Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
108 turish mumkin emas». Zo‘r gap, a? Anvar endi Xolidiyning muddaosini tushunganday bo‘ldi. Ilmda o‘zgarish kutilayotgan damda Xolidiyning ko‘p yillik faoliyati puch ekanini aytib, unga zarba bera oluvchi yagona olim — Hikmat O‘rolov edi. To‘g‘ri, u tabiatan ancha ehtiyotkor edi, ammo aytish mumkin bo‘lmagan gaplarni uningdek ustalik bilan ayta oluvchi ham yo‘q edi. Ilmda halollik va adolat bo‘lishini istagan yoshlar uni ustoz sifatida qadrlar edilar. Xolidiy yaqinlashib kelayotgan qora bulutni sezgan. Qichishadigan yerini avvalroq qashib qo‘yadigan bu odamning Hikmat O‘rolovni yanchish rejasida ekanini Anvar shu so‘zlarni eshitib angladi. Nafrati jo‘shib, joni hiqildog‘iga kelganday bo‘lib, o‘rnidan turdi. — Ha, mulla Anvarbek, eshitmaydilarmi? — dedi Xolidiy, labini yalab. — Ishimni tugatdim. Bir yerda zarur uchrashuvim bor edi, — dedi Anvar. — Ha, boring. Zarur uchrashuvdan qolmaslik kerak... Darvoqe... mulla Anvarbek, eshitganlaringiz o‘zaro gap-a? Anvar «ma’qul» ishorasini qilib bosh irg‘adi-da, xonadan chiqdi. «O‘zaro gap uchun shu yerga ovora bo‘lib kelib o‘tirarkanmi bu odam»deb o‘yladi u. 3 Anvar favvora yonidan o‘tayotib, beixtiyor to‘xtadi. Hovuz yuzasi ancha kirlangan, Xudo farosatdan qisgan odamlar tashlagan sigaret qutilari, qog‘oz parchalari, yana allanima balolar suv yuzasida qalqib turibdi. Kirlangan hovuzning naq o‘rtasida shiddat bilan ko‘kka qarab otilayotgan suv Anvarning diqqatini tortdi. Bu favvora yonidan ko‘p marta o‘tgan, hovuz sathining iflosligini, suvning shiddat bilan otilishini ko‘p ko‘rgan, ammo bu manzara xayolini bugungiday tortmagan edi. O‘rindiqlarga hali daraxtlarning soyalari yetib kelmagani tufayli, bo‘sh edi. Anvar oftobga orqasini qilib favvoraga tikilib o‘tirdi. Uning nazarida otilayotgan suv quvurlar orqali kuch bilan purkalmay, balki toza suv ifloslangan hovuzdan qochishga harakat qilayotganday edi. Toza suv bir zumgina bo‘lsin bu ifloslik bag‘ridan yulqinib chiqadi, bir zumgina bo‘lsin quyosh nurlarida rohatlanadi, ammo... nachoraki, butunlay uzilib keta olmaydi, yana shu hovuzga qaytadi. So‘ng... yana intiladi, so‘ng... yana qaytadi... Bu orada kimdir muzqaymoqni yeb, qog‘ozni g‘ijimlab shu hovuzga tashlaydi, kimdir sigaretini o‘t oldirib gugurt cho‘pini chertadi, kimdir tupuradi... Yaxshiki, atrof gavjum, bo‘lmasa boshqa bema’niliklarni qilishdan ham toymaydiganlar topilar. Balki qorong‘ida odam siyraklashgach, unday ish ham bo‘lar... Shu fikr xayoliga kelishi bilan ko‘z oldida Xolidiy gavdalandi. Nazarida o‘sha bema’ni ish faqat shu Xolidiyning yoki sheriklarining qo‘lidan keladiganday tuyulib ijirg‘andi. Hovuzga tupurib o‘tgan odamni ko‘rganida Hikmat O‘rolovning «ustoz» haqidagi gapini esladi. ... Bir odam har kuni besh mahal uydan atayin chiqib, mahalla hovuziga tupurar ekan. Mahalla ahli yaxshi gapiribdi — bo‘lmabdi, po‘pisa qilibdi — foyda bermabdi. Oxiri maslahat qilib, pul to‘plashibdi-da, «zora Xudo insof bersa», deb uni Makkai mukarramaga yuborishibdi. U odamning Makkaga borib birinchi qilgan ishi — Zamzam bulog‘iga tupuribdi... Hikmat O‘rolov bir kuni shu rivoyatni ayta turib «Ustozing shunaqa xilidan», deb qo‘ygan edi. Anvar xayolini chalg‘itish uchun atrofga alangladi. Bu ham Hikmat O‘rolovning o‘giti. Anvarning arzimagan narsadan ham asabiylashib yurishini bilib, «asabingiz buzilgan damda atrofga alanglang, xayolingizni chalg‘iting», degan edi. Anvar bir necha marta bu o‘gitga amal qilmoqchi bo‘ldi, ammo eplay olmadi. Hozir ham shunday bo‘ldi. Ko‘zi o‘ng tomondagi binoga tushib, beixtiyor o‘yladi: «Qachondir shu bino yerto‘lasida mahbuslar saqlangan ekan. Ular qanday qiynoqlarni ko‘rganlar — bilmaymiz. Qanchalari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling