Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
aniqroq aytsak, vahimaga solgani shuki, uyga kelib bir ozgina mudraganda ham, 
uyg‘onganida ham shu ovozni eshitganday bo‘ldi. Hozir, onasi chiqib ketganidan so‘ng 
ham qulog‘iga shu ovoz urilib, sapchib turib ketdi. 
«Bunaqada jinni bo‘lib qolaman, — deb o‘yladi, ikki chakkasini uqalab. — Nima qilay? 
Yolg‘iz o‘tirsam vos-vos bo‘lishim turgan gap. Kim bilan gaplashay? Kim ko‘nglim 
chigilini yozadi? Mardona... Yo‘q, yo‘q...». 
Zaynabning nafasi qaytib, hovliga chiqdi. 
2 
Avval bir qanot qirqildi, so‘ngroq ikkinchisi... 
U ikki qanoti kesilib, mushuklar orasida qolgan musicha holiga tushdi. Kechagina u o‘zini 
lochin his etgan edi. Dushmaniga chovut solmoqni niyat qilgan edi. Endi bilsa u bor-
yo‘g‘i musicha ekan... Ikki qanoti yo‘q musicha... 
Dunyodagi hamma zo‘r tabiblar yig‘ilib «shu odam jinni», deb xulosa chiqarganida ham 
Elchin ishonmas edi. Ayniqsa jinni bo‘lib, o‘zini osishi. Elchin do‘stidan ayrilganiga bir 
kuysa, odamlarning «aqldan ozgan ekanda, a?» deb ishonganlariga o‘n kuyar edi. U 
Xonzodaning «keyingi paytlarda g‘alati bo‘lib qoluvdilar o‘zi», deganini eshitib, bu 
xotindan ham nafratlanib ketdi. 
Tushlarida Anvarni ko‘rib, alahsirab uyg‘onadigan bo‘ldi. Bir kuni mizg‘igan chog‘ida 
Anvar oppoq libosda ko‘rinib, maymunbashara odamga qo‘lini bigiz qildi: «Mening 
qotilim shu, ustozning qotili ham shu,— deb Elchinga qaradi: — Qasos olmaysanmi? 
Noila uchun qasos olmoqchi eding. Men-chi? Arzimaymanmi?..» 
Elchin ko‘zini ochib, o‘ylanib qoldi. Ko‘rgani tushimi yo o‘ngi ekanini anglamadi. 
O‘sha kuniyoq u Halimjonni izlab topdi. Daf’atan maqsadini ayta olmay, gapini uzoqdan 
boshladi: 
— Ishlar qanday bo‘lyapti endi? — dedi. 
Halimjon «bularning ishi qanday ekanini nahot bilmasangiz?» deganday unga ajablanib 
qaradi. 
— Qanaqa qopqonga tushganimni bilmay turibman, aka, — dedi gardanini qashib. — 
Haydar aka deganlari, bilmayman, odammi yo ho‘kiz-po‘kizmi... Gapga tushunmaydi. 
Ho‘kizga «xo‘-o‘sh!» desangiz tushunadi, buningiz tushunmaydi. O‘zi jimittakkinayu 
havosi devdak. Bir xil paytlarda mijib tashlagim kelyapti. Boshqalari ham shunaqa 
bo‘lsa, ranjimangu aka, bular minan mening chatag‘im yo‘q. 
— Ha, nima bo‘ldi o‘zi? 
— Men Asad akaga ham to‘g‘risini aytganman. Urish-o‘ldirish mening kasbim emas. 
Haydar aka tunovinda bir ish topshirdi. Aka-ukalarning kimdandir qarzi bor ekan. 
Ikkovini tutib kelishdi. Ukaga aytildi-ki, uch soatda pul bo‘lsin, yetkazib kelmasang
akang o‘ladi. Men sodda, buni po‘pisa deb o‘ylabman. Uch soatda pul kelmagach, akani 
urib, mijib qo‘yasan, deb menga buyruq berdi. «Urmayman», dedim. To‘g‘ri-da, uni 
tanimasam, bilmasam. Puli yo‘qdirki, vaqtida bermagandir. Yo‘q, tushuntira olmadim. 
Boshqalar urib ketishdi. Men uni ajratib oldim. 
— Bekor qilibsiz. Ular balki sizning himoyangizga arzimas. 
— Nega unday deysiz? Pul uchun ham odamni shunday urish mumkinmi? 
— Mumkin. Pulning qanchaligini bilmadingizmi? Bu aka-uka kimnidir kuydirgan. 
Bularning qo‘lida pul aylanib turishi kerak. Aylanmasa «o‘lik pul» deyishadi. Garovda 
million so‘ming turibdi nimayu millionta murdaning egasi bo‘lding nima, farqi yo‘q. Ular 
orasida «pul jigar qonidan bo‘lgan» degan aqida yuradi. Pul uchun qotil yollab, eng 
yaqin odamini ham o‘ldirtirib yuborishdan qaytishmaydi. O‘sha siz rahm qilgan aka-uka


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling