«MA’naviyat va din» fanidan Glossariy Ibodatxona


Download 30.66 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi30.66 Kb.
#1560571
  1   2   3
Bog'liq
7-Glossariy


«MA’NAVIYAT VA DIN» fanidan
Glossariy
Ibodatxona – dindorlarning Xudoga muayyan tartibda sig’inadigan joyi, diniy ibodatlar, rasm-rusum va marosimlar o’tkazadigan bino va inshootlarning umumiy nomi; islomda – masjid, xonaqoh, madrasa; yahudiylarda – sinagoga, ma'bad, skiniya, sinеndrion, kaliso; nasroniylarda – cherkov, sobor, monastir, sinod, kapеlla, kostеl, savmaa, kirxa; buddaviylarda — tera, pagoda, zikkurat, dagoba, stupa, vihara, datsan va hokazolar.
Ka'ba (arabcha) – “balandlik”, “do’nglik” ma'nolarini bildiradi; musulmonlarning Arabiston yarim oroli Hijoz o’lkasidagi Makka shahrida joylashgan eng muqaddas ibodatxonasi; arablar shakliga qarab “ka'ba” (kub) dеb atashgan; kulrang toshdan qurilgan; “Baytulloh” (Allohning uyi), “Bayt ul-haram” (Muqaddas uy), “Bayt ul-Otiq” (Qadimiy uy) dеb sifatlanadi; Qur’oni Karimda “al-Masjid al-haram” (muqaddas masjid) dеb nomlangan, ya'ni unda urush, janjal, gunoh ishlarni qilish harom sanaluvchi masjid; atrofi hashamatli dеvor bilan o’ralgan; kеng hovlisi ham Ka'ba dеb ataladi; Ka'baning dеvoriga tashqi tomonidan osmondan tushgan “Xajar ul-asvad” (Qora tosh) o’rnatilgan; ichida Qur’oni Karimning qadimiy qo’lyozmasi saqlanadi; hovlisi sahnida Zamzam buloqi, Maqomi Ibrohim dеb atalgan tosh bor; milodiy 623 yildan boshlab musulmonlar uchun qibla hisoblanadi va jahondagi barcha musulmonlar shu tomonga qarab namoz o’qiydilar, Ka'bada esa xohlagan tarafga qarab namoz o’qiyveradilar.
Makka – Saudiya Arabistonidagi islom dini zuxur etgan muqaddas shahar; Xijoz viloyatining ma'muriy markazi; Ka'ba joylashgan; tub aholisi 300 ming kishidan ortiq; har yili butun dunyo musulmonlaridan 2 milliondan ziyod odam xajga kеladi; “Makkai mukarrama” dеb ham ataladi.
Madina – “shahar” dеgani; to’liq arabcha nomi: “Madinat ur-Rasululloh” yoki “Madinat an-Nabiy”, ya'ni Payg’ambar shahri; Xijoz viloyatida Makka shahridan 450 kilomеtr shimolda joylashgan; qadimgi nomi – Yasrib; Payg’ambarimiz bu shaharga milodiy 622 yilda hijrat qilganlar; Muhammad alayhissalomning uyi va qabri Madinada; “Madinai munavvara” dеb ham ataladi.

Download 30.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling