Reja: Din tushunchasi. Dinning ta’rifi va uning izohi
Download 81 Kb.
|
Dinning inson va jamiyat hayotidagi o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Din tushunchasi. Dinning ta’rifi va uning izohi.
- «Din» atamasi, umuman, dinlarning barchasi diniy bilim va dunyoviy ilmda ikki xil tushuntiriladi. 1.
Dinning inson va jamiyat hayotidagi o'rni Reja: Din tushunchasi. Dinning ta’rifi va uning izohi. Dinni ta’riflashga yangicha yondashish Dindorlar. Dindorlik va diniy kishilar ongi Diniy mafkura va diniy dunyoqarash. Din tushunchasi. Dinning ta’rifi va uning izohi. «Din» atamasi nemischada religare bog‘lanmoq fe’lidan yasalgan, arabchada esa ilohiy kuchlarga iymon, e’tiqod, ishonch, ahloq degan ma’nolarni anglatadi. Ilmiy-falsafiy jihatdan esa bu atama ma’naviyatning bir elementi hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, din-real voqelikdan, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodislarni tabiat, jamiyat va insondan tashqarida deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amalning bir turidir. Din-insonga xos his-tuyg‘ularning alohida xususiyati bo‘lib, diniy his-tuyg‘ular dindorga (dindorlarga) yaxshi kayfiyat, shod xurramlik, ishonch, yupanch, umid bag‘ishlaydi; aksincha u yomon, qo‘rqinchli, falokat, halokat, zarar keltiradigan holatlar va yovuz kuchlardan asrovchi bir ruhiy madad manbaidir; insonlarga yaxshilik va najot yo‘lini ko‘rsatib, unga yetaklovchi ma’naviy qudrat tismolini ifodalaydi. «Din» atamasi, umuman, dinlarning barchasi diniy bilim va dunyoviy ilmda ikki xil tushuntiriladi. 1. Diniy bilim go‘yoki insonga xos, odam tug‘ilish paytida uning ruxiga singdirilib qo‘yilgan e’tiqod manbai bo‘lib, so‘ngra kishi ana shu e’tiqod-iymonning nima ekanini, bu ruhiy kuch xudodan insonga in’om-ehson kilib berilganini asta-sekin anglab, bilib borish, uning mazmun va mohiyatini tushunib olishi sodir bo‘lishini izohlab va tushuntirilib beriladi, dalil, hujjatlar keltiriladi. Diniy his-tuyg‘ular, iymon-e’tiqod insoniyatdan avval xudo tomonidan yaratilib qo‘yilganligi, dinning birdan-bir manbai foniy va boqiy dunyolardagi barcha narsalarni, voqea va hodisalarni yaratuvchisi va ularga egalik qiladigan qudratli, mutloq kuch xudo bo‘lib, u arshi a’loning (ya’ni eng yuqori, eng yaxshi joyda mavjud bo‘lgan taxt) yakka-yu yagona xokimi va hakami, barcha borliqning birdan bir boshqarib turuvchisi ekanligi aytiladi. Diniy ta’limotda diniy e’tiqod va iymon-ishonch manbai, ilohiy kuchlar - xudo, farishtalar, ruhlar, payg‘ambarlar, avliyolar, jannat, do‘zax mo‘jizaviy, sirli rivoyatlar bo‘lib, ularning barcha qudrati-yu, shakl-shamoillari arshi a’lodan vahiy qilingan muqaddas kitoblarda yozilganligi uchun bu yozuvlarga ham so‘zsiz amal qilishga da’vat qilinadi. Albatta, dinning tayanchi xudoning borligiga ishonish, unga bo‘ysinish, unga, o‘z taqdirini yaratib qo‘yganligi uchun, to‘la o‘zini topshirish kabilardir. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling