Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
X b o b
1 Bu xabar Hosilboyvachchaga xush yoqdi. Nabirasining o‘lik tug‘ilishi nima ekan, kimda- kim Asadbek o‘libdi, deb kelsa katta suyunchi berishga ham tayyor edi. Ayrim xotinlar «biron noxush gap chiqarmikin» degan ilinjda uzzukun qo‘shnisinikiga quloq tutadi. Baqiriq-chaqiriqni eshitsa, yoinki biron tashvish shabadasini sezsa, quvonadi. Qo‘shnisining tomi uzra kulfat bulutini ko‘rsa-ku, unikida bayram deyavering... Hosilboyvachcha ham shu toifadan edi. Yangi yil arafasida Asadbekning qizi yo‘qolganini eshitganida qalbini shodlik oftobi bir yoritib o‘tgan edi. Elchinni kuyov qilganida bu oftob yana bulut orasiga yashirinib, uni ikki o‘t orasiga tashladi: Asadbekning maqsadini bilolmay, kalovlandi. Elchinni ko‘pning ichida masxara qilmoqchi bo‘lganida ham shu hol yuz berdi. Jamshidning yetib kelib, Elchinni og‘ir ahvoldan qutqarishi Hosilboyvachchaga «Asadbekka tegishli odamni xor Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 84 qiladigan hali tug‘ilmagan», degan ma’noni anglatgan edi. Hosilboyvachcha uchun Asadbek yo‘ldagi tog‘, uni qanday qilsa-da, ag‘darishi, kemirib bo‘lsa-da, tu- gatishi lozim edi. Aylanib o‘tish mumkin emas — tog‘ orqa tomondan ham bosaveradi. Zaynabning o‘g‘irlanishi — bemalol hujumga o‘tsa ham bo‘ladi, degan ishora edi. Asadbekka hamla qiladigan dovyurak topilibdimi, demak, yurishni boshlash vaqti yetibdi. Elchinni to‘yga taklif etish — shunchaki bir sinov edi. Zaynabning o‘lik bola tug‘ib, kasalxonada yotishi uni qat’iy hujumga kirishishga da’vat etdi. U xushxabar olib kelgan Shomilning qo‘lidan gugurtni olib, to‘rtta cho‘pni chiqardi. Uchtasining boshini birlashtirib, to‘rtinchisini yoqdi-da, tezlik bilan shu uchta cho‘pga tutdi. Pov etib yonishi bilan puflab o‘chirgan edi, to‘rtala cho‘pning boshi qovushib, uchoyoqli minoraga o‘xshab qoldi. Shomil xo‘jasining mahoratiga besh ketib, kulib qo‘ydi. — Shomil, mana buni qara, Asadbek Elchinni kuyov qildi, Jamshid o‘ldirildi, qizi o‘zini osdi, bolasi o‘lik tug‘ildi... Hamma voqealarning boshi qovushmayaptimi? — Shunga o‘xshaydi, — dedi Shomil o‘ylab ham o‘tirmay. U sobiq shogirdini, hozirda esa xo‘jayinining aqliga tan bergan, shu bois aytganlarini mulohaza qilib ham o‘tirmas edi. Hosilboyvachcha cho‘p ustini barmog‘ining uchi bilan bosgan edi, «minora» sochilib ketdi. — Asadbekni kimdir chinor degan edi. Chinorning ichini qurt yeya boshlabdi. Chetdan tomosha qilib turaversang, g‘irt ahmoq bo‘lasan. Temirni qizig‘ida bosish kerak, deyishganmi? Asadbekning qizi yotgan kasalxonada odaming bormi? — Bor. O‘zimga tegishli bir jonon bor. — Menga Zaynab kerak. — Olib chiqaymi? — dedi ajablanib Shomil. — Qani o‘yla-chi, yo toming ketganmi? Hosilboyvachcha o‘ylash uchun fursat berganday jim qoldi, so‘ng o‘ziga-o‘zi gapirganday dedi: — Zaynab u yerdan giyohvand bo‘lib chiqishi kerak. Jononing uni ignaga o‘rgata olarmikin? — Men aytsam, o‘rgatadi. — O‘rgatsin, ammo ehtiyot bo‘lsin. Birinchisini o‘ziga sezdirmasin. O‘zi ham olib turadimi? — Olganda-chi! — Agar qovun tushirsa, men seni ham, uni ham tanimayman. Bu po‘pisaga javoban Shomil tirjayib, g‘ilay ko‘zlarini o‘ynatib qo‘ydi. Shomil xo‘jasining bu po‘pisasi quruq emas, amalga oshuvi muqarrar ekanini bilgani kabi, Hosilboyvachcha bu tirjayishning ma’nosini yaxshi anglaydi. Bu tirjayishga g‘ilay ko‘zlarning o‘ynashi qo‘shilgani — «ko‘nglingiz to‘q bo‘laversin, shu ishni eplamasam, bu dunyoda nima qilib yuribman», deganidir. Shomil muzlatgichni ochib, undan tunuka idishdagi fin pivosidan oldi-da, birini ochib xo‘jasiga uzatdi. Ikkinchisini ochib, bir ko‘tarishdayoq bo‘shatdi. Hosilboyvachcha bir-ikki yutum ichib, o‘ziga qaytardi. Shomil «sizniki tabarruk» deganday tirjayib uni ham bo‘shatdi. Zaynabni qo‘lga kiritish fikri Hosilboyvachchada ancha burun uyg‘ongan edi. Juvonning o‘zini osishi bu xayolni haqiqatga tezroq aylantirish imkonini yaratganday bo‘ldi. Bolaning o‘lik tug‘ilishi esa imkon darvozalarini keng ochib yubordi. «O‘zini osdimi, demak, chorasiz qolgan, — deb o‘yladi u. — Otasiga ishonchi yo‘q. Otasining hukmida yashash joniga tekkan. Hamma narsaga ega ayol bekordan-bekorga o‘zini osmaydi...» Hosilboyvachcha Zaynabni qo‘lga kiritgan tarzda nima qilishni ham o‘ylab qo‘ygan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling