Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
— Bir narsadan xavotirdamisiz? — deb so‘radi. Keyin izoh berdi: — Orqadagi 
mashinadan qo‘rqmang. Kerakli uyga kirib chiqqanimizdan so‘ng sizga yuk bo‘lmay olib 
ketar, degan maqsadda «izimizdan yur», devdim. 
— Valya, siz menga yaxshiroq qarang, men qo‘rqadigan yoshdan o‘tganman. Zeli og‘a 
tariximni aytib bermadimi? 
— Siz haqingizda juda oz gapirdi. Lekin eng muhim ishni aytib ketdi. 
— Aytib ketdi? — Elchin ajablanib unga qarab oldi. 
— Aytib yubordi, demoqchiman, — dedi Valya xatosini tuzatib. — U siz haqingizda 
Xongireyni ogohlantirdi. Endi siz shaxsan Xongireyning himoyasidasiz. Hech narsadan 
qo‘rqmang. 
— Anavi g‘ilaydan hammi? — dedi Elchin hazil ohangida. 
— Fu, — dedi Valya labini burib, — u peshka-ku! Qulvachcha-ku!.. Ha-ya, esimdan 
chiqibdi. Zelya yana bir gapni aytib yubordi. Sizni qiziqtirgan odam chindan ham Sochida 
edi. 
— Kim? 
— Jamshid, — Valya Jamshid bilan tanishganini, g‘ordagi uchrashuvni qisqacha bayon 
qildi. 
— Hozir ham Sochidami? 
— Ketgan bo‘lishi ham mumkin. 
— Qayoqqa? 
— Balki Moskvadadir. U endi Xongireyning xizmatini qiladi. 
— O‘zi istadimi? 
— Uning istagi kimga kerak, Xongirey istadi. 
— O‘zi xohlamasa-chi? 
— Unda... rostdan ham o‘ladi. 
— Xongireyning odami kammi, uni nima qiladi? 
— Bu, azizim, ularning ishi. Siz hozir repetitsiyangizga ketyapsizmi, demak, shu ishni 
o‘ylang. 
— Umuman, yaxshi taklifni aytdingiz. Bizda och qornim, tinch qulog‘im, degan maqol 
bor. 
Maqolingiz yomon emas, ammo qorin to‘q, quloq tinch bo‘lsa, yana yaxshiroq. 
— Valya, bir narsani so‘ramasam, «bu odam g‘irt laqma ekan, bir og‘iz gapimga ishonib 
xazinani qo‘limga tutqazib yubordi», deysiz. Men Zeli og‘ani bilaman, qo‘li ochiq odam. 
Lekin sizga bunchalik hotamtoylik qilganining boisi nima ekan? U bilan yaqin edingizmi? 
— Er-xotindan ham yaqinroq edik. 
— Tushunmadim? 
— Nimasiga tushunmaysiz? Sizga o‘z xotiningiz yaqinmi yo o‘ynashingizmi? Har bir 
erkak xotinidan qizg‘anganini o‘ynashiga hech ikkilanmay sarflaydi, yo noto‘g‘rimi? Buni 
siz yaxshi bilasiz. San’atkorning o‘ynashi ko‘p bo‘ladi. 
— Afsuski, men o‘ynashi yo‘q san’atkorlardanman. 
— O‘, shundaymi? Buning uchun chindan ham afsus qilish kerak va bu xatoni tuzatish 
shart, — dedi Valya kulib. — Menga o‘xshaganlarni topib oling. 
— Sizga o‘xshaganlar bu shaharda boshqa yo‘q bo‘lsa-chi? 
— Men hozircha shu shahardaman-ku?! — Valya shunday deb ko‘zlarini nozli suzdi. 
Elchin ko‘zguga qarab oldi-da, mashina tezligini oshirdi. Buni sezgan Valya «nima gap?» 
deb xavotirlandi. 
— Qozoqlar chiroyli juvonlarni olib qochib ketishadi. Men ham sizni g‘ilaydan olib 
qochyapman. 
— Siz qozoq emassiz-ku? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling