Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
118 — Undan chiqmaydi ham. Yangisini senga men aytaman. — Soliev shunday deb, portfelini ochib, muqovalangan bir dasta qog‘ozni oldi-da, Zohidga uzatdi. — Tanishib chiq, Petrashvilining ishi. Zohid qog‘ozlarni varaqlab, ajablandi. Bu jinoiy ishning yuritilishi haqidagi rasmiy hujjatlar emas, balki havaskor izquvarning kuzatishini eslatardi. Soliev Zohidning hayron bo‘lganini sezib, izoh berdi: — To‘g‘ri payqading, bu rasmiy ish emas. Ochiqroq gap shuki, rasmiy ravishda jinoiy ish ochishga imkon berishmagan. Jinoyatchilar sen bilan meni bir cho‘qishda qochiradigan bo‘lib ketishgan. Mana shu Petrashvili har safar mayda o‘g‘irlik yoki bezoriligi uchun qamalgan. Buni bilasan. O‘zini ko‘rib, gaplashganingda ajablanmadingmi? Kim ekanini ko‘z qara- shining o‘zi aytib turibdi-ku? U asosiy xizmatni qamoqdaligida bajargan. Mana oxirgisida viloyat kattasining beminnat dastyori bo‘lgan. Demokratiya degani hammaning boshini aylantirmadimi? Kattalardan norozilar Maskovga xatlar yozishmadimi? Xat aylanib kelib, yana o‘sha kattaning qo‘liga tushdimi? Ajab hol, a? Qo‘y bo‘rining zulmidan shikoyat qilib, sherga arz qiladi. Sher «arzni adolatli hal qil», deb bo‘rining o‘ziga oshiradi. Mayda arzchilarning ishi oson, bir-ikki po‘pisa bilan tinchiydi. Lekin katta bilan olishadigan toifalar ham chiqib qoladi-ku? Kattaning sirini biladiganlar g‘imirlab qolsa-chi? Ana shunda kattaning kallasi ishlab qoladi. Qamoqdagi Petrashvilini yollaydi. Kattaning istagi bilan Petrashvili bir kunga, yoki bir kechaga, yoki bir soatga qamoqdan chiqariladi. U ishni bitiradi-yu, joyiga qaytadi. Jinoyat sodir bo‘lgan, jinoyatchi esa yo‘q. Katta esa hamkasblarimizning giribonidan olib, bulg‘alaydi. Uchinchi jinoyatdan so‘ng mening bir qadrdonim izga tushadi. Ammo uni ham menga o‘xshatib qarilik gashtini surishga hukm qilib yuborishadi. U qo‘lidan kelganicha kuzatgan, Petrashvilining jinoyatlarini isbotlashga uringan. Bu qog‘ozlar endi tilga kirishi mumkin. O‘sha katta hozir joyini topib ketgan. Sen ishni yaxshilab o‘rganib chiqib, Petrashvilini siquvga ol. — Bunisi qiziq bo‘ldi, — dedi Zohid, peshonasini silab. — Shunaqa makkorlik bilan ishlagan odam nima uchun bu shilta ishga ilashib qoldi? — Bular me’yorni bilishadi. Petrashvilining uslubi eskirdi. Endi u arzon-garov qo‘g‘irchoqqa aylangan, qadri ketgan. Petrashviliga qandaydir va’da berishgandir. Bir narsaga zoriqmasa, bunaqa ishni zimmasiga olmas edi. Uni boshqa qamoqxonaga ko‘chirishga harakat qilish kerak. — Nima uchun? — Nima uchun? — Soliev bosh chayqadi. — Sezmadingmi? Petrashvili ham, sherigi ham yo nashavand, yo giyohvand. Bu qamoqxonada ularning odami bordir. Yetkazib berayotgandir. Yetkazuvchi zanjirini uzish kerak. Ana shunda ular xumordan tutaydi. Boshini devorga uradi. Bir chekim nasha uchun otasini ham sotadi. Hozircha «men o‘ldirmaganman, men yoqmaganman», deb turibdimi, xumordan qiynalganda birinchi aytadigani «men o‘ldirganman» deydi. Qotillikni bo‘yniga oladi. Sen ularga ishonganday bo‘lasanu boshqa tomondan bosasan. Sen shu kunlar ichi boshliq bilan yakkama-yakka gaplashishga urinib ko‘r. Eshitishimcha, yangi rahbar uni suhbatga chaqirgan. Qattiq talab qo‘ygan. Hozir uchrashishning ayni payti. Faqat bu idorangdagilarga bildirma. Ungacha turmada kapitan Musaev degan yigitga uchrash. Ko‘rsang, xuddi chumak arining o‘zi. Agar u yerda yuzta halol odam bo‘lsa, yuzning biri, bittagina bo‘lsa, shuning o‘zi. Unga tayinlasang, kavkazliklaringga ko‘z-quloq bo‘lib turadi. Zohidga bu fikr ma’qul tuyuldi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling