Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
114 turgan edi. Asadbek tashqariga chiqdi-da: «Mahmud akangni top», deb buyurdi. Jamshid yo‘q bo‘lganidan beri ayrim dastyorlik ishlari ham Chuvrindining zimmasida edi. Bir necha daqiqadan so‘ng yigit «telefonda Mahmud akasining kutayotganini» ma’lum qildi. — Mahmud, dam olayotuvdingmi? — deb so‘radi Asadbek. — Xizmat bo‘lsa aytavering, — dedi Chuvrindi. — Hofiznikiga o‘tsang, oshnasi o‘tiribdi. Shu yigitni tez olib kel. Ha, hali so‘rash esimdan chiqibdi: mashina masalasi nima bo‘ldi? — Oqidan yo‘q emish. Nol to‘qqizning oqidan bor. Odamlar hozir shunga ishqiboz. — Odamlar ishqiboz bo‘lsa olaversin. Menga yoqmaydi, o‘risning tobutiga o‘xshaydi. Uzog‘i bilan ikki kun ichida bo‘lsin. Zaynab shunga qarab, yo erta, yo indin chiqadi. Erining o‘zi o‘sha mashinada olib chiqishi kerak. — Yaxshi. Kalitni o‘zingiz berasizmi? — Shunga ham dabdabami? Mashinani olib bor. Kalitni ber. Gapni kalta qil. Oliftagarchilik qilib ming‘irlasa e’tibor berma. Ha, yana bir gap: yigitlaringdan biriga tayinla — yaxshilab bozor qilib, olim bolaning uyiga tashlab qo‘ysin. «Anjondan keluvdik, bir suhbatlarini olmoqchi edik, yana kelamiz»mi degandek gap qilsin, — Asadbek shunday deb go‘shakni joyiga ildi. «Olim bolaning xabarini eshitishimni sezganimdan yuragim siqilgan bo‘lsa kerak», deb o‘ylab, Anvarning kelishini kuta boshladi. XIII b o b 1 Sharif Namozovning qamoqdan chiqarilishi haqidagi xabarni olib kirganidan beri bu odamni Zohid yoqtirmay qolgan edi. Keyinroq bilsa, prokuror yordamchisi bilan yaqin aloqada bo‘lgan bu tergovchini boshqalar ham uncha xushlashmas ekan. «O‘zi chaqa olmaydi, ammo odamni seskantiradi, bu — suvilon», deb atasharkan uni. Uning qo‘lida tayinli ish ham yo‘q. Hali u xonaga, hali bu xonaga kirib laqillashdan boshqa narsani bilmaydi. Uning odati shumi, yo gap o‘g‘irlab yuradimi — Zohid aniq aytolmaydi. Unga ma’lum bo‘lgani — «Suvilon» kirishi bilan tilga qulf urmoq zarur. Qo‘shningni o‘g‘ri tutma, ammo o‘zingdan ehtiyot bo‘l, deb bejiz aytishmagan-da. «Suvilon»ning suhbatidan bahramand bo‘lish baxti bugun Zohidga nasib etgan ekan. Zohid eksgumatsiya xulosalarini o‘qib o‘tirganda u kirib keldi. — O‘, yosh hamkasbim, ishdagi yutuqlar qalay, yaxshimi? — deb ko‘rishdi. O‘zidan ikki-uch yoshgina katta bu «yoshulli hamkasb»ning lutfi Zohidning g‘ashini keltirdi. «Boshimni qotirmay tezroq chiqib ketarmikin», degan o‘yda ro‘yxush bermay ko‘rishib: — Yuribmiz, tuproqdan tashqarida, — deb qo‘ydi. — Qoyilman, chiroyli gap aytdingiz, — dedi «Suvilon» kulib. — Bizning sohamizda tuproqdan tashqarida yurishning o‘zi katta boylik! Ishdan gapiring, ishlar qalay? — Bo‘lyapti. — Tezroq bo‘ldirishga harakat qilavering. Lekin sizga ham havasim keladi, ham achinaman. Havasim kelganiki, zo‘r ishlarni sizga ishonib topshirishdi. Eplasangiz, tez ko‘tarilib ketasiz. Achinishimning sababi shuki, hali g‘o‘rsiz. Eplay olmasangiz, fisht, — u «kelgan joyingizga qarab jo‘naysiz», degan ma’noda hushtak chalib qo‘ydi. — Lekin siz tushkunlikka tushmang. Qiynalsangiz, mana, biz bor. Tortinmang. Sizga shahar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling