Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
120 Onaning aytadigan gapi bor. Uzoq yillar asragan gapini aytishi kerak. Bu haqiqatni go‘riga ortmoqlab keta olmaydi. — Kelib tur, aytadigan gapim bor, — dedi ona xasta ovozda. — Gapingiz bo‘lsa... ayting, — dedi o‘g‘il. — Hozir aytmayman... Jonim uzilishidan oldin aytaman. — Nega? — Qo‘rqaman. — Kimdan? — ... Bilmaydi... Chindan ham shunday. Erining o‘limidan beri qo‘rquvda yashadi, ammo kimdan qo‘rq- qanini o‘zi ham aniq bilmadi. Bu qo‘rquv o‘sha mash’um voqeadan so‘ng uyg‘ongan. O‘shandan beri bu qo‘rquv xoja, u esa cho‘ri. Shu qo‘rquv bolasini tashlashga majbur qildi. Shu qo‘rquv uni shaharga haydab keldi. Aroq ichib, kayf qilgandagina qo‘rquv uni xoli qo‘yardi. — Kelib tur, — u shunday deb boshini burib, nigohini yana shiftga qadadi. — Ertalab kelaman, — Chuvrindi shunday deb darvoza tomon yurdi. — Omonat gaplari borga o‘xshaydi, — dedi uy bekasi. — Kelib turing. Aytmasalar jon berishlari qiyin bo‘ladi. — Nega? — Chuvrindi to‘xtab, unga qaradi. — Odamlar shunaqa deyishadi. Keyin... harna bo‘lsa ham sizni tuqqanlar, «roziman», deb qo‘ying. O‘zingiz ham roziliklarini oling. — Hozirmi? — Yo‘q. Hozir orqaga qaytmang, ertaga kelaman, deyapsiz-ku? Chuvrindi uyga kelgach, mashinasini odaticha ko‘chada qoldirdi. O‘rtancha o‘g‘li mashinani tozalab, ichkariga haydab kirishga ishqiboz. Shom qorong‘usi tusha boshlagani uchun o‘ng tomondagi daraxtga suyanib turgan odamga e’tibor bermagan edi. Darvoza tomon uch-to‘rt qadam tashlagach, tanish ovoz eshitildi: — Ehsonov! Uni hech kim bunaqa deb yo‘qlamasdi, shu sababli ajablanib, taqqa to‘xtadi. Daraxtga suyanib turgan odam unga yaqinlashdi. Chuvrindi uni tanib, hayronligi oshdi: — Ie, prokuror, sizmisiz? — Menman. Sizni kutib turuvdim. — Tinchlikmi? — Eksgumatsiyaga chaqirgan edim, daragingiz bo‘lmadi. Ish ko‘pmi? — Ish-ku... ko‘pmas... Lekin ochig‘ini aytsam... O‘likdan qo‘rqaman. Gapim kulgilimi? — Men uchun kulgili emas. Chunki ko‘pchilik murdadan qo‘rqadi. Tirikdan qo‘rqishmaydi, shunisi menga qiziq tuyuladi. — Qiziqmi? — Chuvrindi Zohidga sinovchan nazar tashladi. — Tirikdan qochib yo berkinib qutulish mumkin. O‘likning arvohidan qayoqqa qochadi odam? — Siz haqsiz. Ruh bir yopishsa qutulib bo‘lmasa kerak. Zohid shu gapni aytgach, «uyiga taklif qilarmikin yo yo‘qmi?» deb o‘ylandi. Chuvrindi esa uning bemalol turib olib gapni cho‘zayotganidan maqsadini fahmladi: «Uyga kirmoqchi shekilli?» — Ovora bo‘lib kelibsiz, xizmatingizda bo‘laylik, — dedi ozgina kinoya bilan. — Tintuv qilgani kelmagandirsiz, a? — Tintuvga kelganimda sizni kutib turmasdim. Agar sizga m a l o l kelmasa, shu yerda turib gaplashaveramiz. Zohidning keyingi so‘zlari Chuvrindining kinoyasiga hamohang tushdi. Chuvrindi buni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling