Mavzu: buxgalteriya balansi


Download 1.12 Mb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1158508
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish Buxgalteriya balansi


Toshkent moliya instituti

“Buxgalteriya hisobi” fanidan
Mustaqil ish
MAVZU: BUXGALTERIYA BALANSI
Bajardi: MMT-97-2 guruh talabasi CH. MUMINOVA


BUXGALTERIYA BALANSI


Reja:
1. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi, mazmuni va ahamiyati.
2. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalarini tasnifi.
3. Xo‘jalik muomalalari ta'sirida balansda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar.
4. Buxgalteriya balansi turlari.


1. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi, mazmuni va
ahamiyati
Korxona va tashkilotlarda xo‘jalik faoliyatini boshqarish bevosita mablag‘larning holatiga, ulardan foydalanish darajasiga, mablag‘larning aylanish tezligiga bog‘liqdir. Balansni iqtisodiy jihatdan olganda xo‘jalik mablag‘larini joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha bir-biriga tengligini ta'minlaydi deb aytish maqsadga muvofiqdir.
Mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar ularning turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida o‘z ifodasini topadi va har oyning oxirida har bir mablag‘ning oy davomidagi o‘zgarishi, oy oxiriga bo‘lgan qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Demak, buxgalteriya hisobi schyotlari mablag‘ turlari bo‘yicha mulk egasiga etarli ma'lumotlarni beradi. Lekin bu ma'lumotlarda mablag‘larning joylanishi ularni moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo ularning qaysi mablag‘lar hisobiga tashkil qilinishi ham mulkdor uchun zaruriyati yuqori.
Korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat'iy nazar tegishli faoliyat ko‘rsatish jarayonida xom-ashyo bir turdan ikkinchi bir turga aylanadi. Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va hisobot davri oxiriga mablag‘lar holati bo‘yicha to‘liq ma'lumotni olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati bo‘yicha mablag‘larning joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha ma'lumotlarni umumlashtirish maqsadida balans tuziladi.
Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir.
Balans yordamida korxona va tashkilotlarning o‘ziga taalluqli mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g‘risida aniq ma'lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan mablag‘lar holatini nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun asos hisoblanadi.
Korxona va tashkilot mablag‘larining joylanishi va tashkil topish manbalarini o‘rganishda balans alohida axamiyatlidir. Buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini, iqtisodiy holatini baholash imkoniyati yaratiladi.
Buxgalteriya balansini tuzish, unda iqtisodiy ma'lumotlarni umumlashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi va tartibga solinadi. Buxgalteriya balansida korxona va tashkilotlarning mablag‘lari joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha tartibga solinadi.
Demak, buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, ya'ni mablag‘larni joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o‘rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi. Buxgalteriya balansini qisqacha tuzilishini quyidagi sxemada ko‘rish mumkin.

Ko‘rsatkichlar nomi, Satr kodi, Hisobot davri boshiga, Hisobot davri oxiriga, Ko‘rsatkichlar nomi, Satr kodi, Hisobot davri boshiga, Hisobot davri oxiriga, Aktiv, Passiv


Buxgalteriya balansi yordamida korxona mablag‘larining joylanishi va ularining tashkil topish manbalarining bir-biriga tengligi ta'minlanadi, ya'ni balans summasi aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Buxgalteriya balansi 60-yillarda aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha besh bo‘limdan tashkil topgan bo‘lsa, 80-yillarda 3 bo‘limdan va hozirgi paytda ikki bo‘limdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabr №140 sonli buyrug‘iga binoan mulkchilik shaklidan qat'iy nazar tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan barcha yuridik shaxslar (bank, sug‘urta va byudjet tashkilotlaridan tashqari) yagona shakldagi buxgalteriya balansini tuzadilar.
Balansning aktiv va passiv qismlari bo‘limlarga, bo‘limlari guruhlarga, guruhlari esa moddalarga bo‘linadi. Buxgalteriya balansining moddalari korxonaning ayrim mulk turi, uning tashkil topish manbai va majburiyatlarni tavsiflovchi satr ko‘rsatkichidir. Balansning aktiv va passiv qismlari ikkitadan bo‘limdan iborat.
"Aktiv" – faol, amal qilish, mavjud bo‘lish degan so‘zlardan kelib chiqqan. Shundan kelib chiqib, aktiv deganda mablag‘lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko‘rsatuvchi mablag‘lar guruhlanishini tushunish kerak.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling