Bosh kelishik shakli


Download 11.43 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi11.43 Kb.
#1842211
Bog'liq
BOSH KELISHIK SHAKLI


BOSH KELISHIK SHAKLI
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad – o‘quvchilarga bosh kelishik shaklini singdirish;
b) tarbiyaviy maqsad – o‘quvchilarni darslik va badiiy asarlarni asrab-avaylashga o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad – gaplarda bosh kelishik shaklini qo‘llash malakalarini o‘stirish.
Darsning jihozi: Amir Temur, Ulug‘bek portreti, plakat. 
Darsning rejasi:

  1. Bosh kelishik haqida ma’lumot.

  1. Bosh kelishikdagi so‘zlarning qo‘llanishi.

Darsning borishi:
Uy vazifasida (120-mashq) matn mazmuniga e’tibor berish ko‘zda tutilgan. 1-topshiriq asosida «Anvar, qorni och bo’lsa kerak, dasturxonni Muhayyoning qo‘lidan olib, uni buzuq avtobusga boshladi» gapi tahlil qilinadi. Bu gap ikki gapdan iborat: 1. Anvar dasturxonni Muhayyoning qo‘lidan olib, uni buzuq avtobusga boshladi, 2. Qorni och bo‘lsa kerak. Har ikkala gapdagi Anvar, qorni so‘zlari bosh kelishikda bo‘lib, ega vazifasini bajarayotgani bayon qilinadi. Demak, bosh kelishikdagi so‘zlar kesimga bog‘lansa, gapdagi vazifasi ega bo‘lishi uqtiriladi.
Shakl jihatdan bosh kelishikka o‘xshab qolgan ustasi ajratilgan bo‘lak; oqsoq cholni so‘zidagi -ni qo‘shimchasi ustasi so‘ziga ham tegishli bo‘lganligi sababli ustasini deb tushunish va uni bosh kelishik emas, tushum kelishigida deb tahlil qilish zarur. Bilan ko‘makchisi oldida kelgan bosh kelishikdagi ijozati so‘zi ega bo‘lmay, to‘ldiruvchiga aylanishi tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi so‘z boshqa so‘zga ko‘makchilar (bilan, sari, sayin, chog‘li, uzra, bo‘yicha, ichra, holda) yordamida bog‘langanda bosh kelishikdagi so‘zning ko‘makchi bilan birga to‘ldiruvchi, hol bo‘lib qolishi aytiladi.
121-mashq Mashqdagi inson, nima, nom, axloqsizlik, xoinlik, javob (beribdiki) so‘zlarining ko‘rinishlari shaklan bosh kelishikdir. Bosh kelishikning ko‘rsatkichi yo‘qligi uchun ba’zan boshqa kelishiklar singari o‘zidan keyingi so‘zga ko‘makchi yordamida birikishini, uni ko‘makchi bilan birga sintaktik vazifa bajarishi mumkinligi eslatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Inson uchun birikmasida inson bosh kelishik shaklida bo‘lsa ham, ega emas, ko‘makchi bilan birga to‘ldiruvchi bo‘lishini tushuntirish, javob beribdiki birikmasidagi ikkala so‘z sintaktik jihatdan bog‘lanib (qo‘shma fe’l) kesim bo‘lib qolishini uqtirishnom chiqarishdir ham kesim bo‘lib qolishini aytish to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki birinchi qismi ot bo‘lgan qo‘shma fe’llar tarkibidagi ot ham doimo bosh kelishikda bo‘lishi eslatilmog‘i lozim.
123-mashqdagi maqtov, aqling, bobojon, usta, mezbon, tayanch so‘zlariga iqtidorlilar, va ‘da, donishmand, Mirzo Ulug‘bek so‘zlariga «Bilimdon» guruhlari gap tuzib bajarishlari mumkin.
Uyga vazifa: 124-mashq.
Download 11.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling