Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
104 Asadbekning otasi ming kecha-kunduz yo o‘larini bilmay, yo qolarini bilmay ajalning soyasida yashadi. Asadbekning onasi erining na tirik ekani, na o‘lik ekanini bilmay umid oftobida qovjirab hayot kechirdi. Ming kun-a!? Shuning mukofotiga yana qamoq, yana ayriliq va nihoyat Sibirning ovloq bir yerida o‘lim topish. O‘lim topganda ham nomini qora ro‘yxatlarda qoldirib, armon bilan ko‘z yumish... «Ajab... — deb o‘yladi Anvar, — dushman bir bo‘lsa, uning chap tomonida turib urishding nimayu o‘ng tomonida turib urishding nima? O‘ng tomondagilari xalq qahramonlari, chap tomondagilar esa xalq dushmanlari bo‘lib chiqsa... Bundan ham ortiqroq ahmoqlik bo‘larmikin bu yorug‘ jahonda...» Anvar hujjatlar bilan tanisha turib Xolidiyning suyukli shogirdlaridan biri tomonidan yozilgan maqolani esladi. Shogird ustozga sodiq qolgani holda Yugoslaviya partizanlari safida jang qilganlarni siyosiy ongsizlikda ayblagan edi. Oradan ko‘p yillar o‘tdi. Vaziyat o‘zgardi. Ammo o‘sha maqola hanuz hayot, qayta-qayta nashr etilayotgan tarix kitoblarida biron-bir nuqta o‘zgarmagani holda turibdi. Asadbekning otasi ham «harakatida jinoyat izlari bo‘lmagani sababli» afv etilgan. «Nahot u olimlar bundan bexabar qolishgan? — deb o‘yladi Anvar. — Oradan o‘ttiz besh yil o‘tyapti... Bu hujjatlarni nima uchun o‘g‘liga — Asadbekka ko‘rsatishmadi? Bunga o‘xshagan odamlar yana qancha?..» 2 Eshakni yo‘qlasang qulog‘i ko‘rinadi, deganlariday, hech kutilmaganda eshik ochilib, Xolidiy ko‘rindi. — Ie, mulla Anvarjon, — dedi u jilmayib, — xursandman, bag‘oyat xursandman. — Meni ko‘rganingizdanmi? Ertalab uchrashuvdik-ku? — dedi Anvar. — Ish bilan, ilm bilan mashg‘ul shogirdlarimni ko‘rsam, quvonib ketaman, — dedi Xolidiy bo‘sh stol tomon yurib. «Biz ham shogirdlar safiga qo‘shilibmiz-da, a? Shunday oliy maqomda ekanmanu bilmay qolganimga dog‘man endi», deb o‘yladi Anvar. U bir piching gap otib «ustoz»ning g‘ashiga tegishni mo‘ljal qilib turganda shu idora xizmatchisi kirib Xolidiyga hujjatlar to‘plamini uzatdi. — Bu davru davronning qadriga yetmoq kerak, — dedi Xolidiy hujjatlarni varaqlay turib. — Shuncha yil ilm qilib hujjatlarning asl nusxalarini varaqlashga endi erishdik. Bizning fojiamiz shunda ediki, azizim, biz hujjat ko‘rmay, tarix ilmini yaratdik. «Bu odam ham to‘g‘ri gapirar ekan-ku, a? — deb o‘yladi Anvar. — Hujjatga asoslanmagan ilm yaratgani to‘g‘ri, ammo hujjatni o‘zi ko‘rishni istamaganmi yo yo‘l berishmaganmi? Bu odamga hamma eshiklar ochiq edi-ku? Endi nima uchun hujjat titkilab qoldi? Titkilash vazifasi shogirdlaridan ortmas edi?.. Qiziq...» Anvar muhim ish bilan band odamday satrlarga ko‘z tikib jim o‘tiraverdi. Aslida o‘qiydiganini o‘qib, aniqlaydiganini aniqlab bo‘lgan, chiqib ketaverishi ham mumkin edi. Biroq, Xolidiyning tashrifi ajablantirgan, bu tashrifdan maqsad ne, intiho ne ekanini bilmoq istagi uni ushlab turardi. Xolidiy ko‘zlarini sahifalarga qadab harf terar, zarur joy kelganda xuddi yalab oladiganday tilini chiqarib qo‘yardi. Anvar zimdan kuzatar, uning qo‘lidagi hujjatlar kimga tegishli ekanini bilishga qiziqish tobora ortardi. Har baloga aqlim yetadi, deb hisoblovchi, haqiqat baribir qaror topadi, buning uchun kurashmoq shart, deb ishonuvchi Anvar bu hujjatlar to‘plami Xolidiy qo‘lidan ko‘p marta o‘tgani, «ustoz»ning fikri hozir bu hujjatlar bilan emas, boshqa narsalar bilan band ekani, hademay tilga kirajagini bilmas edi. «Dushmanni bir hamlada yo‘q qilish har qanday ahmoqning qo‘lidan keladi, — deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling