Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
96 Orqasiga qaradi-yu, Hovuz polvonni ko‘rib quvonib ketdi. Bo‘ynidan mahkam quchoqlab oldi. Polvon hovuz tozalayotgan paytda bolalar chug‘urlashib atrofidan ketmay qolishardi. U ham charchadim demay, shopmo‘ylovini burab ular bilan o‘ynashga vaqt topardi. Ba’zan bolalarga ot bo‘lib berardi, uch-to‘rt bola uni minib olib, hovuz atrofida «sayr» qilishardi. Bu manzarani ko‘rgan kattalar ham miriqishardi. Yetim bo‘lgani uchunmi, Mahmudga nisbatan polvonning mehri bo‘lakcha edi. Shu mehrdan foydalanib Mahmud «ot»ni ko‘proq minardi... — Bu yerda nima qilib pisib turibsan? — deb so‘radi Hovuz polvon. — Bitta tanishimni kutib turibman, bozorga kirib ketuvdi, — dedi u. O‘shanda «Hovuz polvon tog‘am gapimga ishondilar», deb o‘ylagan edi. Hovuz polvonning ancha kuzatib turganini, uning nima yumush bilan band ekanini fahmlaganini keyinroq anglab yetdi. — Yur, men bilan, — dedi Hovuz polvon. — Qayoqqa? — dedi Mahmud hadik bilan. — Qishloqqami? — Yo‘q... O‘zim shu kelishda qishloqdan kelyapman. Paxsachi jo‘ralarim bor, yozi bilan paxsa uramiz. Kuzga borib, hovuz tozalaydigan vaqt yetganda qishloqqa qaytamiz. Yur, menga qarashasan. Mahmud go‘sht bozor tomonga o‘g‘rincha qaradi. Bolalar «ov»ni yaxshi tamomlaganlar shekilli, ko‘rinishmadi. Bundan ko‘ngli xotirjam bo‘lgan Mahmud unga ergashdi. Uch kun birga bo‘ldi. Loy tepishdi, choy qo‘ydi, osh-ovqatga qarashdi. Ular yangi barpo bo‘layotgan mahallada to‘rt-besh imoratni baholab olishgan, bugun bu bino paxsasini urishsa, ertaga boshqasiga ko‘chishardi. Pishiq g‘ishtdan qurilgan hashamatli uyning oshxonasi ularga boshpana edi. Hovuz polvon avvalgi yili ham shu mahallada ishlagani uchun odamlar uni yaxshi tanib qolishgan, hurmati qishloqdagidan kam emas ekan. Hashamatli imorat egalari chala-yarim ko‘chib chiqishgan, yerto‘la eshigi oldiga bahaybat it bog‘lab qo‘yilganidan bu yerda qo‘lga ilinarli mol-hol borligini anglash mumkin edi. To‘rtinchi kuni bozorga tushib Kesakpolvonga duch keldi. Qaerda yo‘qolib yurganini aytib, hashamatli uyni ham tilga oldi. Kesakpolvon undan yana ba’zi narsalarni so‘rab bildi. Ertasiga ishdan qaytishganda itning o‘lib yotgani, yerto‘la eshigining ochilib qolganini ko‘rib ko‘z oldiga darrov Kesakpolvon keldi-yu, qo‘rqqanidan yuragi qinidan chiqib ketayozdi. Hovuz polvon «Yo, qodir Xudo!» deganicha avval itning tepasiga bordi, so‘ng yerto‘laga tushib chiqdi-da, uy egalarini xabardor qilish uchun ketdi. Bir soatga qolmay uy egasi, it yetaklagan milisalar yetib kelishdi. Itni yerto‘laga olib tushib hid oldirishgan edi, Hovuz polvonga qarab vovullayverdi. Uni olib ketish uchun shugina kifoya bo‘ldi. Xudoni o‘rtaga qo‘yib ichgan qasamlariga e’tibor berishmadi. Ular qasamga ishonishmadi, itga ishonishdi. Hovuz polvon milisaning mashinasiga chiqayotganda orqasiga o‘girilib bir qaradi. Ana shu qarash Chuvrindining xotirasiga muhrlanib qolgan... Oradan yillar o‘tib, qishlog‘ini qo‘msab birinchi marta borganida itdan qo‘rqqan mushuk boladay pisib yurdi. Bolalikda orttirgan do‘stidan «Hovuz polvon tog‘a ko‘rinmaydilarmi?» deb so‘rab, «shaharda o‘g‘irlik qilib qamalib ketganlar», degan javobni eshitdi. Bu javobdan so‘ng «Polvon tog‘a bilan uchrashib qolsam, meni ursa yoki sharmanda qilsa-ya», degan hadik ko‘tarildi. Hadik o‘rnini o‘ziga nisbatan nafrat egalladi. U Hovuz polvonni qamalgan, deb gumon qilganu ammo ko‘p o‘tirar, deb o‘ylamovdi. U paytda qo‘lidan hech nima kelmasdi. O‘g‘ri kim ekanini bilsa ham aytishdan qo‘rqardi. Keyinroq gunohini yuvish yo‘llarini qidirdi. Qishloqdagi o‘rtoqlariga «Polvon tog‘am to‘y qilsalar albatta xabar beringlar» deb tayinlagan edi. Ular xabar yuborishdi, ammo borishga o‘zida mardlik yetishmadi. To‘yona berib yubordi, ammo Hovuz polvon qayrilib ham qaramabdi — pulni qanday o‘rab bergan bo‘lsa, shu holda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling