Reja: Din tushunchasi. Dinning ta’rifi va uning izohi
Masalan, Islom dinida Alloh ana shunday xudo deb, Qur’onning 112-suratu-l-Ixlos, Poklanish surasida uni quyidagicha ta’riflanadi
Download 81 Kb.
|
Dinning inson va jamiyat hayotidagi o\'rni
Masalan, Islom dinida Alloh ana shunday xudo deb, Qur’onning 112-suratu-l-Ixlos, Poklanish surasida uni quyidagicha ta’riflanadi:
Bismillahi-r Rahmoni-r-Rohim Qul huva-l-Lohu ahad Allohu-s samad Lam yalid va lam yulad Va lam yakun lahu kufvan ahad. Mazmuni: Ayt: «Alloh o‘zi bittadir. Alloh mangudir. Tug‘dirmagan va tug‘ilmagan. Biror uning tengi ham bo‘lmagan. Yoki: Qur’onning 114-suratu-n-nos, ya’ni odamlar surasida: Bismillahi-r-Rahmoni-r-Rohim Qul a’uzu bi-rabbi-n-nosi Malikin-n-nosi Ilohi-n-nosi Min sharri-l-vasvosi-l-xannos Allazi yuvasvisu fi sudurin-n-nosi Mina-l-jinnayti va-n-nos Mazmuni: Ayt: «Panohiga olgay meni odamlar Parvardigori, Odamlar podshosi, Odamlar xudosi! Insonlar qalbiga vasvasa soladigan. Yashirinib turuvchining yovuzligidan, Jinlardan va odamlardan.»1 Boshqa dinlarda ham xudo va odamlar o‘rtasida ana shunday aloqa borligi aytilgan. Diniy ta’limotlarda xudo farishtalarni ham yaratganligi; farishtalar jismsiz ruhlar bo‘lib, ular istagan qiyofaga - odam, qush, hayvon va boshqa qiyofalarga kira olishi va yana ruhga aylana olishlari mumkin bo‘lgan maloyikalar ekanligi aytiladi. Farishtalar jannatda turli yumushlarni bajaradilar, ayrimlari esa aniq vazifalarni ado etadilar, ya’ni ular ham Allohga bo‘ysinishib unga xizmat qiladilar. Masalan, Islom dinida Azroil degan farishta jon oluvchi, o‘limdan xabar beruvchi bo‘lsa, Munkar bilan Nakir degani vafot etgan kishilarni qayta tiriltirib, ularni savob va gunohlari yuzasidan so‘roq qilib, aniqlovchi farishtalar hisoblanadi. Jabroil degan farishta esa Allohdan Muhammadga Qur’onning vaxiy qilib yuborganini, Muhammad Allohga rasul, ya’ni elchi qilib tanlab olinganligi to‘g‘risida xabar yetkazgan, deyiladi. Dindorlar farishtalarga qattiq ishonadilar, ulardan madad kutadilar. Diniy ta’limotda payg‘ambarlar ham iymon-e’tiqodni mustahkamlaydigan, xudoning elchisi sifatida o‘z ummatlarini xudo ko‘rsatgan yo‘ldan to‘g‘ri boshlab boruvchi, xudo bilan uning bandalari orasida vositachi ekanligini qattiq ta’kidlab, ularga ishonish dinning ajralmas, muhim xususiyati deb hisoblanadi. Payg‘ambarlar 54 mingdan ham ko‘p o‘tgan. Ulardan 28 tasi eng mo‘tabarli, obro‘-e’tiborli bo‘lib, eng so‘nggi va yo‘ldan adashmagan payg‘ambar islom dinidagi Muhammad payg‘ambar ekani dinlar tarixida tan olingan. Har bir payg‘ambar o‘z xudosiga xizmat qilgan, ammo yo‘ldan adashib gunoh qilgan bandalari bilan birga yo‘q bo‘lib ketganlar. Bundan faqat Muhammad mustasnodir. Lekin ko‘pgina payg‘ambarlar haqiqiy yashab o‘tgan tarixiy shaxsligi shubhali bo‘lsa, Muhammad tarixda yashab o‘tgan real shaxsdir. Dindorlikda diniy ta’limotlar bo‘yicha yovuz kuchlar timsoli bo‘lgan ins-jinslar, xususan shayton to‘g‘risida ham alohida yoziladi. Shayton insonni xudo yo‘lidan chiqarib, o‘z yo‘liga solishga harakat qiladi, shaytonga ishonib uning yo‘liga kirish esa yomonlik qilish, gunoh ishlardan qo‘rqmaslik bo‘lib, bu esa yomonlik qilish, dindorlikka to‘g‘ri kelmaydigan shakkoklik, deb hisoblangan. Diniy ta’limotda narigi, boqiy dunyo bo‘lib, unda jannat hayoti eng yaxshi va abadiy, odamlar o‘z savob ishlari bilan jannatga kirish huquqiga ega bo‘ladilar, deyiladi. Narigi dunyoda yana gunohkorlarni jazolaydigan do‘zax ham mavjud bo‘lib, unga din ko‘rsatmalariga amal qilmagan, shakkoklik, kufr va bid’at yo‘liga kirib ketgan kishilar vafot etgandan keyin qayta tirilgach tashlanib o‘tda kuydiriladilar, deb ogohlantirilgan. Shunday qilib, dinning mohiyati tabiat, jamiyat va shaxsdan tashqaridagi kuchlarga ishonishdan iborat. Dinning idealizm falsafasi, uning fatalizm, fideizm, mistika kabi shakllari bilan bog‘liq holda izohlanganiga ham e’tibor berilishi lozim. Falsafa tarixida grek faylasufi Platon, nemis faylasufi Gegel, italyan ilohiyotchisi Foma Akvinskiy kabilarning olamiy ruhlar, mutloq g‘oyalar, yashirin holda mavjud bo‘ladigan ilohiy zarralar to‘g‘risidagi ta’limotlari aslida xudo va boshqa ilohiy kuchlarga sinonim ma’nosiga ega bo‘lib, ular dinga diniy ta’rif uchun falsafiy-nazariy asoslar bo‘la oladi. Chunonchi, fatalizm oldindan belgilab qo‘yilgan hodisalarni, taqdiri azaldan voqealar-ning, albatta, ro‘y berishini karomat qiladi; fedeizm esa diniy aql olamni boshqarish xususidagi ta’limot, mistika esa moddiylikdan guyo ustun turadigan qandaydir ilohiy mo‘jizaviy kuchlar to‘g‘risidagi ta’limotdir. Ammo dinga ta’rif berilganda insonning ruhan poklanishi, ahloqan kamoloti, yaxshi fazilatlari yomonlikka qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘lib, bular din vositasida ijtimoiy adolat o‘rnatishga, xudo oldidagi tenglik, diniy uyushmalar va jamoalar shaklida odamlarni birlashtirishga da’vat qilish, ojiz, muhtoj kishilarga ko‘maklashish, qon to‘kmaslik, yomonlikni yaxshilik bilan yengib o‘tish mumkinligi to‘g‘risida g‘oyalar dinga ta’rif berishning kuchli va ibratli tomonidir. 2. Dinning mohiyatini ilmiy-falsafiy tomondan izoh-langanda tabiatdan tashqaridagi barcha ilohiy kuchlar -farishtalar, ruhlar, ins-jinslar, pari-dev, shayton kabilar-dan iborat bo‘lgan ilohiy kuchlarga ishonch hisoblanadi. Ibtidoiy odamlarning tabiatning ularga noma’lum kuchlari oldidagi zaifligi va nochorligi, ularning tabiatda ro‘y beradigan sel, bo‘ron, zilzila, qurg‘oqchilik, yong‘in, chaqmoq, momaqaldiroq, vulqon, Oy va Quyosh tutilishlari, turli kasalliklar, yovvoyi hayvonlar hujumidan vahimaga tushishi; ijtimoiy jihatdan olganda, ocharchilik, o‘lim, shaytonlab qolish, xushdan ketish, tutqanoq dardi, tush ko‘rish kabi tabiiy va ijtimoiy voqealarning asl sabablarini bilmaslik natijasida bu hodisalar yovuz kuchlar, ruhlar, shayton, dev, ajina, xudolarning ishi, ular odamlardan g‘azablanib, ularning qilgan gunohlari uchun qo‘llanilayotgan jazolari deb o‘ylab, ulardan juda qo‘rqib, ilohiy qudratli, hech kim bas kela olmaydigan ilohlar sifatida sig‘inganlar, ibodat va sajda qilganlar. Xullas, din shu tarzda paydo bo‘lgan. Shu tariqa osmon, quyosh, suv, olov, shamol, chaqmoq, dengiz, ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, yaxshilik va yomonlik xudolari, eng kuchli va zaif xudolar o‘ylab topilgan. Insonlarda yana sehr, jodu, afsunlar-qaytarma, isitma-sovutma, folbinlikka ishonishlar ham mavjud, Dindorlar yana irimchi ham bo‘ladilar, astrologiya, ya’ni osmondagi yulduzlar harakatiga qarab, Yerda ro‘y beradigan hodisalarni, odamlar taqdiri to‘g‘risida karomat qilishga ishonish, ayrim raqamlarni bexosiyat deb o‘ylash (masalan 13 ni) kabilar ham mavjud. Diniy jazavada odamlar xushdan ketguncha zikr qilib, xudoni yodga oladilar, o‘z tanalariga jarohatlar yetkazadilar (masalan, shaxsey-vaxsey marosimida Shia musul-monlari yuzlarini tirnab, bosh-ko‘ziga, yelkalariga zanjir bilan urib, qon chiqarib o‘zini azoblaydi) yoki xristian pravoslavlaridagi xlistlar degan diniy sektada «umumiy birodarlashuv» paytida jamoaga yangi kirgan bir xlistning yelka terisini kesib qon olishadi va uni vinoga qo‘shib ichadilar. Bunday ekstaz diniy ruhiyatni mustahkamlaydi, din odamga go‘yoki yoqimli kayfiyat beradigan narkotik doridek ta’sir qilib, dindorlarni og‘ir hayotiy vaziyatlardan vaqtincha chetlatadi, yupatadi, tasalli beradi. Dinga dunyoviy ilm-fan nuqtai-nazaridan qaralganda g‘ayritabiiy narsalarga ishonishning asossizligi va mistik harakterini ilmiy dalillari bilan yaqqol isbotlab beradi. Masalan, Markaziy Osiyodan chiqqan olimlar: Muso al Xorazmiy, Forobiy , Beruniy, Ibn Sino , Ulug‘bek va boshqa allomalar tashqi dunyo mustaqil ravishda va g‘ayritabiiy kuchlardan xoli tarzda mavjuddir, deb ta’kidlagan edilar . Dinning mohiyatini materialistik falsafa hamda ilm-fanga asoslanib tushuntirilganda din ham madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, u san’at, ahloq, huquq, siyosat, etnog-rafiya kabilar bilan bog‘liq holda amal qilish, ijtimoiy guruh va sinflar manfaati bilan bog‘langan holda ularnig mafkurasi, dunyoqarashining alohida tarixiy turi sifatida kelib chiqadi, amal qiladi deb izohlanadi. Din jamiyat hayotida amal qiladigan ma’naviy hodisa hisoblanadi.
Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling