kumush, ahvoli og‘ir bo‘lsa ham bir qo‘zg‘olar edi. U esa qilt etmay yotibdi. U Kumushning taqdiriga yig‘lagan edi, unga kim yig‘laydi? Shu fikr Zaynabning xo‘rligini keltirdi. Kipriklari pirpirab, ko‘zlarida yosh qalqidi. Asadbek buni ko‘rdi. Birdaniga uning ham yig‘lagisi keldi. O‘zini nochor sezdi. «Bolang oldida qaddingni bukma! Hamisha adl tut. Hamisha dadil yur. Bolang seni yerparchin holda ko‘rmasin. Dardga taslim bo‘lganingni sezmasin. Seni hamisha kuchli deb bilsin va faxrlansin!» — mana shu aqidaga qattiq rioya qilib yashayotgan Asadbekda qaddini bukmoqqa moyillik sezildi. Beldan quvvat, oyoqdan mador ketganday tuyuldi. Ammo ojizlik hissi unga bir daqiqagina hukm o‘tkazdi. Bir daqiqadan so‘ng u asliga qaytdi. — Qizim... Zaynab boshini burib, otasiga qaradi. Asadbek bu qarashda «Jamshid akamni nega o‘ldirdingiz?» degan savolni o‘qidi. Zaynab bu savolni tilga chiqarib so‘ragan taqdirida ham javob ololmas edi. Ko‘zlarda zuhurlangan savoldan qutulish oson — nigoh olib qochilsa kifoya. Asadbek shunday qildi. — Qizim... o‘zingni tut. Hammasi yaxshi bo‘ladi, — dedi. Keyin yana Zaynabga qaradi. — Nima yaxshi bo‘ladi? Jamshid akamni tiriltirish qo‘lingizdan keladimi? — deb savol berdi Zaynabning ko‘zlari. Javob o‘rniga yana nigohini olib qochdi. Bu holda uzoq turolmasligini bilib, ohista burildi- da, uydan chiqdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling