Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
115 «ugro»sidagi Soliev yordam beryaptimi? Omadingiz yo‘q ekan, lanj u odam, ishni rezinkaday cho‘zadi. O‘rdakka o‘xshab, tumshug‘ini balchiqqa tiqib olib, loy titkilaydi. — Cho‘zsa ham puxta ishlaydi. Xom ishdan puxtasi durust-da. — Yanglishyapsiz. Bizning ishimizda eng birinchi galda tezlik turadi. Bilib qo‘ying, yangi bo‘lgan eng kattamiz boshlig‘imizni suhbatga chaqirib «sust ishlayapsizlar» deganmish. Tushundingizmi? Yangi rahbarning talabi ham yangicha bo‘ladi. «Sust ishlayapsizlar» debdimi, demak, bizdan operativlik talab qilinadi. Ishni cho‘zdingmi, tamom, joyni bo‘shataver. Mana, siz: bo‘yningizda ikkita qotillik turibdi. Ikkita retsidivistni ushlabsiz. Nima qilmoqchisiz? — Nima qilardim, tergov-da. — G‘o‘rsiz, dedim-ku. Omad qo‘lingizga qo‘nib turibdi-ya! Guvoh bormi, bor. Oldingi qotillikni ham ularning bo‘yniga qo‘ying-da, yoping ishni. Ularning borar yeri tayin, — u shunday deb barmog‘i bilan havoda sirtmoq shaklini chizdi. — Bitta qotillikka ham shu, o‘ntasiga ham. Nima so‘rasa, xo‘p deng, va’dani kattaroq qilavering. Bo‘yniga oladi. Ishning ko‘zini bilish kerak, uka. Uning gaplarini eshitib, Zohidning ko‘nglida bir shumlik uyg‘ondi. — Shunaqa deysizu talabini bajarish qiyin-da,— dedi u, sodda odamning niqobiga kirib. — Nima deydi? — dedi «Suvilon» sergak tortib. — Qotillikni bittasi bo‘yniga olmoqchi. Shuning evaziga sherigini, yana ikki kishini chet elga o‘tkazib yuborishi kerak ekan. Bu mening qo‘limdan kelmaydi-da. — E, siz va’dani beravermaysizmi? — Petrashvili degani pixini yorgan ekan. Avval ular chet elga ketsin, o‘sha yerdan menga xat yozsin, keyin men bo‘ynimga olaman, deydi. — Obbo zang‘ar-e, qaltis joyidan ushlabdi. Men bir o‘ylab ko‘ray-chi, yo‘li topilar, — «Suvilon» shunday deb xonadan chiqishga shaylandi. Zohid bu gapni shunchaki qitmirlik uchun aytgan edi, uning o‘zgarishini ko‘rib, ajablandi- da, eshikka yetgan joyida to‘xtatdi. — Sizda mabodo Mahmud Ehsonovning telefoni yo‘qmi? «Suvilon» to‘xtab, orqasiga o‘girildi: — Mahmud Ehsonov? Kim u? — deb so‘radi talmovsiraganday bo‘lib. — Ikkinchi murdani uning uyidan chiqarishgan-da. Asadbekka yaqin odam, deb eshitdim. — Uni nima qilmoqchisiz? — Hech nima qilmayman. Faqat eksgumatsiya xulosasi bilan tanishtirib qo‘yay devdim. «Suvilon» bu gapni eshitib, o‘ylandi-da: — Bir qaray-chi, bo‘lsa aytaman, — deb xonadan chiqdi. «Agar Ehsonovning telefonini olib kirib bersang, g‘irt ahmoq bo‘lasan», deb o‘yladi Zohid. 2 — Ha, «Suvilon»ing chindan ham ahmoq ekan, — dedi mayor Soliev, Zohidning gaplarini eshitgach. — Bechora dovdirab qolgan. Agar bu qilmishini egalari bilib qolsa... — Bilib qolishsa ham buni balo urmaydi. Buning ahmoqligini egalari bilishmaydi, deysanmi? Har- holda, aqlli odam ularga xizmat qilmas deyman-ov... — Har qanday idorada hech bo‘lmasa bitta ahmoq topiladi, demak, ular istagan idoralariga in qo‘yishlari mumkinmi? Gapingizni shunday tushunishim kerakmi? — Xohlasang shunday tushun, xohlamasang o‘zing bilasan. Aniq gap shuki, ular hozir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling