Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
95 — Hofiz, siz qarta ham o‘ynab turasiz, a? Bilib qo‘ying, men doimo tuz ko‘zir bilan o‘ynayman. Sizning qo‘lingizda ko‘zir yo‘q, dama toppon bor. Ehtiyot bo‘ling. — Boy, men anchadan beri qarta o‘ynamayman, shaxmatga o‘rganganman. Shoxni ikkita piyoda bilan mot qilishga o‘rganib ketganman. Shunga o‘zim ham hayron bo‘lib qolaman. «Shirin suhbat»ga shu bilan yakun yasaldi. Elchin qanday «lutf» bilan kutib olingan bo‘lsa, shunday «lutf» bilan kuzatildi. U shunday bo‘lishini kutgani uchun ham bu yerga kelgan edi. Hozir Hosilboyvachcha Hofizni xor etganidan quvonib o‘tiribdi. U bilmaydiki, Hofiz rejasi bo‘yicha hozir Chuvrindinikiga boradi. Chuvrindi uning gaplarini diqqat bilan eshitadi. Halimjon unda ham qiziqish uyg‘otgach, telefon go‘shagini ko‘tarib, lozim raqamni teradi-da: — Boy, jensovetga rais bo‘lgan emishsanmi, muborak bo‘lsin, — deb gapni kalta qiladi. Mana shundan keyingina bu ishga Asadbek aralashganini anglab, alamini Shomildan oladi. O‘zicha «shu qizni baribir tatib ko‘raman», deb ahd qiladi. XI b o b 1 Chuvrindi mashinani darvozasiga taqab to‘xtatishi bilan daraxt soyasida o‘tirgan kishi qaddini rostladi. Baland bo‘yli, yelkalari keng bu kishini bir qarashdayoq tanib, yuragi uvishdi. Necha yildan beri bu odam bilan uchrashishdan cho‘chiydi, o‘zini undan olib qochadi. Qishlog‘iga borgan kezlari uni bir-ikki uzoqdan ko‘rib, ro‘para kelmaslik uchun yo‘lni burdi. Qishloqda Hovuz polvon ismini olgan bu odam ham insof qilib uni ta’qib etmadi. Uchrashish u yoqda tursin, uni o‘ylasa ham yuragi uvishardi. Chuvrindi bilib qilgan ko‘p gunohlari orasida mana shunisini hech kechirolmaydi. Hovuz polvon qamoqdan chiqib kelib uni yaxshilab do‘pposlaganida, hech bo‘lmasa so‘kkanida bunchalik qiynalib yurmas edi. Bilagida devning kuchi bor bu odamning keng fe’l ekanini ko‘pchilik bilmasa ham Chuvrindi yaxshi biladi. Mahmud dastlab uni ko‘rganida yosh bola edi. Ularning qishloqlarida beshta hovuz bo‘lardi. Uchtasidan odamlar suv ichardi, biri mol hovuz, biri ot hovuz edi. Sunbula tug‘ib, suv tinish oldidan bog‘lanib, hovuz picha quritilib, so‘ng loyqadan tozalanib, qishga tayyorlab qo‘yilardi. Hovuz polvon qishloqqa shu damda kirib kelgan edi. U haqda Mahmud dastlab bobosidan eshitdi. «Bir polvon kelib, hovuzni o‘ziyla tozalab qo‘yibdi- ya...» degan edi. Unga Hovuz polvon degan ismni ham bobosi qo‘ygan. Hozir hech kim uni Egamberdi tog‘a, deb chaqirmaydi. Bu qishloqda ham, boshqalarida ham hovuzga hojat qolmagan, u ham hovuz tozalamaydi, ammo Hovuz polvon degan nom unga hanuz salobat, izzat baxsh etib turadi. Mahmud chuvrindi holida shaharga kelib, Kesakpolvon bilan ishlay boshlagan kezlari edi. Bir kuni bozor muyulishida poyloqchilik qilayotgandi. O‘ziga o‘xshagan ikki bola go‘sht bozorda «ov»da, muyulishdan o‘tgandan keyingi choyxonada esa Kesakpolvon pistirmada edi. Bolalarning «ov»i yurishmay, cho‘ntak kesayotgan mahalda sezdirib qo‘yishsa shu muyulish tomon qochishardi. Qo‘llaridagi borini Mahmudga berishardi-yu, yo‘lni choyxona sari burishardi. Cho‘ntagi kesilgan jabrlanuvchi choyxonadagi pistirmaga duch kelgach, tuhmatchiga aylanardi-yu, bir-ikki tepki, musht yeb, suvga bo‘kkan mushuk holida iziga qaytardi. Mahmud chuvrindi shunday mas’ul vazifani bajarib turgan onda: — Mahmudjon bolam, senmisan? — degan jarangdor ovozni eshitib, bir cho‘chib tushdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling