Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
82 — Cholingiz hozir qaerdalar? — Qaydam... Balki samovorxonadadirlar? Zohid «topib kelasizmi?» deganday qilib Hamdamga qaradi. Bu qarashning ma’nosini anglagan Hamdam indamay tashqariga chiqdi. Zohid bir cheti yostiq ostidan chiqib turgan suratni oldi — Jamshid kulimsirab turibdi. — Mana bu yigit ham kelib turarmidi? — deb suratni ayolga ko‘rsatdi. — Yo‘q-a, — dedi ayol suratga durustroq ham qaramay. — Bularni hech kim so‘rab kelmadi. Zohid tokchadagi bo‘sh tsellofan xaltachalar bilan qon tekkan em ignasini ko‘rib: — Xola, endi bu xonaga kirmay turasiz, hech narsaga tegmang. Narsalaringizni tekshirib bo‘lganimizdan keyin olasiz, — dedi. Bu orada hovliga gavdali, ayol «cholim» degani bilan ko‘rinishi chollik martabasiga yetmagan, oyoqlari og‘ir gavdani ko‘tarishga majolsizligidanmi, o‘rdak kabi lapanglab yuruvchi uy egasi kirdi. Zohid u bilan salomlashgach, ayolga bergan savollarini qaytardi. O‘zi kutganidek, tayinli javob ololmadi: chol choyxonada o‘tirganida bu yigitlar joy so‘rab kelishgan, durustgina aqcha berishmoqchi bo‘lishgan, vassalom. Ekspertlar kelib xona ko‘zdan kechirilgach, qo‘lga ilinarli ashyoviy dalil ham topilmadi. 3 Tergovni tashqaridan kuzatgan odam bu yigit o‘zining ismini ham durust bilmas ekan, deb o‘ylashi mumkin. Zohid ismi-sharifini uch marta so‘raganida uch xil javob berdi. Zohid «bu laqillatmoqchimi yo dorining ta’siridan hali qutulmadimi?» deb o‘yladi. Ikkinchi yigit ham shunday hunar ko‘rsatgach, tergovni kechiktirdi. Ertasiga ularning gaplari poyintir-soyintir bo‘lmadi. Bu vaqt ichida mayor Soliev ularning kimligini, qamoqxonalarda bearmon o‘tirishganini aniqladi. Zohid avval yoshi kattarog‘i — Petrashvilini so‘roqqa chaqirdi. Rasm-rusm bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni so‘rab, yozib olgach, asosiy muddaoga ko‘chdi: — Yigirma sakkizinchi mayda qaerda edingiz? — Yigirma sakkizinchi?.. Necha kun oldin bo‘lgan bu yigirma sakkizinchi? — O‘n kun bo‘ldi. — E, grajdanin nachalnik, o‘n kun oldingi gap esimda turadimi? Kecha qayoqda edim, bilmayman. Zohid Jamshidning rasmini uzatdi: — Bu yigit kim? Petrashvili suratga uzoq tikildi. — Tanimayman. — Yostig‘ingiz tagida ekan? — Balki kampirning o‘g‘lidir. Uyda har xil rasm ko‘p edi. — Chol-kampir ham tanishmadi. Ammo... sherigingiz tanidi. — Sherigim tanigan bo‘lsa o‘zidan so‘rayver, nega mendan so‘raysan? — Haydovchi ham tanidi. — Qaysi haydovchi? — Sizlarni olib borgan. Biz uni topdik. — Har kuni o‘nta mashinada yursam, o‘nta haydovchi taniydi meni. Nachalnik, to‘g‘risini ayt, sen bo‘ynimga nima ilmoqchisan? Aytaver, kelishamiz, men bunaqa ishlarga o‘rganib ketganman. — Yo‘q, kelisholmaymiz, grajdanin Petrashvili. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling