Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
122 — Bu gapni qo‘ya turing. Avval taom, ba’daz kalom, deyishganmi? Zohid «ma’qul», deganday qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. Yaxshi hamki Chuvrindi so‘zini bo‘ldi. Dam o‘tmay taom kiritilib, sho‘rvani ichayotgan paytda Zohid mayor Solievning «Jamshid tirik ekaniga ishonishimizni istashyapti», degan gapini esladi. Ajab holat: avvaliga kuydirilgan murda — Jamshid, deyishdi. Endi o‘zlari «yo‘q, u Jamshid emas edi», deyishmoqchimi? Zohid sho‘rvani icha turib Chuvrindiga bir-ikki o‘g‘rincha qaradi. Chuvrindi xotirjam ovqatlanar, yuzidan, ko‘z qarashidan biror ma’no uqish qiyin edi. «Bularda bir sir bor, — deb o‘yladi Zohid. — O‘zlariga yoqmagan odamni o‘ldirib, ko‘mib tashlashsa ham bo‘lardi. Namoyishkorona osishlari nimani anglatadi? Maqsud aka bir narsada yanglishadilar. Ularning maqsadlari faqatgina bizni laqillatish emas. Sunnatullaev — Asadbekning odami. Agar uni Asadbek o‘ldirtirsa, bunday osib qo‘ymas edi. Izsiz yo‘qolgan odamlar ro‘yxatiga kirardi. Boshqa to‘da o‘ldirgan bo‘lsa, bular nega jim? Nima uchun xotirjam? Payt poylashyaptimi? Ular kutgan fursat qachon keladi? So‘ng qanday balolarni boshlashadi? Biz odatdagiday g‘aflatda qolmaymizmi? Nahot bularning payini qirqa olmasak?» Zohidning qorni och edi, sho‘rvani ham ichdi, keyin qo‘yilgan xasipni ham yedi, noz qilib o‘tirmadi. Tashqaridan qaragan kishi bularni ikki qarama-qarshi qutb odamlari emas, jonajon ikki do‘st shirin suhbat qilib, ovqatlanyapti, deb o‘ylashi mumkin edi. Chuvrindi «Ehsonov!» deb chaqirilib, to‘xtatilganida g‘ashlangan edi. Hozir Zohidning aynan shu kech kelganidan o‘zicha rozi bo‘ldi. Zohid kelmaganida yolg‘iz o‘tirib, onasining tashvishi bilan band bo‘lardi. Zohid tashrifi bilan undagi anduhni bir oz bo‘lsa- da, chekintirdi. Ayniqsa gaplarida rasmiyatchilik ohangi yo‘qligi Chuvrindiga ma’qul keldi. «Ovqat yeyayotganda tuppa-tuzuk odamga o‘xsharkan, a? — deb o‘yladi Chuvrindi. — Lekin mendan nima istaydi bu? Nahot meni hammasini aytib beradigan go‘l deb o‘ylasa? Xo‘p, hozir hammasini to‘ppa-to‘g‘ri aytib berayinmi? Shunda ishonib, indamay ketadimi? Ishonib bo‘pti. Yana lanjlik qiladi, yana befarosat o‘rdakka o‘xshab tumshug‘i bilan balchiq titaveradi. Bo‘ladigan gap shu — balchig‘ini titib kunini ko‘raversin. Balchiqdagi bularga yem bo‘luvchi chuvalchang qayda-yu, osmondagi burgut qayda?!» Ovqatdan so‘ng Zohid ikki piyola choy ichgach, labini sochiqqa artdi. — Choydan quyaymi? — deb so‘radi Chuvrindi, iltifot bilan. Bu iltifot pardasi ortida «qani endi gapingizni aytavering», degan ma’no yotgan edi. Ovqatlana turib bir qarorga kelgan Zohid Chuvrindi uchun kutilmaganda qisqa gapirdi: — Eksgumatsiya xulosasida aytarli yangilik yo‘q. Murda Sunnatullaevniki, degan taxminda turibmiz. — Taxminda, deganingiz nimasi? — Aniq xulosaga kelish uchun qo‘shimcha dalillar kerak. — Qanaqa dalil? — Bunisi endi tergov jarayonida ma’lum bo‘ladi. Sizdan bir iltimosim bor: biror masalada bezovta qilsam, achchiqlanmang. Sizdan gumonsirayotganimiz yo‘q, faqat marhumni yaqindan bilganingiz uchun u-buni so‘rab turamiz. — Hayriyat-e, — dedi Chuvrindi kinoyali jilmayib. — Meni gunohkor qilib qo‘yasizmi, deb jonim halakda edi. Endi eksgumatsiya xulosasiga kelsak, u meni mutlaqo qiziqtirmaydi. Biz uni Jamshid deb o‘ylab, izzati bilan joyiga qo‘ydik. Boshqa jihatlari bilan shaxsan mening ishim yo‘q. Murda boshqa bo‘lsa, Jamshid tirik bo‘lsa, marhamat, topib bering. Topsangiz, suyunchisi bizdan. Men sizning iltimosingizni qabul qilay. Siz ham mening nasihatimni qulog‘ingizga oling: balig‘i yo‘q hovuzga qarmoq tashlab ovora bo‘lmang. — Qani, bir urinib ko‘raylik-chi, balki suyunchi yoningizga qolar. Balki qarmoqqa baliq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling