Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
— Birov chertdimi? 
— Yo‘q. 
— Nimagaligini bilasizmi? 
— Yo‘q. 
— Qosh-ko‘zingiz chiroyli bo‘lgani uchun emasdir, a? U yoqdagi boyvachcha 
bratanlarning hurmati bor. Ular nima desa, bizga zakon, gap yo‘q. Lekin haddingizdan 
oshsangiz, otvechayt qilasiz. Siz kimni siylayapsiz, bilasizmi. 
— Ha, bilaman. Eski tanishim. 
— Uni hech kim ovqatga taklif qilmaydi, sezmaganmisiz? 
— Yo‘q. 
— Kallavaram ekansiz. U bilan hech kim birga ovqat yemasligi kerak. Zakon shunaqa. 
— Nega? 
— Negami? U bir paytlar ment bo‘lgan. 
— Yo‘g‘-e, u do‘kon mudiri edi. 
— O‘zidan so‘rang. Biz yanglishmaymiz. Zakonni buzganning ishi chatoq bo‘ladi. Amma-
xolasiga qarab o‘tirmaymiz. 
U shunday deb Qilichga qattiq tikildi-da, joyiga qaytdi. 
Shoali Qilichdagi o‘zgarishni bir qarashda sezdi: 
— Nima gap? Ovqat berma, deyaptimi? 
— Ha... ment bo‘lgan deydi. 
— Bular har baloni bilishadi. O‘ttiz yilcha oldin harbiy xizmatdan qaytganimda o‘n 
kuncha milisada ishlaganman. Yoshlikda qiziqish bo‘lgan-da. O‘shanda adam rahmatli 
qulog‘imni burab, bo‘shatib olgan edilar. Shu yerda eslatishdi buni. Bularning qonuni 
butunlay teskari: u yoqda bir hujjat to‘ldirsak, o‘zing qamalganmisan-yo‘qmi, 
qarindoshlaring ichida sudlanganlar bormi yo yo‘qmi, chet ellarda qarindoshlaring bormi, 
deb surishtirishadi. Bular esa «milisada ishlaganmisan, milisada qarindoshlaring bormi
komsomol yo kommunist bo‘lganmisan», deb surishtirib, shunga qarab muomala 
qilishadi. U yoqda ozgina xarajat qilib hujjatni eplashtirish mumkin. Bu yoqda gapning 
ham foydasi yo‘q, pulning ham. Siz bilan biz ularning qatorida bo‘lishni istasak ham 
davralariga qabul qilishmaydi. Bizdan nafratlanishadi. Taklif qilganingizda rad etib, 
tushuntirmoqchi edim, sizga munosabatlari o‘zgacha, indashmas, deb o‘ylabman. 
— O‘ttiz yil oldingi gapning bularga qanday foyda-zarari bor? 
— Hech qanday. Faqat ular o‘z qonunlarini buzishmaydi. Ularning qonunida imtiyoz, 
izoh, sabab degan gaplar yo‘q. 
— Bularga ta’sir o‘tkazadigan odamlardan iltimos qilib ko‘raymi? 
— Qaydam? Foydasi bo‘larmikin? Ba’zi masalalarda ularga Xudoning o‘zi ham bas 
kelolmas, — Shoali shunday deb xo‘rsindi. — Ha, mayli, boshga tushganni ko‘z ko‘rar... 
Bolaligimizda adam rahmatli buzoq olib bergan edilar. Qarasak, hammayog‘ini kana 
bosibdi. Bittadan terganmiz. Bilasizmi, Qilichbek, biz o‘sha kana bosgan buzoqqa 
o‘xshaymiz. 
Qilich kulimsiradi: 
— Qo‘ysangiz-chi, Shoali aka, o‘xshatishga topgan jonivoringizni qarang. Hech bo‘lmasa 
buqa deng... — deb gapni hazilga burmoqchi bo‘ldi. 
— Biz buqa bo‘lolmaymiz, yo‘l berishmaydi bunga. Odamlar bizlarga havas qilishadi, a? 
Pulni qoplab topadi, yegani oldida, yemagani ketida, deyishadi. To‘g‘ri, topamiz. Lekin 
topganimizning hammasini o‘zimiz yemaymiz-ku? Xaridordan bir so‘m urib qolsam, 
menga o‘n tiyini qoladi. Lekin hammmaning ko‘zi oldida men o‘g‘riman, men 
muttahamman. To‘qson tiyinni yeb yotganlar bilan hech kimning ishi yo‘q. Ular 
farishtaga o‘xshab yurishadi. Chiroyli gapirishadi, chiroyli kiyinishadi. Ularga qarab turib 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling