Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
— Boy, jensovetga rais emishsanmi, muborak bo‘lsin, — deb gapni kalta qila qoldi. 
Shundan so‘ng oraga sukut cho‘kdi. Elchin yeryong‘oqning po‘chog‘ini barmoqlari bilan 
ezg‘ilab xayolga cho‘mib o‘tirardi. Chuvrindi uning dardini bilardi. «Hozir dardini yoradi, 
xuddi Jamshidga o‘xshab savoliga javobni mendan axtaradi», deb o‘yladi. Yanglishmadi. 
Elchin dardini yorib, hasrat qilmasa ham so‘radi: 
— Jamshidning o‘limini... nega mendan ko‘rdinglar? 
Chuvrindi savolni kutgan bo‘lsa-da, javobga shoshilmadi. Keyin bu bir arzimas gapday: 
Bek akaga shunday tuyulibdi, — dedi. 
— Bir gumon bilan badnom qilib yuboraverasizlarmi? — dedi Elchin. 
— Badnom? — Chuvrindiga bu gap yoqmay, qoshlarini chimirdi. — Sizni hech kim 
badnom qilmadi. Bek akam gumonlarini shunchaki aytdilar. Agar gumonsiramay aniq 
bilganimizda gapimiz boshqacha bo‘lardi. Jamshidni o‘ldirish ko‘nglingizda yo‘q edimi? 
O‘g‘il bola gapni ayting. 
— O‘g‘il bola gapmi? O‘g‘il bola gap shuki... hali ko‘p qon ichishim kerak men... 
— Bu gapni xayolingizdan chiqarib tashlang. Odam qo‘lidan keladigan ishga harakat 
qilishi kerak. Ko‘rpaga qarab oyoq uzatavering. Agar menga ishonsangiz bir gap aytay. 
— Ayting. 
— Aniq bilaman: xotiningizning o‘limiga faqat Shilimshiq aybdor, Jamshidning aloqasi 
yo‘q edi. U paytlar Jamshid g‘o‘r edi, bunaqa ishlarga aralashmasdi. Shilimshiq bilan 
borgani to‘g‘ri, ammo aralashmagan. Bu ishda qonunchilarga nisbatan Bek akamning 
hukmlari qattiqroq bo‘lgan. Siz o‘shanda... — Chuvrindi «nodonlik qilgansiz» demoqchi 
edi, «yana jirillab yubormasin», deb fikrini boshqacharoq ifoda etdi: — O‘zingizga 
o‘zingiz jabr qildingiz. O‘sha mardligingiz bilan nimaga erishdingiz? Kim sizga «barakalla, 
qoyil, o‘g‘il bola!» dedi? 
Bu so‘zlar igna o‘qqa aylanib Elchinning vujudiga sanchilaverdi. O‘q har sanchilganida 
yuragi bir larzaga tushdi. Mashoyixlar «bedardning oldida boshimni og‘ritma», degan 
ekanlar. Elchin Chuvrindining gapini shart bo‘lib «Senlarda yurak degan narsa bormi? 
Yuraklaring qon haydashdan boshqa yumushni ham biladimi!» deganga o‘xshash 
gaplarni aytgisi keldi. Ammo o‘zini tutdi. To‘g‘ri, u ko‘p hollarda tuyg‘uning quliga 
aylanardi. Tuyg‘u qayoqqa undasa o‘sha yoqqa yurardi. Ba’zan tuyg‘uning 
shaytonbuloqdan suv ichib qo‘yishini esa inobatga olmas edi. Elchin ayrim odamlarni 
tuyg‘usizlikda ayblab, ulardan nafratlanar edi. Ammo ayni damda insonga berilgan ulug‘ 
ne’matlar orasida aql ham mavjudligini, tuyg‘u achchiq haqiqat oldida ojiz qolishini 
hisobga olmasdi. Chuvrindi hozir haqiqatni aytayotgan edi. Uning ovozida haqorat, 
masxara yoki tahdid ohangi yo‘q, samimiy do‘st kabi ohista, so‘zlarni chertib-chertib 
gapirardi. Uning so‘zlari garchi o‘q kabi botayotgan bo‘lsa-da, Elchin uchun yangilik 
emasdi. Qamoqda ekanida dardini aytganda Zelixondan bundan beshbattarlarini 
eshitgan. Shu sabablarga ko‘ra ham Chuvrindiga gap qaytarmay o‘tirdi. 
Chuvrindi gaplarim qanday ta’sir etyapti, degan fikrda hamsuhbatiga qarab, bir oz sukut 
qilgach, yana so‘zlarini davom etdi: 
— Maktabda Aleksandr Matrosov jasoratini gapiraverib, tinkamadorimizni quritishardi. U-
ku, har kuni ming o‘limga duch kelavermay, deb oson o‘lim yo‘lini topgan, jonidan 
to‘yganu tappa tashlagan. Siz ham o‘shanga o‘xshadingiz. Sizning aybingiz ham bor: 
qimorga aralashmaganingizda bu mashmashalar yo‘q edi. Siz eslamasangiz men 
eslayman. O‘sha voqeadan oldin Bek akam «Hofiz, qimor o‘ynama» deb 
ogohlantirgandilar. Endi men bir gap aytay, siz xafa bo‘lmang: siz mushuk-sichqon 
o‘ynashni yig‘ishtiring. Siz ikki dunyoda mushuk bo‘lolmaysiz. Anavi chechen bolangizga 
ishonavermang. Ha, aytmoqchi, ko‘rinmay qoldimi? 
— Yurtiga ketgan. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling