Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
107 Hoynahoy, sizning moshinangizni ham shimo qilishgandir. Bizga himmat qilgan bo‘lsangiz ham aytib qo‘yay: men unaqa mayda ishlar bilan shug‘ullanmayman. — Mashinamni o‘g‘irlashganda kimga borishni bilardim, — dedi Xolidiy. Bu bilan «sizlarning davrangiz menga ma’lum» deb shama qildi. So‘ng gapni uzoqroqdan boshlab, muddaosini bayon etdi. Hosilboyvachchaga uning gaplari avvaliga erish tuyuldi, esnadi, kerishdi. Asadbek nomi tilga olingach, bir oz sergaklandi. Ana shunda Xolidiy bu yerga kelib yanglishmaganiga ishondi. Xolidiy gapini tugatgach, Hosilboyvachcha bir oz o‘ylandi-da: — Shaharda boshqa jinnixona ham bor, — dedi. So‘ng qo‘shib qo‘ydi: — Yo butunlay qorasi o‘chsinmi? — Yo‘q, yo‘q, — dedi Xolidiy. — Uning boradigan yeri — jinnixona. — Chiqimidan qochmasangiz bo‘ldi. Ertaga Shomil sizga uchraydi. Ishni birgalikda pishitib olasizlar. Xunob bo‘lib kutganiga yarasha masala ko‘nglidagiday hal bo‘lib, quvondi. Hozir o‘ziga tanish sahifalarni varaqlay turib Anvarga xayolan gapirdi: «Sening masalang kecha hal bo‘lgan, bola. Bir qumursqani supurib tashlay olmagan Xolidiy bu dunyoda ortiq yashamasa ham bo‘ladi. Sen chiranma, bola. Agar seni yanchmay turib o‘lib qolsam, atrofimda yig‘lab qoluvchilar baribir seni yanchishadi. Men-ku, seni yosh, deb ayabman. Ular — o‘zingning do‘stlaring, ular ayashmaydi. Men ekkan daraxtlar meva beradi. U hech qachon qurimaydi. Sen men ekkan daraxtlar soyasida quriysan. Oftob ko‘rmay, suv icholmay quriysan. Sen tutantiriqdan boshqa narsaga yaramaysan...» Xolidiy xayolidan shu gaplarni o‘tkazib, Anvarga qaradi: — Vo darig‘! Vo darig‘! — dedi u sahifalarni shapatilab. — Zolim falakning beayovligini qarang. Kim shunday bo‘ladi, deb o‘ylabdi-ya! Imonli, insofli, diyonatli deb yurgan do‘stimizning etagiga axlat ilashgan ekan-u, a? Inoyatulloday odamning yuziga oyoq qo‘ygan ekan, a? Birga yurib biz ham bilmagan ekanmiz. Mana, hujjatning kuchi qaerda! Hamma narsa birdan oydinlashdi! Anvar bu gaplarni eshitib, Xolidiyning navbatdagi nayrangi boshlandi, deb o‘yladi. Inoyatullo nomini eshitgach, ancha sergaklandi. «Hujjatlar domla Inoyatulloning «ishi» ekanmi? Uning yuziga kim oyoq qo‘ygan?» Ahli ilm bu odamni o‘limidan so‘ng ham «domla Inoyatullo» deb hurmat qilardi. Asli turkman bo‘lgan bu olim o‘ttizinchi yillarda, yigit chog‘ida kelib qolgan, dastlabki qama- qama shamoli adolat istab kelgan bu yigitni ham chetlab o‘tmagan edi. O‘shanda bir yildan so‘ng afv etilib, yana ilmga qaytgandi. Zunnuniy merosi bo‘yicha Anvarning bobosi bilan matbuotda ancha tortishgani sababli uning qamalishiga shu bahsni asos qilib ko‘rsatuvchi gaplar ham mavjud edi. Xolidiyning xitoblarini eshitib, Anvar o‘sha gumonni esladi. «Buvang kim bo‘lgan, bilib qo‘y, jirillamay yursang ham bo‘ladi» degan maqsadda atayin kelgan shekilli?» deb o‘ylab, badaniga muz yugurdi. — Inoyatulloni bilar edim. Bizga dars berardi. Papirosni tutatib olib, o‘ychan holda turib gapirardi. Men bunaqa o‘tkir tarixchini ko‘rmaganman. Bunaqasi boshqa tug‘ilmaydi. Zunnuniy merosi masalasida ko‘pchilik uni qoraladi. Bir yil o‘tirib chiqishi balki shundandir, Xudo biladi. Urushga borib kelganidan keyin yana qamab, yo‘q qilib yuborishlariga tushunolmay yurgan edim. To‘rt yil urushda unga necha ming o‘q otishgan ekan, qarang, mulla Anvarbek, shu minglarcha o‘qdan bittasi ham tegmabdi. Lekin bir-ikki bo‘hton o‘qi tegibdi. Shaxtada ko‘mir qazib yurganida falokatdan o‘libdi. O‘limidan so‘ng uch hafta o‘tib nomi afvi umumiyga yozilib tursa... Bo‘hton o‘qlari yomon ekan... Bu o‘qlarni kim otganini bilarsiz? Bilmaysizmi? Mening aziz do‘stim Hikmat O‘rolov. Yuvoshgina, mo‘mingina, beozorgina... Hamma uni yaxshi ko‘radi. Inoyatullo ham yaxshi ko‘rgan. Ammo bir gap aytib ketgan ekan. «Hikmat — baliq, qo‘lda ushlab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling