Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
99 Hovuz polvonning «o‘zim u yoqda bo‘lib, tarbiyasi boshqacharoq kechdi-da», degan gapi Chuvrindiga og‘ir botdi. «Sen tufayli qamalmaganimda bolamni yaxshi tarbiya etar edim, o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushmas edi, senga bosh egib yalinmasdim...» degan ma’noda angladi. «Hamonki shunday ekan, bolaning bu holga tushishiga men aybdor bo‘lib chiqaman. Uni qamoqdan qutqarib qolish ham mening zimmamda. Xo‘p, unda nima uchun «surishtirib ko‘raman», deb lanjlik qilyapman?!» U shunday deb o‘zidan-o‘zi nafratlandi. — Polvon tog‘a, qo‘yningizni darrov puch yong‘oqqa to‘ldirib qo‘ymay, degan maqsadda surishtiramiz, dedim. O‘zim borib o‘tirsam ham o‘g‘lingizni chiqartiraman. — O‘zing o‘tirma, bolam, birovni o‘tirgulik qilmasin. — Keyin uni menga topshirasiz. Hamma havas qiladigan odam bo‘ladi. O‘qisa o‘qitamiz. — E, yo‘q, o‘qiydag‘on bolamas u. Xafa bo‘lma, omma, senga ham topshirmayman. — Siz meni ham... — Yo‘q, sen o‘g‘ri emassan. — Bir-ikki joyda limonad tsexim bor. Kooperativ taksilarim bor. Men uning cho‘ntagiga pul solib qo‘ymayman. Ishlab topadi. Pul topishni o‘rganadi. — Ma’qul, avval chiqsin, keyin mulohaza qilarmiz. Chuvrindi kerakli joylarga telefon qilib, masalani hal eta boshlagach, Hovuz polvonning ko‘ngli joyiga tushib, ketishga hozirlandi. Chuvrindi buguncha qoling, deb yalinsa ham, Hovuz polvon unamadi. — Bugungi poezdda qaytmasam bo‘lmaydi, — dedi u qat’iy ohangda. — Pattangiz bormi? — deb so‘radi Chuvrindi. — Be, shu paytgacha patta bilan yuribmanmi? Beshta so‘m beraman, ketovraman-da. Chuvrindi uning tashvishini tushundi — ko‘ngli bolasida. Bu yerda parto‘shak solib bersang ham tikonzorda yotgandek bo‘ladi. U telefonda yigitlardan biriga patta to‘g‘irlab qo‘yish haqida buyruq bergach, mehmonga qarab: — Poezd ketishiga hali ikki soat vaqt bor, shoshilmang, — dedi. Chuvrindining xotini tanbehni inobatga olib, palovni katta laganga suzdi. «Lag‘monga ishtahalari bo‘lmadi» deb o‘ylagan edi. Hovuz polvon palovni ham avvalgidek tanovul qilmadi. Bu chindan qarilik ta’sirimi edi yo o‘g‘il tashvishi ishtahani bo‘g‘gan edimi, Chuvrindiga qorong‘i. U mehmonga qarab turib: «Shunday odamni ham dard yengishi mumkin ekan-da, a?» deb qo‘ydi. Bekatda ularni kalta yengli ko‘ylagining tugmalarini kindigiga qadar yechgan, bo‘yniga tilla zanjir osgan bir yigit kutib oldi. Xo‘jayinining yonidagi odamni ko‘rib ajablandi. «Nozik odam deganingiz shumi?» deganday ko‘zini lo‘q qilib turdi. — Bo‘ldimi? — dedi Chuvrindi uning ajablanganini sezmaganday. — Bo‘ldi, joy nishtyak, — dedi yigit. — Boshla. Ikki kishilik kupe dim edi. Kun issiqligiga qaramay galstuk taqib olgan o‘rta yashar kishi gazetadan yelpig‘ich qilib, yelpinib o‘tirardi. — Mana, Polvon tog‘a, shu o‘rin sizniki, — dedi Chuvrindi bo‘sh joyni ko‘rsatib. — Bahuzur hordiqni chiqarib borasiz. Choy-poydan xabar olib turishadi. Galstukli kishi bo‘ynidagi terni ro‘molchasi bilan artib, Hovuz polvonga boshdan-oyoq razm soldi-da, ensasi qotdi. — Boboyning biletlari bormi? — dedi u Chuvrindiga qarab. Chuvrindi unga javob bermay, norozi qiyofada yigitga boqdi. — Bilet bor, — dedi yigit. Keyin engashib uning qulog‘iga nimadir deb shivirladi. — Bu yoqqa chiqaylik tushuntirib beraman... Galstukli kishi dovdirab o‘rnidan turdi-da, yigitga ergashdi. Bir necha daqiqadan so‘ng |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling