Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
94 g‘aribu g‘urabolarni yo‘qlab qolibsiz? Hosilboyvachcha «kelib ko‘rishar» deb o‘ylagan edi, Elchin buni «unutganday» Shomilning yonidagi bo‘sh kursiga o‘tirdi. — Toqqa tog‘ning ishi tushmas ekan, odamga odamning ishi tushib turarkan. — Shomil, eshitdingmi? Hofizda aql ko‘p. Nardaga hushingiz qalay, bir tashlashamizmi? — Xohishingiz. — Mors bo‘lmasangiz, do‘ppingizni osmonga otasiz, — u shunday deb donalarni terdi. Elchin qarasaki, yana o‘yinni g‘irromdan boshladi. «Noto‘g‘ri yuryapsiz», deb o‘tirmay u ham g‘irromga o‘tdi. — Yurishlaringiz sal boshqacharoqmi? — dedi Hosilboyvachcha buni sezib. — Yurishlarim binoyi. Men raqib taklif etgan usulda o‘ynashni yaxshi ko‘raman. — Men... raqibmanmi sizga? — Men o‘yinni nazarda tutyapman. — Hayot ham nardiga o‘xshaydi. — Buni sezmagan ekanman. — Siz baloni sezasiz, Hofiz, — Hosilboyvachcha shunday deb o‘yinni bas qildi. — Endi ayting, qanday shamol uchirdi? — Bu akamning shamollari, — dedi Elchin Shomilga qarab qo‘yib. — Shomil, odam uchiradigan shamoling bor ekan, a? Qoyilman, — dedi kulib Hosilboyvachcha. — Shamoling Hofizniki uchiribdimi, yomon emas ekansan. Nima balo qilib qo‘ydi, bu g‘ilay? Qattiqroq aksirvordimi? — Shunaqa bo‘libdi, jiyanimga qarab aksiribdi. — Jiyaningiz kim? Elchin voqeaning qisqa tafsilotini aytdi. — Ilojsiz ish ekan, qizning otasi bilan oldi-berdimiz bor. Jiyaningizga jon shirin bo‘lsa, qurisin. Bizning yaxshiligimiz shu. — Oldi-berdini Bek akamga qo‘yib bersangiz-chi? Hosilboyvachcha «nahot shu ishdan Bek xabardor?» deganday Elchinga tikildi. Kecha Shomil ishni nihoyasiga yetkazmay, «yigit Bekning nomini aytdi», deb bahona qilganida yetti pushtini o‘qib, bo‘ralab so‘kkan edi. «Ko‘chadagi uchragan iprisqi Bekning nomini aytsa cho‘chiyverasanmi!» deb baqirgan edi. Elchinning tashrifi Shomilning gaplarini tasdiqlab uni o‘ylantirdi. Elchin Hosilboyvachchaning qarashi ma’nosini anglab, xotirjam, hatto bir oz kulimsiragan holda turaverdi. U bir narsadan tashvishda edi — agar Hosilboyvachcha bu gapga ishonmay, Asadbekka telefon qilguday bo‘lsa, ish oldinga siljimay, Halimjonning taqdiri o‘zgarishsiz qoluvi mumkin edi. Xayriyatki, Hosilboyvachcha bunday qilmadi. Ammo u Elchinga to‘la ishona qolmadi. «Bu ishga Bek aralashsa, buni yubormas edi», — Hosilboyvachcha shu to‘xtamga kelib, ishshaydi. — Oldi-berdini men qildim, dallolga hojat yo‘q. Lekin bu ishning bir ilojisi ham bor. Jiyaningiz uylanmoqchimi unga? — Ha. — Shomil, qiz qanaqa ekan o‘zi? — Shikalad! — Unda qizni tabarruk qilib beraman. Keyin uylanaveradi. Ha, uylanganidan keyin ham kelinposhsha u-bu xizmatlarni qilib yuradi. Rozimisiz? Elchinning g‘azabi qo‘zg‘ab, labi uchdi. — Toshni yaxshi tashlamayapsiz, boy, — dedi u nardiga ishora qilib. — Toshni yaxshi tashlamasam ham oshiqni yaxshi tepaman. Meniki hamisha olchi! — Omadingizni bersin, — Elchin bu xildagi gaplar yaxshilik bilan tugamasligini bilib, o‘rnidan turdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling