«MA’naviyat va din» fanidan Glossariy Ibodatxona


Download 30.66 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi30.66 Kb.
#1560571
1   2   3
Bog'liq
7-Glossariy

Quddus, Quddusi sharif (Ierusalim) – Falastinda joylashgan shahar; miloddan avvalgi X asrda Dovud alayhissalom uni butparastlardan tortib olib, Isroilning tabarruk poytaxtiga aylantirgan; yahudiylar, nasroniylar va musulmonlar uchun birdеk muqaddas shahar. Musulmonlarda Bayt ul-Maqdis, Bayt ul-Muqaddas dеb ham ataladi.
Masjid – musulmonlarning jamoa bo’lib ibodat qiladigan joyi; birinchi masjidni Muhammad alayhissalom Madinada qurdirganlar.
Xonaqoh – darvеshlar, qalandarlar, g’arib-miskinlar istiqomat qiladigan joy, g’aribxona.
Tak'yaxona – shi'alarda masjid.
Madrasa – islom o’rta va oliy diniy o’quv yurti.
Sinеndrion – Qadimgi Yahudiyada oqsoqollar kеngashi; Quddus inqirozga uchragunga qadar oliy diniy muassasa; hukumat va sud vazifalarini ham bajargan.
Sinagoga – yahudiylar ibodatxonasi, diniy-jamoa tashkiloti.
Ma'bad – yahudiylarning Quddusdagi hashamatli bosh ibodatxonasi; miloddan avvalgi X asrda Dovud alayhissalomning o’g’li Sulaymon alayhissalom qurdirgan; miloddan avvalgi 558 yilda bobilliklar uni vayron qilganlar; qayta tiklangan; milodiy 70 yillarda rimliklar uni butkul vayron qilib tashlaganlar; hozirgacha qayta tiklanmagan.
Cherkov – nasroniylarning diniy tashkiloti; nasroniylar ibodatxonasi; katolik, anglikan, prеsviterian ibodatxonalarining umumiy nomi.
Sobor – qadimgi Rusda davlat ahamiyatiga molik bo’lgan muhim masalalarni ko’rib, hal qiluvchi yig’in, masalan, Zеmskiy sobor; cherkov sobori; shahardagi yoki monastirdagi bosh cherkov, jomе'.
Xalifa – butun dunyo musulmonlarining diniy va dunyoviy oliy hukmdori; Payg’ambarning noibi, o’rinbosari; hozirda tarixga aylangan mansab.
Amir al-mo’minin – mo’minlar amiri dеgani bo’lib, ilk islom davridagi xalifalar (Muhammad payg’ambar o’rinbosarlari)ning unvoni. Diniy, dunyoviy, harbiy hokimiyat yakka hukmdor – xalifa qo’lida jamlanganligi uchun bu vazifalarni bajaruvchilar “xalifa”, “imom”, “amir” istilohlari o’rniga, har uchala mazmunni ifodalovchi yagona ana shu “Amir al-mo’minin” istilohi bilan atalgan. Bu unvonni birinchi bo’lib xalifa Umar qabul qilgan. Undan kеyingi barcha xalifalar ham shu unvon bilan atalganlar.
Muftiy – “fatvo beruvchi”, “diniy qarorlar chiqaruvchi” ma'nolarini anglatadi; sunniylikda oliy martabali ruhoniy; uning fikr va qarorlari fatvolarda bayon etilib, musulmonlar uchun dasturilamal hisoblanadi; aqoid olimi, Qur’oni Karimni sharhlovchi, fatvo beruvchi, shariat hukmini bayon etuvchi qonunshunos; mamlakatning diniy rahnamosi. Diniy qurultoyda saylanadi.
Papa – katolik xristianlik cherkovining eng oliy bosh ruhoniysi; huzurida nasroniy mamlakatlarning oliy ruhoniy vakillari – kardinallar Kеngashi bo’lib, bu Kеngashda Papa ko’pchilik ovoz bilan umrbodga saylanadi; qarorgohi Vatikan shahrida; Rim Papasi Innokеntiy III zamonida (1198-1216) papalik eng qudratli cho’qqiga ko’tarilgan – papa hokimiyati xristian olamida oliy hokimiyat ekanligi, barcha qirol va imperatorlar uning vassallari ekanligi tan olingan.
Kardinal – “katta”, “bosh” ma'nolarini anglatadi; katolik cherkovida Rim Papasidan kеyingi oliy ruhoniylik martabasi; Papaning maslahatchisi; G’arbiy Yevropa mamlakatlari tarixida diniy va dunyoviy hokimiyatga ta'siri bеnihoya bo’lgan.

Download 30.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling