Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
— O‘tgan safar ham ko‘rishganimizda aytgan edim. Bu kasallikdan qutulishga harakat 
qiling. 
Shunday degach, u Zohidni kuzatib qo‘ydi. 
Zohid tashqariga chiqib soatiga qaradi-yu, Hamdamning gapini esladi. «Meni 
qidirayotgandir», deb iziga qaytdi-da, navbatchining telefonidan unga qo‘ng‘iroq qildi. 
Qayoqlarda sanqib yuribsan, prokuror, tez yetib kel, senga allambalo sovg‘a tayyorlab 
qo‘ydim,— dedi Hamdam. 
Zohid avval o‘zi ishlagan depara ichki ishlar bo‘limiga kelib, Hamdamning allambalo 
sovg‘asi nima ekanini bilgach, o‘ylanib qoldi. 
— Ha, qilgan ishim yoqinqiramadimi? — dedi Hamdam gina ohangida. 
— Yoqishga yoqdi... Lekin bu ish... yopilyapti. 
— Nega yopiladi? Chigalni endi yechyapmiz-ku? Yana bir harakat qilsak, ularning 
giribonidan olamiz. 
— Shunaqa-ku... lekin... Hamdam aka, iltimos, siz hozir qistovga olib so‘ramang, men 
aytmay. 
— Mendan sir yashiradigan bo‘lib qoldingmi? 
— Yashirmayman. Vaqti kelganda aytaman, xafa bo‘lmang,— Zohid shunday deb telefon 
go‘shagini ko‘tarib, hamkasbiga telefon qildi: 
— Sharipovman,— dedi u.— Yigirma sakkizinchi mayda yoqilgan murdani sotgan odam 
ushlangan. Nima qilaylik? 
Hamkasbi darrov javob bermay, o‘ylandi. So‘ng: 
— Qo‘yib yuboring,— deb amr etdi.— Boshqa yoqqa ketib qolmaslik haqida tilxat olingu 
qo‘yib yuboring. 
— Qo‘yib yuborsak, kavkazliklar ortidan jo‘nab qolmasmikin? Balki jonini saqlash uchun 
ham qamash kerakdir? 
— Yo‘q, uni kuzatish masalasini o‘zimiz hal qilamiz. 
Zohid go‘shakni joyiga qo‘yib, og‘ir tosh ko‘tarib charchagan odamday Hamdamga 
qaradi: 
Shunaqa gaplar, aka, tilxat olib qo‘yib yuboring. Taksichini ham. 
— Men unga qochib qol, devdim. 
— Yo‘q, qochmasin. Ehtiyot chorasini ko‘rishar ekan. 
— Men senga tushunmay qoldim, prokuror? — dedi Hamdam ovozini balandlatib. 
Zohid esa unga qarab hazin jilmaydi-da: 
— O‘zim ham tushunmay qoldim,— dedi. 
— Quloqqa lag‘mon osma, prokuror, sen baloga tushunadigan bolasan. Bir dengizchidan 
«ahvol qanaqa?» deb so‘rashsa, «kayfiyatlar a’lo, cho‘kyapmiz» degan ekan. Bizning 
ahvolimiz ham o‘shanaqa emasmi? 
Zohid Hamdamga javob qaytara olmadi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling