"Renessans" jamoasi savollar paketi


Download 16.87 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi16.87 Kb.
#1469208
Bog'liq
Renessans X

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

"Renessans" jamoasi savollar paketi.
mad_max93August 16, 2022
1. Islom dinida Quroni Karimni o‘qish uchun albatta tahorat olish kerak. Agar siz Quroni Karimni o‘qimoqchi bo‘lsangiz, o‘qish davomida 14 marta bu ishni qilishingiz kerak.
Savol: Qanday ish nazarda tutilmoqda?
Javob: Sajda qilish
Izoh: Quroni Karimda 14 joyda sajda oyatlari bor va ular o‘qilganda sajda qilish vojibdir.
2. Ushbu so‘z yunoncha yaltiroq tosh so‘zidan olingan bo‘lib, Dolomitning to‘la qayta kristallashishidan hosil bo‘luvchi tosh turi hisoblanadi. Uning tarkibini katta qismini kalsiy tashkil qilib, agar kvars aralash bo‘lsa, mustahkamligi katta lekin ishlov berish qiyin bo‘lar ekan. O‘zbekistonda bu tosh g‘ozg‘on, Zarband, Makrid kabi konlardan qazib olinadi.
Savol: Shu tosh nomi berilgan dengiz qaysi davlatda joylashgan?.
Javob: Turkiya
Izoh: Marmar dengizi nazarda tutilgan.
3. 19-asr boshlarida britaniyalik arxeolog Uilyam Flinders Petri Misr bo‘ylab bir qator qazishmalar olib borib, marhumlarning keyingi hayotda himoya qilish uchun shaxsiy buyumlar bilan to‘ldirilgan 3000 ga yaqin qadimgi qabrlarni topgan. U buyumlar orasidan Xni topib olgan. Xlar makkajo‘xori qobig'idan qilingan, teri bilan qoplangan va arqon bilan bog'langan, ammo ular toshdan yoki chinnidan ham tayyorlanishi mumkin edi. Misrliklar bu Xlardan bir o‘yinda foydalanganlar. Misrliklar tomonidan qo‘llaniladigan bu o‘yinning ibtidoiy shakli keyinchalik boshqa qadimgi sivilizatsiyalar, shu jumladan rimliklar tomonidan qabul qilingan va oxir-oqibat bugungi kunda o‘ynab kelinayotgan o‘yinga aylangan.
Savol: Siz menga hozir ham o‘ynaladigan bu qaysi o‘yin ekanligini yozib bering.
Javob: Bouling.
4. Marmarning bu turi dunyoda faqat Shimoliy Gretsiyadagi Tasos hududidan qazib olinib, o‘zining ultra oq rangi va quyosh nurida qizib ketmasligi bilan boshqa turdagi marmarlarga qaraganda ancha qimmat baholanar ekan. Qolaversa dunyodagi Italyaning eng mashhur Karrara marmaridan ustun turuvchi ushbu marmar parfenon ibodatxonasi qurilishida asosiy xom ashyo bo‘lgan.
Savol: Ushbu qimmatbahxo marmarning bugungi kundagi eng yirik importyori qaysi davlat?
Javob: Saudiya Arabistoni
Izoh: Makkada Masjid al Haram hovlisi uchun ishlatilgan.
5. Misrliklar qadimda turli xil tuz, quritilgan gullar, qalampir, kul va hatto tuxum qobig'ini maydalash va aralashtirish orqali bu narsani ixtiro qilishgan. Uning chinakami XVIII asrning oxirlarida paydo bo‘lgan. Ammo u forfor, chinni yoki g'isht changidan iborat bo‘lgani bois, inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan. 1873-yil 4-aprelidan boshlab bitta kompaniya uning zamonaviy shaklda chiqara boshlagan.
Savol: Uni nimaligini yozib bering.
Javob: Tish pastasi.
Izoh: Yuqorida Colgate-Palmolive kompaniyasi haqida ketmoqda.
6. ALFA lotincha so‘z hisoblanib, G‘arbiy Yevropada o‘rta asrlarda qirolning bevosita vassali hisoblangan. ALFA Angliyada vikontdan quyi hisoblangan, Fransiya va Germaniyada grafdan quyi o‘rinda turgan.
Savol: Qaysi mashhur sportchi “qizil ALFA” taxallusini olgan?
Javob: Mixail Shumaxer.
Izoh: Alfa – “baron” so‘zi edi.
7. Dublet
1. Milliy kinomizda o‘ziga xos o‘ringa ega ALFA nomli film 1990-yilda suratga olinib, bir yil o‘tgach, tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Unda sobiq tuzum paytidagi o‘zbek dehqoni, ayollarning ayanchli qismatini achchiq istehzo va yumor orqali namoyish etiladi.
Savol: Bu qaysi film?
2. Ushbu shaxs qattiqqo‘l siyosatchi va rahbarligi uchun betta taxallusini olgan. 2007-yil Britaniya parlamentida ushbu shaxsning bronza haykali o‘rnatilgan. 2011-yil yaratilgan betta nomli film esa “Oskar” mukofotiga loyiq topilgan.
Savol: BETTAni yozib bering.
Javob: 1. “Temir xotin”
2. “Temir xonim”.
8. Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev yaqinda o‘z intervyusida Jahon chempionatiga chiqishning ikkita, ya’ni ALFA va BETTA yo‘lini aytib o‘tdi. Malumot uchun biz BETTAdan ko‘ra ALFAni yaxshiroq bilamiz, hamda ALFAga sayohat qilish BETTAdan ko‘ra ancha oson. ALFA va BETTA o‘rtasidagi qonli urushga 72 yil bo‘ldi.
Savol: ALFA va BETTAni yozib bering.
Javob: ALFA - Janubiy Koreya, BETTA - Shimoliy Koreya.
9. Shaharlarni darajalarga bo‘lishni musulmonlar boshlab berishgan. Ular shahar hududidan kelib chiqib “shaharcha”, “shahar”, “katta shahar”ga ajratilgan.
Savol: Musulmonlar shaharlarni bunday tartibda baho berishda qaysi obyektlarni e’tiborga olishgan?
Javob: Bozorlarni.
10. Ingliz pedagogi va faylasufi Jon Lok fikricha, ALFAning yomoni odamdagi jasoratni – dag‘allikka, bilimdonlikni – maydakashlikka, zakovatni – masxarabozlikka, ochiq ko‘ngillikni – munofiqlikka aylantiradi. ALFA haqida jadidlardan biri barchamizga ma’lum va muhim fikrni aytgan. Mantiqan o‘ylab ko‘rsak insonning butun hayoti unga bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Savol: ALFAni yozib bering.
Javob: Tarbiya.
Izoh: Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlarini barchamiz yaxshi bilamiz.
Download 16.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling